🔍

Article

TOSHKENTIM BOG‘U BO‘STONIM

By Sharifa ILYOSOVA • in 2004

Diyorimizga, jonajon ona yurtimizga o‘zining qutlug‘ qadamlarini tashlab Bahor kirib keldi. Uyg‘onish, yaratish va yashnatish fasli bo‘lmish Bahor har yili o‘z fusunkorligini o‘zgacha namoyon etadi. U nafaqat ona-tabiatni, qadrdon elimizni, balki uning mehnatkash, ezgu niyatli xalqi qalbini, har bir inson dilini uyg‘otadi, yaxshilikka, go‘zallikka undaydi.

Bu ne baxtki, bayramlarimizning sarasi, dillarimizda mehr-oqibatning, ezgulikning qulflarini ochilishiga imkon yaratuvchi Navro‘zi olam shodiyonasining gul-gul yonib, gulu chamanzorlar yaratib, butun borliqqa tarovatini taratib kirib kelishi ham aynan fasllar kelinchagi Bahorga to‘g‘ri keladi. Axir bundan quvonmay, umrboqiy Navro‘zimizning har yillik biri biridan go‘zal tarovatidan faxrlanmay bo‘ladimi?

Hashar elga yarashar

Azal-azaldan bahor kirib kelishi bilan xalqimiz Navro‘z taraddudini boshlab yuborishgan, eng yaxshi udumlarimiz, azaliy qadriyatlarimiz sirasiga kiruvchi hasharlar uyushtirishgan. Elimizga yarashgan bunday hasharalarda ko‘chayu xiyobon, mahallayu maydon barcha go‘shalarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ozodalilik va pokizalik yumushlari bekamu ko‘st ado etilgan.

Hasharlarga esa qalb da’vati bilan chiqqan keksayu yosh, ayolu erkak o‘z mehnatlari bilan fayz bag‘ishlagan. Bundan har bir insonning bahri dili ochiladi, ko‘ngilda ham iliqlik, yaxshilik va yashillik, obodlik va ko‘rkamlik barq uradi.

Bugungi kunda poytaxtimizning qaysi burchagiga bormang, ko‘chayu mahallalariga nigoh tashlamang, obodonlashtirish, tozalash va ko‘chat o‘tqazish ishlari qizg‘in pallaga kirganiga guvoh bo‘lasiz. Mahallalarda, korxona va tashkilotlarda, oliy o‘quv yurtlari va bilimgo‘hlarda, maktab va bog‘chalarda hasharlar uyushtirilmoqda, ko‘p qavatli binolar yon-atrofi, yo‘laklari tartibga keltirilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, shahrimiz Navro‘z taraddudida.

Navro‘z shodiyonalari bo‘lib o‘tadigan [Alisher Navoiy] nomidagi milliy bog‘imizda o‘zga-cha nafosat, o‘zgacha tarovat hukmron. Bog‘ni qutlug‘ ayyomga hozirlashda bunyodkoru obodonlashtirish sohasi xodimlari, rassomu nurchilarimiz alohida g‘ayrat ko‘rsatishmoqda. Bundan tashqari Mustaqillik maydoni, [Sharof Rashidov], [Amir Temur] xiyobonlari, [Ota Turk] ko‘chasidagi kichik maydon va boshqa ko‘plab hududlar, [Bobur], [Afrosiyob], [Pushkin], Nukus, [Habib Abdullayev], ^^Zulayho^^ shohko‘chalari yanada chiroy ochmoqda, gulu chechaklarga, manzarali dov-daraxtlarga, yashil libosga burkanmoqda. Istirohat bog‘lari esa chiroyini yana bir bor namoyon etmoqda.

Bu yilgi qishning iliq kelishi, g‘animat fursat obodonchilarimizga nihoyatda qo‘l keldi. Daraxtlarga shakl berish, ariq-zovurlarni tozalash ishlari barvaqtroq boshlandi, obodonchilik ishlariga har qachongidan o‘zgacha kuch-g‘ayrat, ko‘tarinki kayfiyat bilan kirishildi. Ham shaharlilarimiz ham bunday bahoriy yumushlardan chetda turmay, o‘z qalb da’vati bilan hashar-larda faol qatnashishga bel bog‘lashgan. Axir o‘zing yashayotgan hududing obodligi, poytaxt chiroyining ko‘z oldingda ko‘rkini namoyon etishi kimni mamnun etmaydi deysiz.

Yilimizning «Mehr va muruvvat yili» deb atalishi ham barchamizni ezgulikka, mehru muhabbatga, bir-birimizni avaylab-asrashga, yurtga mehru sadoqat bilan xizmat ko‘rsatishga undagani bejiz emas. Respublika Vazirlar Mahkamasining Farmoyishi asosidagi «Mehr va muruvvat yili» dasturi nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshira borib, mamlakatimizdagi sanitariya-epidemiologik holatni yaxshilash hamda Navro‘z bayramini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi o‘tkazilmoqda.

Ertaga, «Orol, ona va bolalarga» shiori ostida bo‘lib o‘tadigan umumshahar ekologik shanbaligi, 13–14 mart kunlari o‘tkaziladigan Umumxalq hasharida esa, albatta barcha hamshaharlarimiz g‘ayrat-shijoat ko‘rsatishadi. Zero, yurt obodligi — ko‘ngil shodligi, farovonligimiz belgisidir.

Shu boisdan ham Prezidentimiz Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining sessiyasida «Qishloq va shaharlarimizni obod qilish bu shunchaki havas yoki ermak emas, balki shu orqali odamlarning turmush sharoiti, eng muhimi, ma’naviy dunyosi o‘zgaradi. Turmush madaniyati, ma’naviyat shunday narsaki, u bolalikdan, bog‘cha yoshidan insonning tarbiyasiga kirgan taqdirdagina ijobiy bir natija beradi. Qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘y o‘rtasida birgalikda gul va ko‘chat ekish, devorlarni oqlash, yon-atrofni obod qilish orqali bekorchilik, har xil fisku fasod va g‘iybat gaplar barham topadi. Shundan so‘ng nafaqat ko‘cha yoki maydonlarda, balki inson ko‘nglida ham yorug‘lik paydo bo‘ladi. Men obodlik ko‘ngildan boshlanadi, deganda avvalo, shu narsani nazarda tutaman», — deya bejiz ta’kidlamaganlar.

Hasharlar orqali nafaqat mahallalar, mavzeler, maktabu bog‘chalar obod bo‘lib chiroy ochadi, balki saxovatli korxona, tashkilot, muassasalar-ning muruvvati ila yakka-yolg‘iz keksalar, kam ta’minlangan oilalar, yetim-yesirlar va nogironlarga moddiy yordam ham ko‘rsatiladi.

Umumxalq hashari munosabati bilan Toshkent shahar Matbuot va axborot agentligi hamda «Okshom» gazetasi jamoasi bir kunlik ish haqini «Mahalla» jamg‘armasi hisobiga o‘tkazdi.

Kelinglar aziz hamshaharlar, bugungi qutlug‘ Navro‘z arafasida bizning ham ko‘nglimizdan boshlangan obodlik poytaxtimiz uzra yoyilsin, yuragimizda paydo bo‘lgan yorug‘lik shahrimizning barcha hududlarini yorit-sin. Hamjihatlikda hasharlar uyushtirib, yurtimiz obodligiga munosib ulush qo‘shaylik.

Total words

617

Unique words

489

Annotated anthroponyms

9

Toponyms

0

TTR

0.793

Hapax

426

Distribution

Top frequency chart

Dataset