🔍

Article

MA’NAVIY TARBIYAGA E’TIBOR

By Nazokat Usmonova, O‘zA muxbiri • in 2010

Prezidentimiz [Islom Karimov]ning 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda $$O‘zbekiston$$ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida mamlakatni modernizatsiyalash, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni barkamol insonlar etib tarbiyalash masalasi yetakchi ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlangan.

Poytaxtimizda Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining 2009 yilda yurtimizda milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshirgan ishlari yakunlari hamda 2010 yil — Barkamol avlod yili doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan majlisida ushbu masalalarga asosiy e’tibor qaratildi.

Unda markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘limlari mas’ullari, turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarining mas’ul xodimlari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, olimlar, o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari [M. Hojimatov], Respublika Baynalmilal madaniyat markazi direktori [N. Muhammadiev], “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori vazifasini bajaruvchi [A. Is’hoqov], O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari [A. Xolbekov], “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi raisi [I. Latipov], Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi direktori ^^V. Karimova^^ va boshqalar xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, ularni mustaqil fikrli, sog‘lom va teran tafakkurli, ezgu fazilatlar sohibi etib tarbiyalash, ularni milliy qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida kamolga yetkazish islohotlarning pirovard maqsadini tashkil etishini ta’kidladilar.

Ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ezgu chora-tadbirlar xalqimiz ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizni chuqur o‘rganish, umrboqiy an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, madaniyat, ta’lim, san’at, ilm-fan kabi sohalarning izchil rivoji, yoshlar tafakkurining yuksalishi kabi jarayonlar bilan uyg‘un holda olib borilayotir.

Yurtimizdagi barcha ta’lim-tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat maskanlarida yoshlarga puxta bilim berish barobarida ularni o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, yon-atrofda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni mustaqil tahlil eta oladigan insonlar etib tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi vazifalar ijrosini ta’minlashda markaz turli vazirlik va idoralar bilan birgalikda yetakchi olimlar, yozuvchi va shoirlar, san’at va madaniyat namoyandalari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, mohir pedagog va psixologlar ishtirokida turli ma’rifiy loyihalar, ilmiy anjumanlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, festival va seminar-mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

Ayni paytda ta’lim maskanlarida o‘qitilayotgan “Ma’naviyat asoslari” faniga oid bilimni yoshlar ongiga chuqur singdirish, ma’naviyat saboqlari, ushbu yo‘nalishdagi ko‘rik-tanlovlar, anjumanlar samaradorligini oshirishda, yigit-qizlar qalbida ruhiy poklik, ma’naviy bedorlik kabi tuyg‘ularni mustahkam qaror toptirishda, ularni axloqsizlik, giyohvandlik, xavfli yuqumli kasalliklar, “ommaviy madaniyat” kabi illatlardan ogoh etishda ma’naviyat targ‘ibotchilarining xizmati katta bo‘lmoqda.

Majlisda soha xodimlarining “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi doirasidagi vazifalari belgilab olindi.

Total words

374

Unique words

280

Annotated anthroponyms

7

Toponyms

1

TTR

0.749

Hapax

226

Distribution

Top frequency chart

Dataset