Yildan-yilga respublikamizda o‘zini-o‘zi boshqarish organlari mahallalarga e’tibor oshib bormoqda.
Mahallalar o‘z hududida yashovchi fuqarolarning osoyishtaligini ta’minlash, obodonchilik va ko‘kalamzorlashtirish yo‘lida ibratli ishlarni amalga oshirish, aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kabi masalalarni bajarishda muhim o‘rin tutmoqda.
Shahrimizdagi fayzli mahallalar qatorida biz [Akmal Ikromov] tumanida joylashgan «Istiqlol» mahallasini iftixor bilan tilga olamiz.
Mahalla hududida 4.000 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Unga viloyat fuqarolarini o‘zida jamlagan ushbu obod va fayzli go‘shaga jon dardi-tashvishi bilan yelib yuruvchi [Toir] ota [Abdullaev] boshchilik qiladi.
Ta’kidlash joizki, mahallada hech qanday ish fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari ishtirokisiz amalga oshirilmaydi. Zero, hozirgi kun talabi, el-u yurtning yuksak ishonchi oqsoqolga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Fuqarolarning tinch-totuv, bir oila farzandidek, bahamjihatlikda yashashlari uchun tadbirkorlik bilan ish olib borish darkor. Bu kabi vazifalarni oqsoqol va uning maslahatchilari sidqidildan amalga oshirishlari ahamiyatga molik. «Qachonki odamlarga mehr-muhabbat bilan yondoshsang, shundagina ular senga suyanadi, quvonchu tashvishini birga baham ko‘radi», deydi biz bilan suhbatda [Toir Abdullaev].
Darhaqiqat, yetti yoshdan yetmish yoshga bir xil munosabatda bo‘lish, murojaat qilganlarga shirinsuxanlik bilan mushkulini oson qilishga harakat qilish oqsoqolning ishini yengillashtiradi deb o‘ylaymiz.
Mahalla hududi uncha katta bo‘lmaganligi sababli homiylar yordamidan foydalanish qiyin kechsada, faollarning sa’y-harakatlari bilan mahallani obodonlashtirish, kam ta’minlangan oilalarning ijtimoiy muhofazasi yo‘lida oqilona yo‘llar izlanmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasining Respublikada bolalar sportini rivojlantirish haqidagi qaroriga asoslanib 60 dan ortiq oilalarga 700.000 so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi. Ko‘p bolali oilalarga, shuningdek, yetim-yesirlarga shahrimizdagi madaniyat va istirohat bog‘lariga bepul chiptalar tarqatildi.
«Istiqlol mahallasi hududida istiqomat qiluvchi qariya otaxonlarimiz ahvolidan xabar olib turuvchi oilalar ham mavjud. Jumladan, mahallada istiqomat qiluvchi 18 ta urush qatnashchilariga ham alohida e’tibor berib kelinayotgani ta’kidlash joiz.
Mahallada davra suhbatlari, mashhur adib va yozuvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib turilishi diqqatga sazovordir. Kuni kecha ushbu mahallada «Eng toza ko‘cha ko‘rik-tanlovining o‘tkazilishi ham bejiz emas. Unda mahalla ahli yakdillik bilan katnashdi. Bu esa mahallada obodlanib, mahalla hududida bolalar sport maydonchasining qurilib, foydalanishga topshirilishi bunga yorqin misol bo‘la oladi. Bu xayrli tashabbus yoshlarni sportga jalb etish, ularni ma’nan yetuk, jismonan barkamol tarzda voyaga yetkazishda yordam berishi va mahalla bolalarining bo‘sh vaqtlarini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.
Mehr va muruvvat yilida esa mahalla oqsoqoli hamda uning yordamchilari yakdilligi bilan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga katta e’tibor berilayotganligidan darak beradi.
Eng aziz va eng ulug‘ Mustaqillik bayramini «Istiqlol» mahallasi ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlash niyatidalar.