$$[Lenincha] GOELRO plani$$da sotsiolistik energetikani rivojlantirishning asosiy prinsiplari: uning planli xarakteri,rayon elektr stansiyalarida elektr energiya hosil qilishni markazlashtirish,yirik rayonlar va sanoat tarmoqlarini energiya bilan ta’minlash qudratli elektr stansiyalar qurilishi singari masalalar belgilab berilgan edi. $$GOELRO plani$$ ishlab chiqilgandan soʻng oʻtgan ellik toʻrt yil yil ichida mamlakatimiz xalq xoʻjaligining barcha sohalarini rivojlantirishda katta yoʻl bosib oʻtildi. Bunda qudratli energetika bazasining tashkil etilganligi muhim rol oʻynadi.
Elektrlashtirish plani $$Oʻrta Osiyo respublikalari$$da ekonomika va madaniyatning gullab-yashnashida katta ahamiyatga ega boʻldi. Bu yerda muhim davlat ahamiyatiga ega boʻlgan vazifa Sovet mamlakatining paxta mustaqilligi uchun kurash masalasi hal etildi. Paxtachilikni yuksaltirish irrigatsiyani taraqqiy ettirish,mineral oʻgʻitlar hamda qishloq xoʻjalik mashinalari ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bevosita aloqadordir. Busiz paxta tozalash va yogʻ-moy sanoatini rivojlantirish,toʻqimachilik industriyasini yaratish mumkin emas edi.
$$GOELRO plani$$ning toʻngʻich nurxonasi boʻlgan $$Toshkent shahri$$dagi 2 ming kilovatt quvvatli $$Boʻzsuv GESi$$ 1926 yilning 1 mayida ishga tushirildi. $$GES energetika sohasi$$da milliy kadrlar tayyorlash maktabi vazifasini oʻtadi. Bunday kishikardan biri [Saidoqilxon Saidxoʻjayevdir]. $$Mahalliy millat kishilari$$ orasidan birinchi injener-energetik boʻlib yetishgan [S.Saidxoʻjayev] keyinchalik $$Oqtepa gidrostansiyasi$$ qurilishiga rahbarlik qildi. $$Boʻzsuv GESi$$ quruvchilari tajribasidan foydalanib, 13.2 ming kilovatt quvvatli $$[Qodiriya] GESi qurilishi$$ boshlandi. Bu GES 1933 yilda foydalanishga topshirildi.
GOELRO planida koʻzda tutilganiga koʻra $$Oʻrta Osiyo$$da energetikani taraqqiy ettirish asosan suv resurslaridan kompleks foydalanishga tayanishi kerak edi. Suv resurslaridan energetika,irrigatsiya,aholi yashaydigan joylarni suv bilan ta’minlash maqsadlarida kompleks foydalanish sanoat,qishloq xoʻjaligini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratdi. Shuning uchun $$Chirchiq daryosi$$ning suv-energetika resurslaridan foydalanish davom ettirila berdi. 1936 yilda $$Boʻrjar GESi$$, 1940-1941 yilda Komsomol (hozirgi $$[F.G.Loginov] nomli Chirchiq GESi)$$ va jami quvvati 160 ming kilovattga teng $$Tovoqsoy GESi$$ ishga tushirildi.
Mazkur stansiyalarning ishga tushirilishi bilan respublikada asosiy energetika birlashmasi: $$Toshkent-Chirchiq sistemasi$$ yuzaga keldi.
$$Ulugʻ Vatan urushi$$ yillarida $$Oʻrta Osiyo respublikalari$$da katta ishlar amalga oshirildi. Bu davrda nemis-fashist bosqinchilari tomonidan vaqtincha bosib olingan $$Gʻarbiy oblastlar$$dan $$Oʻzbekiston$$ga oʻnlab yirik korxonalar koʻchirildi. Bu,ayniqsa ogʻir sanoatni rivojlantirishga imkon berdi. Sanoatni rivojlantirishdagi miqdor va sifat oʻzgartirishi yangi zavodlarning energetika bazasini yanada kengaytirishni taqozo etdi. Shu munosabat bilan $$Boʻzsuv suv-energetika trakti$$da $$Oqtepa$$, $$Oqqovoq$$, $$Qibray$$, $$Salor$$, $$Quyi Boʻzsuv$$ va boshqa stansiyalar qurildi.
$$Ulugʻ Vatan urushi$$ning ogʻir yillarida oʻsha davrdagi yirik (umumiy quvvati 126 ming kilovatt) $$[Farhod] GESi$$ qurilishi bilan $$Sirdaryo$$ni kompleks oʻzlashtirish boshlandi. $$Mazkur gidrouzel qurilishi$$ asosan xalq hashari bilan olib borildi. $$Farhod GESi$$ning ishga tushirilishi va ikki zanjirli $$Farhod-Tashkent-Chirchiq elektr uzatish liniyasi$$ning foydalanishga topshirilishi $$Chirchiq elektr himiya kombinati$$ni kengaytirishga imkon berdi. Natijada korxonalarning elektr quvvati bilan ta’minlanishi yaxshilandi,koʻmir sanoati va rangli metallurgiyaning rivojlanishiga yordam berdi. $$[Farhod] gidrouzeli$$ muhim problemani-$$Mirzachoʻl yerlari$$ni sugʻorish problemasini hal etishga samarali ta’sir koʻrsatdi.
Respublika energetika sistemasi mamlakatimizda birinchi boʻlib avtomatizatsiya va telemexanizatsiyani joriy etdi. Gidroelektr stansiyalarning kaskadlanishi bu vazifani mamlakatda birinchi boʻlib amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratib berdi. Bir joydan turib avtomatik boshqarish sistemasini ishlab chiqarishga joriy etganliklari uchun qator xodimlarimiz Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.
Suv resurslaridan foydalanish bilan yuzaga kelgan $$Oʻzbekiston energetikasi$$ qudratli issiqlik elektr stansiyalari bunyod etish orqali yanada yuksala boshladi. $$Angren$$da 600 ming kilovatt quvvatli stansiya ishga tushirildi. $$Oʻzbekiston$$da tabiiy gaz zapaslarining topilishi va ishga tushirilishi Oʻrta Osiyo hamda Janubiy Qozogʻiston energetikasi taraqqiyotida muhim omil boʻldi. $$“Zangori olov” qudratli issiqlik kondensatsion elektr stansiyalari$$ni yurgizishda asosiy yonilgʻi boʻlib xizmat qilmoqda. Ana shu moʻl-koʻl tabiiy gaz zapaslariga tayanib,respublikamizda 1 million 920 ming kilovatt quvvatli $$Toshkent GRESi$$,840 ming kilovatt quvvatli $$Navoiy GRESi,$$350 ming kilovatt quvvatli $$Taxiatosh GRESi$$ qurilib,ishga tushirildi.
Respublikamiz energetikasining naqadar rivojlanganligini quyidagi taqqoslashdan ham yaqqol koʻrish mumkin. 1913 yilda yilda barcha elektr stansiyalar 3 ming kilovatt quvvatga ega boʻlib,butun yil davomida 3 million 300 ming kilovatt soat elektr energiya hosil qilardi. Aholi jon boshiga esa 1 kilovatt-soatdan kam elektr energiya toʻgʻri kelardi. 1974 yilga kelib 28,6 milliard kilovatt-soat elektr energiya hosil qilindi va aholi jon boshiga 2,1 ming kilovatt-soatga yaqin elektr energiya toʻgʻri kelmoqda. Bu, koʻzda tutilganidan ancha ziyoddir.
Koʻpgina yumushlarimiz Avtomat va mexanizmlar zimmasiga yuklatilgan. Bundan tashqari, $$“Oʻzbekiston SSR Energetika va ilgʻor RESi”$$, “Ilgʻor master” kabi nomlarga muyassar boʻlish uchun energetiklar oʻrtasida oʻzaro sotsialistik musobaqa avj oldirildi.
Musobaqada gʻolib chiqgan kollektivlarga $$Oʻzbekstion SSR Energetika va elektrlashtirish ministrlari$$ning ilgʻor RESi degani faxlri nom berildi. $$Fargʻona elektr tarmoqlari$$ga qarashli $$Angren RESi$$ kollektivlari ana shunday nomni oldi.
$$Xorazm oblast$$ $$Xonqa rayoni$$dagi $$Pravda nomli$$, $$Qashqadaryo oblast$$ $$Shahrisabz rayon$$dagi $$Kirov nomli$$, $$Sirdaryodagi Baxt, Denovdagi General Rahimov nomli, Buxoro Oblast Qorakoʻl rayonidagi Jigachi va boshqa koʻp montyorlik punktlari$$ kollektivlari ministrlik hamda energetiklar kasaba soyuzining mukofotlariga sazovor boʻldilar. Energetiklardan oltmish olti kishiga “Eng yaxshi usta” degan faxriy nom berildi.
Respublika energetikasi tarixida 1968 yilda katta yangilik yuz berdi. $$Oʻzbekiston SSR energetika tarmoqlari yagona energetika sistemasi$$ga ulandi. Bu Sistema respublikamizdagi barcha oblast,
Rayon va shaharlarni shuningdek $$Qoraqalpogʻiston ASSR$$ni oʻz ichiga oladi. Faqat $$Surxondaryo oblasti$$ bundan istisnodir, Chunki bu oblast $$Tojikiston SSR$$ning $$Dushanba energetika sistemasi$$ga ulangan, Hozir respublikamiz elektr uzatish liniyalarining uzunligi 130 ming kilometrdan oshib ketdi $$Oʻzbekiston$$da elektr energiyani tarqatish tarmoqlari qurilishi ayniqsa keng qanoat yozmoqda. 1971 yilda qishloq xonadonlarini elektrlashtirish asosan tugallandi.
Toʻqqizinchi besh yillik energetikamiz taraqqiyotida katta oʻrin tutadi.1971-1975 yillar Ichida $$Sirdaryo GERSi$$ning birinchi navbati toʻla isnga tushiriladi. SHuningdek, har birining quvvati 150 ming kilovatt boʻlgan toʻrt agregatli $$Chorvoq GERSi$$ toʻla quvvat bilan ishlay boshlaydi. $$Taxiatosh GERSi$$, $$Farg'ona GESi$$ng quvatlari bir muncha oshiriladi. Elektr mashinalar yordamida yuqoriga suv koʻtaruvchi uskunalardan keng foydalanila boshlandi, Hozir $$AMU-Buxoro, Qashi kanallari$$da va boshqa joylarda yirik-yirik nasos stansiyalari ishlab turibdi. Qisqa vaqt Ichida $$Qashqadaryo$$, $$Buxoro, Surxondaryo oblastlari$$da va $$Fargona vodiysi$$da 682 quduqqa oʻrnatilgan nasoslarni harakatga kaltirisn uchun 300 kilometrdan ziyod elektr uzatish liniyasi, 646 transformator podsitansiyasi qurib ishga tushiriladi.
$$Oʻzbekiston energetika sistemasi$$ni boshqarish avtomatlashtirilgan sistemasi (ASU)ning birichi navbati belgilanganidan bir yil avval ishga tushirildi. “M-222” va “M-6000” elektron-hisoblash mashinalarida 70 ga yaqin masalalar hal etilmoqda.
Bizning barcha kuchimiz, bilimimiz va tajribamiz birinchi navbatda energetika quvvatlaridan yanada toʻlaroq va samaraliroq foydalanish, energetika sistemasini ishlatish tartibini tako,illashtirish, remont ishlarining sifatini yaxshilash va muddatini qisqartirish, xalq xoʻjaligini uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlashga qaratilgan. Energetika sistemasining eng ogʻir ish vaqti kuz va qishga toʻgʻri keladi. Hozir respublikamiz xalq xoʻjaligini energiya bilan ta’minlashdagi kamchiliklarni tugatish choralari koʻrilyapti.
Total words
979
Unique words
623
Annotated anthroponyms
7
Toponyms
69
TTR
0.636
Hapax
476
Distribution
Top frequency chart
Dataset