$$Oʻzbekiston xalq demokrtik partiyasi$$ Shahar va rayon tashkilotlarida ta’sis qurultoylarining boʻlib oʻtganiga ikki oydan oshdi. Xoʻsh, shu davrda partiya quyi boʻgʻinlarida nima ishlar qilindi? Muhimi, hozirgi murakkab siyosiy jarayonda, koʻppartiyalik, qarashlar xilma-xilligi vaziyatida yangi partiya xalq ishonchini qozona olyabdimi? Yoki kundalik voqealar bilan ovvora boʻlib qolib hayotdan orqada qolishmayabdimi?
Ochiq aytish kerak, hozirgi sharoitda Xalq demokratik partiyasining asosiy boʻgʻinlarida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlariga qiyin boʻlayabdi. Axir, butun bir partiyani shakllantirish, maqsadi, maslagi, dunyo-qarashi bir boʻlgan kishilarni uyushtirishning oʻzi boʻladimi? Ayrimlar joʻngina aytayotganidek Xalq demokratik partiyasi sobiq Kompartiyaning nomi oʻzgargan koʻrinishi emas. Partiya butunlay yangi, qaytadan tugʻilgan partiyadir. Faqat sobiq Kompartiya a’zolari uchun yangi partiyaga oʻtishda bir muncha qulayliklar yaratildi, xolos. Agar qayerda bundan boshqacharoq yoʻl tutilgan boʻlsa, bu notoʻgʻri. Jizzax viloyati Shahar va rayonlarida eski partiya a’zolarining 50-60 foizigina yangi partiyaga a’zo boʻldi. Viloyatdagi eng yirik Jizzax shahri partiya tashkilotida bu raqam 53 foizni tashkil etdi. Shu kunlarda uning hisobida 2769 a’zo bor. Shularning 599 nafari partiyaga yangidan qabul qilinganlardir.
Boshqaruv idoralari, oʻquv yurtlari, huquq-tartibot organlarini partiyadan holi qilish haqidagi farmonlar ayniqsa shahar partiya tashkiloti oldiga juda koʻp muammolarni qoʻydi. Aynan oʻsha tashkilotlarida ishlab, partiya a’zosi boʻlishni xohlagan xodimlarni boshlangʻich tashkilotlarga uyushtirish zarur edi. Ozgina loqaydlik, befarqlik kishilarning ishonchini yoʻqotishi hech gap emas. Shu bois shahar partiya tashkiloti faollari yuqoridan koʻrsatma kutib oʻtirmay bevosita mahalla qoʻmitalari qoshida huquqiy boshlangʻich partiya tashkilotlari tuzishga kirishdilar. Shu tarzda shaharning Madaniyat, Jizzaxlik, $$Qassoblik, Zargarlik, Toshloq va A. Abdujabborov nomli mahallalar$$ida tuzilgan mahalliy tashkilotlar oʻquv dargohlari, ijodiy tashkilotlar, huquq-tartibot organlari, boshqaruv idoralaridagi XDPga a’zo boʻlishni xoxlagan ishchi va xizmatchilarni birlashtirdi. Bu tadbirlarni amalga oshirishda partiya a’zolari boʻlgan deputatlar yordamiga tayanmoqda. $$Madaniyat mahallasi$$da boʻlganimizda boshlangʻich partiya tashkilotining mahalla markazidagi shinamgina bezatilgan xonasida ish olib borayotganining guvohi boʻldik.
- $$Respublika Prezidenti saylovi$$ hamda jumhuriyat mustaqilligi toʻgʻrisidagi referendumga tayyorgarlik va uni oʻtqazish ishlarida ayniqsa faol qatnashdik, - deydi Xalq demokratik partiyasi.
Jizzax shahar kengashining birinchi kotibi [M. Yusupov.] – hozir ham xalq bilan uchrashuvlarni davom ettiryapmiz. Bu muloqotlarda partiyaning maqsadi, rejasi keng va atroflicha targʻibot qilinayapti. Mahallalar yigʻilishlarida, uy-joy boshqarmalarida, toʻy-marakalarda doimo partiya faollarini uchratish mumkin.
Rostan ham Shahar partiya tashkiloti asosiy ish joyini xalq orasiga koʻchirgan. Zero, katta-yu kichik bilan muloqot bir paytlar boʻlgani singari dabdabali xizmat xonalarida emas, balki uy-joylarda mehnat jamoalaridagi turli tadbirlarda uyushtirilmoqda. Oʻz navbatida shahar oqsoqollari, partiya, urush va mehnat faxriylari, yoshlar, din vakillari bilan boʻlayotgan uchrashuvlar, davra suhbatlari xalq dardi bilan yashash, ularga tobora yaqinlashish imkonini beryapti. Shuning uchun ham shaharda XDP a’zolari soni kundan kunga oshib boryapti.
Shahar partiya kengashi kotibi [Tohir Muqimovning] $$Toshloq mahalla qoʻmitasi$$ boshlangʻich partiya tashkilotida – kotib [Xayitboy Oʻrdush]huzurida uchratdik. Mazkur tashkilot shahar xalq ta’limi boʻlim[Oxun Boboyev] nomli maktab hamda Toshkent me’morchilik va qurilish oliy bilimgohining Jizzaxdagi filiali ishchi-xizmatchilaridan 98 nafari bilan birlashtirgan.
Kotib partiyaviy ishlarni tashkil etish, boshlangʻich tashkilotlar faoliyatini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida gapirar ekan, partiyaning faoliyatiga oid normative hujjatlar vaqtida ishlab chiqilmayotganligi, ayrim hollarda ularning joʻngina tayyorlayotganini aytdi.
Yaqinda $$Dongdor$$ $$Paxtakor$$, $$Mirzachoʻl rayoni$$dagi $$Abay nomli davlat xoʻjaligi$$ direktori [Abdurahmon Oqilboyev] bilan suhbatimizda u kishi menga XDP a’zolariga partiya biletlarini imkon boricha tezroq tarqatish oddiy mehnatkash xalq uchun katta ahamiyatga ega ekanligini aytgandi. Xuddi shu fikrni shahardagi boshlangʻich partiya tashkilotlari kotiblari, oddiy a’zolar koʻp marotaba takrorlashdi.
Toʻgʻri, muammolar, yechimini kutayotgan masalalar koʻp. ammo jumhuriyatimiz mustaqilligini ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan saqlab qolishda $$Oʻzbekiston XDP$$ning oʻrni, roli va obroʻsi har qadamda sezilib turishi uchun kurashishimiz zarur. Toki jamiyatimizda roʻy berayotgan ijobiy oʻzgarishlar va kamchiliklarni barilla aytishdan, xalq manfaati uchun kurashayotganligimizni, xalqchil gʻoyamizni targʻib etishdan hech choʻchimaylik. Aks holda xalqning yangi, endigina tetapoya qilayotgan partiyaga nisbatan ishonchiga raxna tushishi mumkin.
Rayon partiya tashkilotlarining birida ta’sis qurultoyi paytida roʻy bergan voqea koʻpchilikni hushyor torttirdi. Ma’ruzadan keyin hech kim muzokaraga chiqish istagini bildirmagach, nufuzli tashkilotning rahbari minbarga chiqib, rayondagi salbiy ishlarni birma-bir sanab berdi. Nazorat organlarining butunlay faoliyatsizligini oshkora tanqid qilib, bu hollarni koʻrib-bilib turgan qurultoy ishtirokchilarining befarqligini qoraladi.
Demoqchimizki, biz hushyor, odil boʻlmasak, hushyorlar topiladi, biz jangovarlik qilmasak, boshqalar jangovarlikni ilib ketadilar. Xalq esa doimo dono, odil xalqchillarga va dadil kishilarga ergashib kelgan.
Total words
652
Unique words
500
Annotated anthroponyms
5
Toponyms
10
TTR
0.767
Hapax
431
Distribution
Top frequency chart
Dataset