🔍

Article

Turkiylar yili

By Rasul Rahmonov • in 1992

Har insonning muborak ismi-sharifi boʻlgani kabi tariximiz sanasida ham oʻtgan yillarning oʻz nomi bor. Ta’bir joiz boʻlsa, 1991 yil $$Oʻzbekiston$$ uchun nomlarga boy, barakali, xayrli yil yangligʻ tarixda mangu qolajak.
Shu yil tarifida – $$Oʻzbekiston$$ – $$Turkiya$$ yili bitigi boʻlishini istardim. Yodimda, 1991 yilning 16-19 dekabrida $$Turkiya$$ning $$Anqara$$, $$Izmir$$, $$Istambul shahar$$larida kechgan koʻngilli kunlar.
Borini aytsa fazilat deydilar. Xalq tanlagan, saylagan birinchi Prezident [Islom Abdugʻaniyevich Karimov]ning tashabbuskorligiga, mardligiga, ezgulik yoʻlidagi oʻzgarishlar odami ekanligiga nafaqat respublikamizda, nafaqat hamdoʻstlik davlatlarida, balki xorijda – $$Turkiya$$da ham tan berilganligining guvohi boʻldik. Agar, hali oshkora aytish xavfli-xatarli boʻlgan, martabasidan chetlatilishiga bahona sanalgan bir paytda shaxsiy halovatni, amalni oʻylamay, elparvarlik qilib, uzoqni koʻzlab partiyani ajratib olmaganida, $$Oʻzbekiston mustaqilligi$$ bayonoti tashabbuskori boʻlmaganida, va nihoyat xalq tasdigʻidan oʻtkazib olmaganida bu Hurriyat kunlariga osoyishtalik bilan, qurbonsiz erishmogʻimiz, jahon hamkorligiga qadam qoʻyishimiz mushkul edi. Hamma narsaning dadillik bilan tavakkal amalga oshirilgan qaldirgʻochi, ibtidosi ham Shirin, ham unutilmas bir voqeadir. Dunyodagi qator yirik mamlakatlar taklif etib, oʻz hamkorligiga chorlab turgan bir paytda, har tomonlama teran fikr yuritib, tarixni, bugunni va ertani oʻrganib, tabarruk $$Turkiya$$ga borilgani gʻoyat soz boʻldi. Imon-e’tiqodi butun, lafzi halol $$Turkiya$$ orqali jahon darvozasining ochilgani, togʻdek mustahkam suyanchiqqa tayanilgani donolik boʻldi. Mana endi $$ozod Oʻzbekiston$$ni qisqa vaqt – oʻn kunda yigirmadan ortiq mamlakat tan oldi.
Turk xalqining ochiq chehrasi, zoriqib kutgan jigarbandi kelganidek, zoʻr mamnuniyat bilan qarshi olgani, oliy darajada mehmondoʻstlik, himmat koʻrsatgani ilk qadamimizning qutlugʻ boʻlganidan nishonadir.
$$Mustaqil Oʻzbekiston$$ning ozod davlat sifatida chinakam huriyat qaror topgan $$Turkiya jumhuriyati$$ga borishi, mustaqil respublikaning [Ota Turk] singari birinchi Prezidenti [Islom Karimov]ning chinakam erkin, yuksak demokratiya avjlanib borayotgan ulugʻ mamlakatning jumhur bakani [Turgʻut Oʻzol] bilan bosh vaziri [Sulaymon Demerel] bilan muloqoti haqida hali koʻp yozilajak, dostonlar, romanlar bitilajak. Bizning bugungi ulugʻ ayyom kunida aytadigan gapimiz $$Oʻzbekiston-Turkiya doʻstligi$$ urugʻi unib, gurkirab oʻssin, oʻzining Shirin mevalarini bersin, serhosil boʻlsin! Tarixda $$Turkiya yili$$ boʻlib qolsin, toshlardagi yozuvlar oʻchsa ham bu also oʻchmasin!
$$Turkiya$$dan $$Oʻzbekiston$$ga qaytar kunimiz, [Muhammad] alayhisalomning moʻyi muboraklari, oyoq izlari qolgan lavha turgan joyni borib ziyorat qildik. Koʻrish juda oz kishilarga nasib etgan, keyingi yigirma yilda biror marta ochilmagan sandiqda saqlanayotgan, faqat oliy darajadagi imon-e’tiqodli mehmonlargagina koʻrsatiladigan Rasuli akram sallolohu alayhi vasallam kiygan choponni [Islom Karimov]ga lutfan koʻrsatdilar. $$Buxoro viloyati$$ noyibi [Mansur hoji Abdullayev] hamda turkiyalik mulla Qur’oni azim oyatlaridan oʻqib, duo-niyat qilishgach, [Islom Karimov] ham ovoz chiqarmay, nimalarnidir, niyat qilib yuziga fotiha tortdi. Oʻsha kun aziz va moʻtabar qadam joyda niyat qilganlari kuni kecha, $$Oʻzbekiston mustaqilligi$$ uchun xalqimiz ovoz beradigan kun arafasida $$Toshkent shahri$$ va $$Toshkent viloyati$$ mehnatkashlari vakillari uchrashuvida ayon boʻldi. Prezidentimizning oʻzlari aytdilar. Niyat etibdilarki:
- $$Oʻzbekiston xalqi$$ning yoʻlini oʻzing ochgin, mustaqillik kamoliga yetsin, xalqimiz farovonlikka erishsin!
Yangi yilda – turkiylar yilida $$Oʻzbekiston xalqi$$ning ezgu-niyatlari roʻyobga chiqsin. Xizr nazar aylab, diyorimizga ota boʻlgan [Islom Karimov]ning nafasi mustajib boʻlsin, xalqim ozodligi rost boʻlsin, ravnaqi baror oʻlsin!

Total words

449

Unique words

376

Annotated anthroponyms

10

Toponyms

24

TTR

0.837

Hapax

328

Distribution

Top frequency chart

Dataset