🔍

Article

Avlodlar oldida mas’ulmiz

By Murojaatnoma Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining umumiy … • in 1992

$$Mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi$$ va uning xalqlari tarixning nihoyatda murakkab va mas’uliyatli bosqichini boshdan kechirmoqda.
$$Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi$$ tugallandi. $$Yangi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi$$ga asos solindi. Yagona xalq xoʻjaligi kompleksiga asoslangan mamlakat iqtisodiyotining yoʻq boʻlishi respublikamizdagi murakkab, tang ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy holatni keskinlashtirib yubordi.
Ayni vaqtda $$tarix qadimiy Oʻzbekiston$$ zaminida madaniyati, fani rivojlangan mustaqil davlat barpo etish, tinchlik va odamlar farovonligini ta’minlovchi demokratik huquqiy jamiyat qurish imkonini yaratdi.
Biz ana shu tarixiy imkoniyatni qoʻldan chiqarmasligimiz lozim. Boʻlgʻusi avlodlar oldidagi mas’uliyatli inqilobiy yangilanish gʻoyalarini amalga oshirishda barcha sogʻlom kuchlarning faol ishtirokini talab etmoqda. Bunday vatanparvarlik harakatida fan-texnika ziyolilarining oʻrni beqiyosdir.
$$Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi$$ ilmiy jamoatchilikni birgalikda va oʻzaro hamkorlikda ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy muammolarni hal etish uchun ilm-fanining ahamiyatini yanada oshirishga undaydi.
Siyosiy mustaqillik manbalari davlatimizning iqtisodiy qudrati bilan bogʻliqdir. Buni fan yutuqlari, fan-texnika taraqqiyotiga suyanmay oʻstirmoq mumkin emas. Yangi gʻoya va yuksak texnologiyalardan oqilona foydalanish bilangina respublikamizni sanoati va qishloq xoʻjaligi yanada rivojlangan davlatga aylantirish mumkin.
Chuqur ilmiy gʻoyalarga, ilgʻor texnologiyalarga suyanibgina muhim ijtimoiy masalalarni hal etish, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, sogʻliqni saqlashning yuqori darajasini ta’minlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish muammolarini yechish mumkin.
Fanga, maorifga suyangandagina ahloqning insonparvarlik asoslarini, milliy tilni, xalqimizning madaniyati va san’atini rivojlantirish, $$Oʻzbekiston$$dagi barcha millat va elatlarning erkin, toʻlaqonli taraqqiyotini, ular oʻrtasida birodarlik va doʻstlikni mustahkamlay oladi.
Biz ommaviy tanqislik, bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida respublikada toʻplangan fan-texnika imkoniyatlarini saqlash va koʻpaytirish uchun kuch-gʻayratimizni birlashtirishga chaqiramiz.
Chuqur tarixiy ildizlari va xalqimiz milliy madaniyatining yutugʻI boʻlgan tamaliy fan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi lozim.
Oliy maktab chuqur islohot va gʻamxoʻrlikka muhtoj. Respublikamizning ertangi kunini shakllantiradigan xalq ta’limi muammolari juda tez hal etilmogʻI kerak. Iqtisodiy islohotlar ishlab chiqarishning fan yutuqlariga moyilligini, olimlar, muhandislar mehnatining nufuzini koʻtarish lozim.
Biz ilmiy-texnikaviy jamoatchilikni jipslashtirishga chaqiramiz. Ijodiy izlanish, hamkorlik vaziyati, demokratiya va oshkoralik muhiti respublikamizning madaniyati rivojlangan xalqaro hamjamiyatga munosib ravishda kirib bormogʻini ta’minlaydi. Xalq manfaatlariga xizmat qilish, bu xizmatni istiqbolni koʻzlab amalga oshirish ilmiy faoliyatimizning asosiy maqsadi boʻlmogʻi kerak.

Total words

312

Unique words

249

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

6

TTR

0.798

Hapax

211

Distribution

Top frequency chart

Dataset