2006 yilning yurtimizda «Homiqlar va shifokorlar yili» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan hamda xalqimizning ma’naviy qadriyati sifatida homiylikning roli va ahamiyatini kuchaytirish, homiylik faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish, ushbu jarayonda aholi keng qatlamlari, barcha mulkchilik shaklidagi tashkilotlar va korxonalarining ishtirokini kengaytirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish, ularning aholi ijtimoiy nochor qatlamlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash borasidagi hissasini oshirish, shuningdek, tibbiyot xodimlari kasbining obro‘-e’tiborini ko‘tarish va mehnat sharoitlarini yaxshilash maqsadida:
1. Quyidagi masalalar «Homiqlar va shifokorlar yili»ning asosiy vazifalari etib belgilansin:
mamlakat bo‘yicha, mintaqalar, shaharlar, tumanlar va aholi punktlari miqyosida aholi ning ijtimoiy nochor qatlamlari, birinchi navbatda nogironlar, yolg‘iz keksalar, kam ta’minlangan oilalar va yetim-esirlarga aniq moddiy yordam ko‘rsatish va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish, keksalar va nogironlar internat-uylarida, «Mehribonlik uylarida», jismoniy va aqliy rivojlanishda orqada qolgan bolalar maktab-internatlarining shart-sharoitlarini yaxshilash;
homiylikning mustahkam kafolatlanishi va ijtimoiy nuqtai nazardan keng e’tirof etilishini ta’minlaydigan qonunchilik va normativ-huquqiy bazani shakllantirish, o‘z daromadlarining bir qismini qalb amri bilan homiylik maqsadlariga yo‘naltirishga tayyor oliyjanob insonlarning xolisona intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, xalqimiz, ayniqsa yoshlarning ongi da mehr-muruvvat, saxovat va himmat kabi ezgu insoniy fazilatlarni yuksaltirish;
jamiyat hayotida tibbiyot xodimi kasbining nufuzi va uning maqomini oshirish, mohir shifokorlar, tajribali hamshiralar va mehnatsevar sanitarlarning mashaqqatli va mas’uliyatli ishlarini moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish, ular uchun munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaratish;
tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, aholi ning barcha tabaqalari qamrab olinishi va erkin foydalanishini ta’minlaydigan sog‘liqni saqlash tizimining zamonaviy moddiy-texnika bazasini, jumladan, xayriya tashkilotlari va homiylarning mablag‘larini jalb etish hisobiga yana-da mustahkamlash va undan samarali foydalanish.
2. Respublika komissiyasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, jamoat tashkilotlari hamda xayriya jamg‘armalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan «Homiqlar va shifokorlar yili» dasturi tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ikki oy muddatda homiylik tushunchasi va uning mazmun mohiyatini aniq belgilaydigan, yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘makka muhtoj insonlarga yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash, jumladan, davlat tomonidan tegishli imtiyozlar va qo‘shimcha imkoniyatlar berishning yaxlit tizimini yaratishni nazarda tutadigan «Homiylik to‘g‘risida»gi Qonun loyihasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritsin;
ikki hafta muddatda «Tibbiyot xodimlari kuni» kasb bayramini ta’sis etish bo‘yicha takliflar kiritsin.
4. «Homiylar va shifokorlar yili» Dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi [Mirziyoyev]:
nodavlat tashkilotlari, birinchi navbatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, biznes, firmalar, kompaniyalar, xalqaro xayriya tuzilmalari vakillarini homiylik ishlariga keng jalb etish va shu asosda homiylikni ommaviy ijtimoiy harakatga aylantirish, ushbu harakat nafaqat Dastur doirasida cheklanib qolmasdan, mamlakat ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘zining doimiy o‘rniga ega bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan barcha zarur shart-sharoitlarni yaratsin;
ikki hafta muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari tomonidan har bir aholi punkti, tuman, shahar va idoralari bo‘yicha «Homiqlar va shifokorlar yili» hududiy va tarmoq dasturlari ishlab chiqilib, qabul qilinishini ta’minlasin;
davlat boshqaruvi respublika va hududiy organlari hamda jamoat tashkilotlari darajasida ushbu Dastur bo‘limlari va bandlarini to‘liq va so‘zsiz bajarish bo‘yicha ishlarning muvofiqlashtirilishini tashkil qilsin hamda Dasturga kiritilgan tadbirlarning bajarilishini tizimli nazorat o‘rnatsin.
5. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya, ommaviy axborot vositalari «Homiqlar va shifokorlar yili» dasturining maqsadi va ahamiyatini ochib berish yuzasidan keng tushuntirish ishlari olib borilsin, unda nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishi, jumladan, aholi o‘rtasida mehr-muruvvat, o‘zaro yordam va homiylik g‘oyalari mustahkamlanishiga alohida e’tibor qaratgan holda, savobli ishlarni amalga oshirayotgan fuqarolar, mahallalar, korxona va tashkilotlar jamoalarining qo‘shayotgan hissalari muntazam yoritib borilishi ta’minlansin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri [Sh.M.Mirziyoyev] zimmasiga yuklansin.