🔍

Article

1992 yilda Oʻzbekiston Respublikasining iste’mol bozorini himoya qilish toʻgʻrisida

By Islom Karimov • in 1992

Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitlarida aholini ijtimoiy himoya qilish, ichki is’temol bozorini himoya qilish va tovarlarni faqat respublika fuqarolariga sotish uchun sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1992 yil 10 yanvardan boshlab $$Oʻzbekiston Respublikasi$$ning butun hududida aholi soʻmlarda haq toʻlash bilan birga kuponlar boʻyicha tovarlar sotish joriy qilinsin.
2. “ Tovarlarni kuponli kartochkalar bilan sotish, ularni berish, saqlash, hisobga olish, inkassatsiya qilish va muomalaga chiqarish tartibi toʻgʻrisida”gi vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Vazirliklar, idoralar, assotsiyaliklar, kontsernlar, korxonalar, tashkilotlar va mulkchilikning barcha shakllaridagi xoʻjaliklar 1992 yilning 4 yanvarigacha banklarning tegishli muassasalariga, 1991 yilning dekabridagi ish haqqi summasi hisobidan, uning 1992 yilda oshishini nazarda tutgan holda 2-ilovaga hamda “Tovarlarni kuponli kartochkalar bilan sotish, ularni berish, saqlash, hisobga olish, inkassatsiya qilish va muomalaga chiqarish tartibi toʻgʻrisida”gi vaqtinchalik nizomga muvofiq, zarur miqdordagi kuponlarga talabnomalar taqdim etsinlar.
$$Oʻzbekiston davlat banki$$ boshqa respublika banklari bilan birgalikda tushgan talabnomalarga muvofiq, zarur miqdordagi kuponlar berishni ta’minlasin.
Respublika hududidagi barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar xoʻjaliklar 1992 yil 9 yanvargacha ishlovchilarga, pensionerlarga, studentlarga va boshqa toifadagi fuqarolarga kuponlar berishni ta’minlasinlar.
4. Bolalar oziq-ovqatiga muhtoj 2 yoshgacha boʻlgan bolalarni ta’minlashni yaxshilash uchun 1992 yilning 10 yanvaridan boshlab bu tovarlarni vrach retsepti boʻyicha berish joriy qilinsin.
$$Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash vazirligi$$ kam ta’minlangan va koʻp bolali oilalarning bolalariga tekin bolalar ovqati berish uchun maxsus blankalarda retseptlar berishni ta’minlasin.
$$Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligi$$, $$Oʻzbekbirlashuv$$ aholiga bolalar ovqati sotishni vrach retsepti boʻyicha tashkil etsinlar.
Belgilansinki, bugungi kunda talon boʻyicha va eng yuqori narxlarda sotiladigan ayrim oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarni sotish, shuningdek, xizmat koʻrsatishning har qanday turlarini kuponlarsiz, 3-ilovaga muvofiq, amalga oshiriladi. Bunda qiymati 5 ming soʻmdan ortiq boʻlgan tovarlar aholiga kuponlar bilan bir vaqtda hisob-kitob cheklari va chek daftarchalari boʻyicha yoki omonatchilarning topshiriqnomasi boʻyicha pul oʻtqazish yoʻli bilan sotilishi mumkin.
5. Belgilansinki, kuponlar miqdori daromadlari qayd etilgan shaxslarga 2-ilovada muvofiq tabaqalashtirilgan shkala boʻyicha beriladi.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida band boʻlgan va yil uchun ish yakunlari boʻyicha uzil-kesil ish haqqi oluvchi xodimlar uchun, 2-ilovada nazarda tutilgan shkalani hisobga olgan holda, oʻrtacha oylik ish haqidagi teng miqdorlarda kuponlar berilsin.
6. $$Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligi$$, $$Oʻzbekbirlashuv$$, $$“Oʻzkooptayorlovsavdo”$$, $$Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki$$, $$Oʻzbekiston jamgʻarmalar banki$$, $$Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki$$, $$Oʻzbekiston dehqonchilik-sanoat banki$$ tovarlarni respublika chek daftarchalari va hisob-kitob cheklari boʻyicha sotish qoidalarini tasdiqlasinlar.
7. $$Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki$$, $$Oʻzbekiston jamgʻarmalar banki$$, $$Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki$$, $$Oʻzbekiston dehqonchilik-sanoat banki$$, $$Toshkent poligrafiya kombinati$$ning ijarachi korxonasi 1992 yilning 1 choragida respublika chek daftarchalarini va hisob-kitob cheklarini 1992 yil uchun zarur miqdorda tayyorlashni ta’minlasinlar, bunda 1992 yilning aprel oyidan boshlab ular boʻyicha sotiladigan tovarlarning turlarini kengaytirish nazarda tutilsin.
8. $$Oʻzbekiston Respublikasi Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat qoʻmitasi$$:
1992 yilning 10 yanvaridan boshlab bozor fondining 40 foizgacha hajmidagi avtobenzinni tijorat narxlari boʻyicha sotishni joriy qilsin:
Avtobenzinning tijorat savdosini amalga oshiruvchi avtoyonilgʻi quyish stansiyalarining sonini va joylashishini aniqlasin.
Belgilansinki, avtobenzinni tijorat narxlarida sotishdan olinadigan qoʻshimcha tushumlarning 90 foizi respublikaning davlat byudjetiga, 10 foizi esa Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat qoʻmitasiga ajratiladi.
9. $$Oʻzbekiston Respublikasi Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat qoʻmitasi$$, Moliya vazirligi, $$Davlat narxlar qoʻmitasi$$, $$Davlat bosh soliq boshqarmasi$$ avtobenzinni tijorat narxlari boʻyicha sotish, tijorat narxlari belgilash va tijorat boʻyicha sotishdan olingan daromadlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizomni tasdiqlasinlar.
Avtobenzinga tijorat narxlari belgilash va uni qayta qurib chiqish Respublika komissiyasi tasdiqlansin, unga sotish narxlari oʻzgarishiga qarab, avtobenzin uchun tijorat narxlariga, 4-ilovaga muvofiq tezlik bilan aniqliklar kiritish huquqi berilsin.
10. Mazkur qarorni amalga oshirish va $$Oʻzbekiston Respublikasi$$ hududida kupon sistemasini joriy qilish Respublika komissiyasining tarkibi tasdiqlansin (5-ilova).
11. Ushbu qarorni bajarish maqsadida korxonalar, muassasalar va xoʻjaliklarning rahbarlari tegishli xizmatlarning 1992 yilning 4 va 5 yanvardagi dam olish kunlarida ishlashini tashkil etsinlar, keyinchalik ularni Qonunda belgilangan tartibda kompensatsiya qilsinlar.
$$Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi$$, viloyat ijroiya qoʻmitalari va $$Toshkent Shahar$$ ijroiya qoʻmitasi joylarda ushbu qarorning ogʻishmay amalga oshirilishini ta’minlasinlar, buning uchun aholi oʻrtasida zarur tashkilotchilik va tushuntirish ishlarini olib borsinlar.
$$Oʻzbekiston Respublikasi Davlat teleradio qoʻmitasi$$, $$OʻzTAG, Respublika gazetalari$$ muharririyatlari ushbu qarordan kelib chiqadigan qoidalarni keng tushuntirish boʻyicha koʻrsatuvlar, eshittirishlar va materiallar turkumini tashkil etishni nazarda tutsinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish komplekslarning rahbarlariga – Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosarlariga yuklatilsin.

Total words

660

Unique words

369

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

26

TTR

0.559

Hapax

260

Distribution

Top frequency chart

Dataset