🔍

Article

YANGI MARKAZ FAOLIYAT BOSHLADI

By Shoira MUHAMEDOVA • in 2006

Ma’lumki, mustaqil yurtimizning porloq istiqboli, yuksak taraqqiyoti shu jamiyatda voyaga yetayotgan yoshlarning chuqur bilimli, jismonan sog‘lom va ma’nan barkamol bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liq. Shu ma’noda davlatimiz, shaxsan yurtboshimiz tomonidan yoshlarga ko‘rsatilayotgan katta e’tibor va g‘amxo‘rlik ham kelajakda ularning har tomonlama komil insonlar qatoridan o‘rin olishlariga qaratilgan.

Ilgari xabar berganimizdek, kuni kecha barcha zarur shart-sharoitlar yaratilib, foydalanishga topshirilgan zamonaviy yangi bino Toshkent shahar IIBB tasarrufidagi «Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi» ham o‘smir-yo‘shlar o‘rtasida qarovsizlik, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish kabi maqsadlar yo‘lida qad rostladi.

Markazimizga nafaqat respublikamizdan, balki Hamdostlik davlatlaridan ham 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar olib kelinishi mumkin, deydi biz bilan suhbatda «Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi» boshlig‘i o‘rinbosari, kapitan [Aziz Bobobekov]. — 200 ga mo‘ljallangan, o‘qish, savodxonlikni oshirish, sport bilan shug‘ullanish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Avvalo bolalar issiq ovqat, kiyim-kechak bilan ta’minlanadi. Shuningdek, zarur bo‘lganda ularga tibbiy, maishiy, madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy yordam ko‘rsatiladi. Sport-sog‘lomlashtirish ishlari olib boriladi.

Aytilib o‘tish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 26 avgustdagi «Toshkent shahrida voyaga yetmaganlar qarovsizligi va ular orasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish to‘g‘risida»gi qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar hokimining 2006 yil 1 maydagi qaroriga binoan shahriimizning Yunusobod tumanining 3-mavzesida joylashgan bino homiy tashkilotlar ko‘magi va hashar yo‘li bilan kapital ta’mirdan chiqarilib markaz ixtiyoriga topshirildi.

Hozirda Markaziy Osiyo davlatlari ichidagi eng zamonaviy markazlar qatoridan o‘rin olgan ushbu maskanda taqdir taqozosi bilan yetim qolgan, adashib yo‘lini topolmayotgan yoki qarovsiz qolgan bolalar ota-onasi yoki qarindosh-urug‘lari, yashash joylari aniqlanguncha bir oy mobaynida yashab turadi. Ularga shu vaqt ichida imkon boricha hayotga muhabbat uyg‘otish, ota-ona, ona-Vatan, oilani qadrlash kabi insoniy fazilatlar haqida yoki kompyuter savodxonligi bo‘yicha saboq beriladi. Ularning sport bilan shug‘ullanishlari uchun ham barcha imkoniyatlar bor: suzish havzalari mavjud.

Voyaga yetmaganlarni tarbiyalash, ularni to‘g‘ri yo‘lga solishga davlatimiz tomonidan katta e’tibor qaratilgan, deydi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi qo‘shidagi «Posbon» markazi rahbari [Muhiddin Tursunboev]. Bizning «Posbon» markazimiz Toshkent shahar IIBB bilan doimiy hamkorlikda ish olib boradi. Jamoat tartibini saqlash, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilik, giyovandlik va diniy ekstremizmning oldini olish, voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etishlarining oldini olish, ular bilan profilaktik-tarbiyaviy ishlar olib borish yo‘lga qo‘yilgan. Xususan Toshkent shahar IIBB tasarrufidagi «Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi»da «Kamolot» YIH Toshkent shahar bo‘limi Kengashi qo‘shidagi kompyuter o‘quv markazining filiali va «Kamolot» xonasi ochildi. Kompyuter, stol va stullar, devoriy ko‘rgazmalar bilan jihozlandi.

Tumanlardagi yetakchilar Kengashi a’zolari har chorshanba kuni markazga kelib voyaga yetmagan yoshlarda qiziqarli suhbatlar, sport musobaqalari, rasm chizish aksiyalarini o‘tkazadilar. Albatta bundan bolalarning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish, hayotga tiyrak ko‘z bilan qarashga o‘rgatish, yaxshilik sari yetaklash kabi xayrli maqsadlar ko‘zlangan.

Biz markazni aylanar ekanmiz, ko‘nglimizdan bexitiyor shunday so‘zlar o‘tdi: davlatimiz tomonidan farzandlarimiz uchun qanchalik g‘amxo‘rlik, e’tibor berilmoqda? Bizningcha, mahalla-ko‘y, har bir bor ko‘rsatilmoqda. Biz ham ushbu ishga o‘z hissamizni qo‘shyapmizmi? Axir bu qora ko‘zlar o‘zimizning farzandlari-oila o‘g‘il-qizlarni oila-sidan uzoqlashmasligi, ularga to‘g‘ri tarbiya berilishi e’tiborni yana ham ko‘proq qaratishi, ko‘chada bekor qolib turli ko‘ngilsizliklar chiqarishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Suhbatimiz asnosida kompyuter oldida o‘tirib uning imkoniyatlarini qunt bilan o‘rganayotgan o‘g‘il-qizlar diqqatimizni tortdi.

[Shuxrat Tursunov]man, 1993 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilganman. Bu yerda yaxshi sharoitlar yaratilgan ekan. Ota-onamdan baxtsizlik tufayli ajralib qolib, bu yerga kelib qoldim. Oilamga qaytgungimcha albatta kompyuterni o‘rganib olaman.

^^Oqila Yunusova^^man, deydi tiyrak qizaloq. Farg‘ona viloyatida tug‘ilganman. Bu yer ozoda, chiroyli ekan. Pedagoglar bilan suhbatlashib xatoimni tushundim. Ota-onamning yonlariga borgungimcha o‘qib-o‘rganib turmoqchiman.

Ha, darhaqiqat yoshlar kelajagimiz, ularning barkamol bo‘lib voyaga yetishi har birimizning hissamizni qo‘shishimizga bog‘liq.

Total words

556

Unique words

407

Annotated anthroponyms

4

Toponyms

0

TTR

0.732

Hapax

332

Distribution

Top frequency chart

Dataset