Ne-ne rahbarlarni koʻrmadi jumhuriyatimiz. Ularning birontasidan el roʻshnolik koʻrmadi desam, alarming arvohlari zirqiragay. Oʻzim esa gumrohlikka qadam qoʻygan boʻlurman. Hammasi ham xalqning manfaatini oʻyladi. Hech narsa qilmadi degani bogʻ yaratdi. Yer ochib, dehqonchilikka yoʻl berdi. Mehnatkashning tashvishini, gʻamini yedi.. Ammo “lekin”ni bor. U “lekin”larning tagi koʻp zil-zambil, ogʻir.
Jumhuriyat tepasiga kelgan “ ota”larimizning qay biri Davlat mustaqilligini oʻyladimikin? [Akmal Ikromov]mi yoki [Fayzulla Xoʻjayev]mi? [Yoʻldosh] otami? [Usmon Yusupov]mi?... Ularning oʻylaganlari boʻlsa bordir, lekin koʻpchilikning niyatlari ichida qoldi. Ozgina jur’at etganlarining boshlari tanasidan judo etildi. Koʻp xiyonatlar, qiyomat kunlari boʻldi bu ochunda. “Bosmachi”, “aksil inqilobchi”, “xalq dushmani” va yana ming bir tavqi-la’natlar bilan elning yuragi zada qilindi. Mustaqillikni oʻylash odamlarning xayolidan haydab chiqarildi. Lugʻatimizdan oʻchirildi. Ittifoq deb atalgan katta doshqozon toʻlib-toʻlib turadigan, mabodo uning qopqogʻi berkitib qoʻyilsa, istagan jannatmakon yurt ham hassasini yoʻqotgan koʻrday, tentirab qoladigan bir holatga keltirildi.
Bugun jumhuriyatimizda hukmi vojibni amalga oshirguchi ba’zi rahbarlar orzu qilgan, koʻplari xayoliga keltirmagan “Mustaqillik” degan qutlugʻ soʻzni e’lon qilish [Islom Karimov]ga nasib etdi. Shu oʻrinda Prezidentimiz sha’niga iliq soʻzlar aytib, hamdu-sanolardan oʻzimni tiyganman. Negaki, hali mustaqillik e’lon qilindi, xolos. Unga toʻla erishmoq, chin ma’noda uni barqaror etmoq uchun ne-ne kurashlar oldinda turibdi.
Rost gapni aytmoq kerak. Istiqlol bu har qanday qiyinchiliklardan ham ustun turuvchi millatning vijdonidir. Bugun bu qutlugʻ soʻz ana shu tuygʻuni pok asramoq imkonini berdi. Buni Turkiston deb atalgan buyuk zamin necha asrlar davomida kutgan edi.
Istiqlol bugun hur fikrlamoqqa undadi. Menda shu qutlugʻ soʻzni jismimga jo etib, mustaqillik nomi bilan qurilayotgan muhtasham binoning ostonasida gʻurur ila soʻzlagayman. Shu chogʻ hammadan ham oʻtmish deb atalgan buyuk bir moziy, yaqin-yaqingacha yurtimiz, elimiz boshiga otilgan malomat toshlari, ruhimga koʻp yaqin boʻlgan, uzoq-uzoq yurtlardagi muxojirlar (biz ularni necha-necha yillar davomida “xoinlar” deb atab keldik, bu tavqi-la’natlardan hali ham tamomila voz kechganimiz yoʻq) xayolimdan oʻtadi.
Biz buyuk moziyga ne ta’na toshlarini otmadik. Bobomiz [Mir Alisher Navoiy]ni zamonasidan, oʻz doʻsti [Husayn Boyqaro]dan norozi dedik, dinni “inkor” etgan tomonlarini qidirib topdik. Xullas, oʻzimizga lozim boʻlgan, aytgan yoʻlimizga yuradigan [Navoiy]ni yasadik. [Bobur] bosqinchi dedik. Tasarrufida Kirov nomi bilan atalguchi necha-necha jamoa xoʻjaliklari, tumanlar boʻlishiga qaramay, kolxozlarning qoʻshilishi bahona ularning bittasini [Bobur] nomi bilan atashga jur’at etgan rahbarning boshiga yurtidan badargʻa qilmoqdan boshqa hamma malomatlarni soldik. Natijada yurtimizga oyoq bosmagan, uning nimaligini, oʻzbek degan millatning bor-yoʻqligini bilmagan shaxslar millatimiz iftixori hisoblangan, dunyoga mashhur allomalardan ming chandon ustun, e’tiborli boʻlib keldi jumhuriyatimizda.
Yaqin oʻtmish yanada daxshatli boʻldi. Istiqlol bayrogʻini ushlagan “Qoʻqon muhtoriyati” 1917 yilning oʻzidayoq tor-mor etildi. Ular “boylarning homiylari sanalib, shafqatsizlarcha yoʻqotildi. Olimu shoirlar, fozillar vatani boʻlgan Qoʻqon ostin-ustun qilib tashlandi. Masjidlar yondi. Madrasalar vayron boʻldi. Begunoh fuqarolar ayovsiz qilichdan oʻtqazildi. Bayroq sindi, quladi.
“Bosmachi” deb atalgan boʻysunmaganlar, chor Rossiyasiga qarshi bosh koʻtargan [Madaminbek] Ulugʻ Oktyabrdan ham roʻshnolik koʻrmadi. Otidan tushmasdan jang qildi. Kimning tuzogʻiga ilingan boʻlsa-da u, shapkasiga qizil yulduz taqib oʻldirildi. $$Qoʻqon$$ chekkasidagi karvonsaroy darvozasi tepasiga uning aziz boshi tanasidan judo qilinib sanchib qoʻyildi.
Vo darigʻ! Istiqlol bayrogʻini ushlagan [Bek] va yana boshqa Vatan ozodligi uchun oyoqqa turganlar, bugun mustaqillik ostonasida azob bilan soʻzlayotgan avlodlaringizning uzrini qabul etgaysiz.
Yana biri [Shermuhammad] bek edi istiqlol degan. U yoʻlida bir muncha adashdi. Tentiradi. Elning dardiga malham boʻlolmay, uning yarasiga davo izlab sarson boʻldi. $$Afgʻoniston$$, $$Kashmir$$, $$Pokiston$$, $$Hindiston$$ yoʻllari bechorani holdan toydirdi. Ne najot izladi bu yoʻllarda [Bek.] Nihoyat, Turkiyaning Adana viloyatida banagoh nigohi ravshan tortdi. Shu yerda toʻxtadi. Oʻgʻli [Davronbek]ni chaqirib: “Shu yerni Vatan etgayman, boisi oʻgʻlim, bu shahri muborak ona yurtim Margʻilonga oʻxshaygay. Mana bu boʻy choʻzib turgan oppoq teraklar Garbobo deb atalgusi qishlogʻimni eslatgay. Shu yerda jon taslim etgayman bolam!” – dedi. [Bek] kelini [Surmaxon]ga vasiyat etdi:
:Qizim, jonim uzilayotgan kez, imon keltirganimdan soʻng, mana bu armonli soʻzlarimni oʻqigaysan:
Qargʻalar uchsa qaraylik,
Margʻilonning yoʻliga.
Yo qudrati karomatinga tasanno, shunday boʻldi, nihoyat!
Okeanlar ortida, Nyu-Yorkning qoq markazidagi [Shermatbek] oʻgʻli [Davronbek]ning moʻjazgina xonasida u bilan dardlashaman [Davronbek] ona yurti $$Turkiston$$ni koʻrmagan, $$Afgʻoniston$$da tugʻilgan. Uning vujudiga vatan tuygʻusi, yurt sogʻinchi otasidan oʻtgan. Otasining armonli dardi farzandlariga meros boʻlib qolgan.
- Ne armoningiz bor? – dedim suhbatdan keyin [Bek]ning oʻgʻliga.
- Armon deysizmi, exeee… Qiblagohim otini sugʻorgan oʻsha Garbobo qishlogʻidagi ariqdan bir hovuch suv ichsam, ikkinchi hovuchga engashayotganim chogʻ, jonim uzilsa mayliydi. Oʻzga armonim yoʻqdir, azizim.
Ne deyin, ne javob aylayin bunga. Dunyo-dunyo boʻlib, bunchalar shafqatsiz boʻlmasa. Odam-odam boʻlib, bunchalar bemehr, bunchalar yovuz boʻlmasa deyman. Nihoyat, hayajondan oʻzimni toʻxtatib, aytgaymanki: Hurmatli [Islom Abdugʻani] oʻgʻli, alar dushman deb kelingan boʻlsada, mabodo bizga, qilich koʻtargan chogʻida yurtning himoyasi uchun: nohaq qon toʻkkan boʻlsa-da, mabodo bizga, qilich koʻtargan chogʻida yurtning himoyasi uchun: nohaq qon toʻkkan boʻlsa-da adashib ba’zan, ularning begunoh farzandlari, otalarining sha’ni uchun sizdan oʻtinib Shafqat soʻragayman. Va yana yurtimizni va butun vujudimizni zada qilib kelgan, xalqimizning sha’nini, gʻururini haqoratlab, “Basmach!” deb kelingan daxshatli soʻzning rost, yolgʻonligini koʻrib chiqmoq uchun, bugun istiqlol haqqi Farmoni oliy bergaysiz.
Kun-ora qogʻoz qalamimni koʻtarib, $$Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika ilmgohi$$ ning talabalari yoniga shoshilaman. Deyarli har kuni ot ustiga oʻtirgan, beliga qilich osigʻliq sarkarda [Frunze]ning salobatli haykaliga koʻzim tushadi. Bu nening ramziykin, deb oʻylayman.
Odamlar, ayniqsa fozillar dunyoni qalam bilan zabt etgan edi-ku deyman. Yo sarkardaning bu haybatli haykali uning qilichidan oʻtgan ming-minglab begunohlarning qonini bizning yodimizga solib, ul mudxish tarixni eslatib turmoq uchun barpo etildimikin? Har ne olimlar, talabalar bilan toʻla ilmgoh ostonasida, yosh avlod yoʻlida ot minib, qilich osib turgan sarkardaning suratini yaxshilikning razmi demaygayman.
Oʻylarimning oxiri koʻrinmas, chigal mulohazalarimning bosh-uchini topolmagayman. Istiqlol deb atalgan va bu hurriyat yoʻlida jonlarini fido etgan shahidlarning ruhlarini shod etmoq qoʻlimizdan kelarmikin? Istiqlol azobi, sharafli yoʻlga boshlagaysan bizni.
Bugun istiqlol kunida yana xorijdagi muxojir doʻstlarimning achchiq qismati xayolimdan oʻtadi.
Yaqinda Islom Karimov oʻz vataniga qadam ranjida etgan xorijlik hamyurtlarimizga:
“Assalomu aleykum, aziz birodarlar!
$$Ozod mustaqil ona diyorimiz – Oʻzbekiston$$ga, ota-bobolarimiz aziz xoki yotgan ona tuproqqa, $$bobozamin Turkiston$$ga xush kelibsiz” deb murojaat etdiki, bu bilan ularning yurtga tashna boʻlgan choʻkik koʻngillarini koʻtardi. Yillar, yillar davomida sarson boʻlgan vatansiz, baxtiqaro, lekin badavlat oʻzbek endi koʻch-koʻronini koʻtarib, yurtlariga qaytsa ajabmas. Negaki, bir vaqtlar oʻshalar, ularning otalari bu tabarruk zaminni obod etgan edi, “Ozodlik!” deya istiqlol bayrogʻini ushlagan edi, shul bois sigʻmagan edi ular bu zaminga.
$$Nyu-York$$da, muxojir vatandoshlarimiz bilan boʻlgan gurunglarning birida kimdir hikoya qildi: Qachondir $$Kanada$$ga, $$Monreal$$dagi savdo yarmarkasida ishtirok etmoq uchun $$Oʻzbekiston$$dan qaysidir rahbarimiz yetakchiligida bir guruh san’atkorlar kelishgan ekan. Bundan xabar topgan $$Amerika$$dagi yurtdoshlarimiz, ularning diydorlarini koʻrmoq, koʻrishmoq niyatida kelibdilar. Ular istiqomat qilayotgan mehmonxonani topishib, ostonada soatlab kutishibdilar. Nihoyat, kelayotganliklarini koʻrishib istiqboliga chiqibdilar.
- Assalomu aleykum, vatandoshlar! – debdi amerikalik yurtdoshlarimiz.
Biznikilardan sado chiqmabdi.
- Yana Assalomu aleykum, vatandoshlar, olloning salomiga alik olinglar axir, ovozlaringizni eshitaylik, vatandan olib kelgan saslaringizdan bizlarnida bahramand etinglar, tovushlaringizning sadagʻasi ketaylik, - debdi amerikalik yurtdoshlar.
Yana biznikilardan sado chiqmabdi.
Muxojir birodarlarimiz atlas libos kiygan oʻyinchilarimizga termulib, doʻppi kiygan hamyurtlariga tikilib-tikilib, oʻksinib orqasiga qaytibdilar.
Ne gumrohlik, ne berahmlik, ne shafqatsizlik bu, alhazar!
$$Nyu-York$$da [Davronbek]ning xonadonida boʻlsangiz oʻzingizni xuddi uyingizda, $$Toshkent$$da oʻtirganday his qilasiz. Uning “Zangori ekran”dan kun oʻn ikki soat oʻzbekcha ashulalar eshitiladi. Kuylar, oʻyinlar …. hammasi oʻzimizniki, [Sherali Joʻrayev,] [Munojot Yoʻlchiyeva,] [Malika Axmedova,] [Gʻulom Yoqubov]… bir paytda [Davronbek] mumtoz ashulalardan birini ijro etayotgan xonandaning nomini soʻrab qoldi.
- Shu kishining otlari nimaykin? Bilmaysizmi? Men ashulalarini koʻp sevib tinglaydigan hofizning ismini darrov eslab ololmadim, hijolat chekkanimdan:
- Hozir aytaman, - dedim chogʻimda.
- Bormikin, hayotmikin u kishim?
- Hayot, hayot, borlar, - dedim yana birmuncha oʻngʻaysiz boʻlib.
- Bobomning, [Nurmatbek] bobomning [(Shermuhammad]bekning ukasi) shunday qoʻyib qoʻygan oʻzi, tavba, mabodo koʻrib qolsangiz bu moʻtabar zotni, mening armonim uchun bir quchoqlab koʻrishing, iltimos etgayman sizdan, - dedi [Davronbek] menga qaramay.
Bu moʻtabar zot, iste’dodli xalq hozifi [Ochil Otaxonov] edi. U kishini qidirib yurgan kunlarimning birida tasodifan, “San’at” jurnali muharririning muovini doʻstim [Mixli Safarov]ning xonasida uchratib qoldim. Salom-alikdan soʻng shoshib, [Davronbek]ning armonini aytdim u kishiga. Hofiz qulochlarini yozib, meni bagʻriga bosdi. Men esa ich-ichimdan qaltirayman, lablarim pirpirab, koʻz yoshlarimni toʻkishdan oʻzimni zoʻrgʻa tiyib, pichirlayman: [Davronbek] azizim, armoningizni bajo etdim, gʻoyibona shod boʻlgaysiz.
Mana shular, biz oʻzimizga dushman hisoblab kelgan vatandoshlarimizdir. Ular jumhuriyatimiz oltinlarini vagonlarga bosib olib ketmaganlar, million-million tonna paxtamizni yalmogʻiz yangligʻ yutmaganlar, tabiatimizni vayron etmagan, daryolarimizni quritmagan, boshimizdan ogʻu sepmaganlar. Aksincha ular butun mol-mulklarini, uy-joylarini tashlab, hatto kosadagi ovqatlarini oxirigacha ichib ulgurmay, vatanni tark etganlar. Faqat bir ulugʻ tuygʻuni – istiqlol tuygʻusini, ona zaminiga boʻlgan ulugʻ muhabbatini jismiga jo etib chiqib ketgan edi ular. Aziz yurtdoshlar, shu qutlugʻ muhabbatlaringiz ikki jahon ichra soʻnmagay.
Bugun bobomiz [Amir Temur] ushlagan bayroqni boshimiz uzra koʻtardik. Lekin uni [Temur] bosib oʻtgan yillardan olib oʻtmagaymiz. U hamisha musaffo osmonimiz uzra hilpiragay, millatimiz gʻururiga aylangay!
Aziz el, Hurriyat uchun jonini tikmoqqa shaylangan xalq, bayroq tevaragida aytadigan soʻzlarim budir:
Istiqlol – bu qoʻshiqmas, orom ham emas u. istiqlol – bu mehnatdir, bu darddir, jonni fido etmoqni istaguvchi shirin azobdir. Mabodo, istiqlol nimaligini anglamagan boʻlsang ochun, uygʻon!
Total words
1,390
Unique words
1008
Annotated anthroponyms
38
Toponyms
17
TTR
0.725
Hapax
826
Distribution
Top frequency chart
Dataset