🔍

Article

DO‘STLIK VA TINCHLIK SHAHRI

By Qobilbek KARIMBEKOV, «Siyosat» axborot-tahlil markazi … • in 2006

$$TOSHKENT SHAHRİ$$ MILLIY ISTIQLOLMIZ BILAN CHAMBARCHAS BO‘GLANGAN AZİM VA NAVQIRON SHAHARDIR. AYNAN RESPUBLIKAMIZ POYTAHTIDA MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI QABUL QILINDI, DAVLAT TİLİ, BAYROQ, GERB, MADHIYA KABI DAVLAT RAMZLARI HAM SHU YERDA E’LON QILINDI.

Shahar Toshkent nomi bilan dastavval XI asrning mashhur allomalari [Abu Rayhon Beruniy] va [Mahmud Qoshg‘ariy]ning asarlarida tilga olinadi. [Beruniy] «Hindiston» asarida Toshkentning kelib chiqishi to‘g‘risida so‘z yuritib, «Tosh» so‘zi asli turkcha ism bo‘lib, «Shosh» ko‘rinishini olgan, «Toshkent toshli qishloq demakdir», deb izohlaydi. [Mahmud Qoshg‘ariy]ning ma’lumoti bo‘yicha Toshkent shahri XI asrning oxirlari va XII asrlarda «Tarkan» deb ham yuritilgan. Mashhur «Boburnoma»da ham Toshkent nomi tilga olinadi.

Shu tariqa, XVI-XVII asrning boshlarida Toshkent atamasi shuhrat topib, uning qadimgi Choch, Shosh va Binkat nomlari asta-sekin muomaladan tushib qoladi.

Ta’kidlaganimizdek, jahondagi har qanday mustaqil davlat singari O‘zbekiston Respublikasining ham poytahti Asosiy Qonunda alohida e’tirof etilgan. Xo‘sh, umuman poytaxt deganda nima ni tushunish kerak? Poytaxt bu davlatning asosiy shahri, mamlakatning ma’muriy, siyosiy markazi, poytaxt odatda davlat hokimiyati va davlat boshqaruvining oliy organlari, shuningdek oliy sud, harbiy va boshqa markaziy muassasalar joylashgan shahardir. Ko‘p hollarda poytaxt mamlakatning iqtisodiy markazi hamdir.

Shunday qilib, azim va navqiron Toshkent hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasining asosiy shahri va ma’muriy-siyosiy markazidir. Bu yerda O‘zbekiston Prezidentining qarorgohi /Oqsaroy/, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi /quyi palata/, Senati /yuqori palata/, Vazirlar Mahkamasi, shuningdek ijtimoiy harakat va partiyalarning, boshqa jamoat tashkilotlarining markazlari, chet ell elchixonalari /50 ga yaqin/, BMT va uning tizimidagi UNESCO, UNICEF kabi xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari joylashgan. Toshkent chet ellardagi birodarlashgan shaharlar bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirishga anchagina hissa qo‘shmoqda, poytaxtimiz dunyodagi 9 ta shahar bilan birodarlashgan.

Hozir Toshkentda ikki yarim million atrofida aholi yashamoqda. Poytaxtimizda zamonaviy, salobatli binolar, Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘, ulug‘ Sohibqiron bobomiz Amir Temur nomidagi hiyobon, «Turkiston» va «Xalqalar do‘stligi» saroylari, [Amir Temur] va [Mirzo Ulug‘bek] haykallari, masjidu madrasalar, ko‘hna Sharq uslubida qurilgan va bezatilgan rastalar, qad rostlayotgan mehmonxonalar va boshqa mahobatli obidalar, yer osti metrosi /uch yo‘nalishda 29 ta stansiya ishlab turibdi/ uning ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shib turibdi.

Azim poytaxtda ko‘pgina madaniy-ma’rifiy, dinlararo bag‘rikenglikka bag‘ishlangan anjumanlar o‘tkazilib kelinmoqda. Darhaqiqat, poytaxtimiz do‘stlik va tinchlik shahri. U dunyoga o‘zining sulhparvarligi, «Toshkent ruhi» bilan mashhur. Toshkentda ko‘plab xalqaro siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalardagi anjumanlar o‘tkazilmoqda. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti, «Paxta-2005» xalqaro anjumani, O‘zbek kurashi bo‘yicha jahon birinchiligi va boshqa yirik xalqaro tadbirlar shular jumlasidandir.

Toshkentda mustaqillik sharofati bilan siyosiy-iqtisodiy, ham ma’naviyat sohasida tub islohotlar boshlandi. Iqtisodiyot sohasida bozor munosabatlariga o‘tilishi talablariga asosida biznes, ishbilarmonlik, xorijiy sarmoyalar kiritilishini rag‘batlantirish, yangi bank-kredit tizimini barpo etish, mulkni xususiylashtirishga doir bir qancha amaliy tadbirlar ko‘rildi. Shahriimizda xorijiy mamlakatlar ishbilarmonlari bilan hamkorlikda qo‘shma korxonalar, firmalar ochish rivoj topa boshladi.

Poytaxtimiz Toshkent respublikaning yirik sanoat markazlaridan biri bo‘lib, unda xalq xo‘jaligining deyarli barcha sohalarini qamrab olgan 300 ga yaqin korxona ishlab turibdi. Toshkent-Markaziy Osiyodagi eng yirik transport tarmog‘i bo‘lib, uning aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Shahriimizda temir yo‘l vokzali va bir qancha avtoshozbekatlar faoliyat yuritmoqda.

Haqiqatan ham, Toshkent ona-Vatanimizning yuragidir. Shuningdek, poytaxtimiz milliy totuvlikni mustahkamlashda alohida o‘ringa ega bo‘lgan do‘stlik shahridir.

Total words

481

Unique words

349

Annotated anthroponyms

6

Toponyms

1

TTR

0.726

Hapax

280

Distribution

Top frequency chart

Dataset