Oâtgan oân ikki yilning har bir kuni esda qolarli. Biz bu kunlarni uzoq kutdik. Iztiroblar oralab, uzoq yoâl yurib yetganmiz bu kunlarga. Rizoning boshi sabr ekan. Istiqlol sabrimizni saodatga uladi. Shu bois nafaqat biz xursandmiz, ayni chogâda istiqlolni orzu qilgan bobolarimizning ruhi ham shod.
Yurtboshimizning millat oâtmishiga yuksak ehtiromi, kelajagiga qatâiy ishonchi sabab oâtgan 12 yil ichida tilimiz, asrlardan asrlarga oâtib kelayotgan milliy urf-odatlarimiz, anâanalarimiz, dinimiz qayta tiklandi. Muqaddas qadamjolar obodonlashtirildi. Ayniqsa, buyuk bobolarimiz hayotiga, ularning insoniyat sivilizatsiyasida muhim oârin tutgan ijodiy merosiga katta eâtibor qaratilmoqda. Imom Buxoriy, Ahmad Fargâoniy, Moturudiy, Bahouddin Naqshband, Mirzo Ulugâbek kabi ulugâ allomalarimizning toâylari xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Bu milliy gâurur va oâzlikning uygâonganidan dalolatdir.
...Oâtgan yilning oktyabr oyida Prezident Islom Karimov Buxoroga tashrifi chogâida Gâijduvon shahrida ham boâlib, Gâijduvoniyning qadamjolarini ziyorat qildi. Oradan koâp oâtmay, 2002-yil 4-dekabr kuni Oâzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining âXoja Abdulholiq Gâijduvoniy tavalludining 900 yilligini nishonlash toâgârisidaâgi qarori eâlon qilindi.
Mamlakatimizda, ayniqsa Buxoroda, qutlugâ toâyga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Bu sananing YUNESKO qarori bilan xalqaro miqyosda nishonlanishi Gâijduvoniy hazratlari ilmiy merosini oârganish borasidagi yangi tadqiqotlarga imkoniyat yaratdi. Yubiley munosabati bilan alloma hayoti va ijodiga bagâishlangan ilmiy anjumanlar oâtkazildi, yangi kitoblar nashr etildi.
Naqshband va Gâijduvoniy maqbara-majmuolari atrofida ulkan bogâ barpo etildi. Gâijduvondagi Ulugâbek madrasasi qayta taâmirlandi. Bu ishlarni bajarishda Xorazm, Namangan, Samarqand, Toshkent, Fargâona viloyatlaridan kelgan qoâli gul ustalar faol qatnashdi.
Abdulholiq Gâijduvoniy hazratlari odamlarni poklik, toâgârilik, halollikka boshlagan. U oâz shogirdlari uchun odob-axloqqa oid bir nechta qonun-qoidalar ishlab chiqqan. Uning bizgacha yetib kelgan âRisolai sohibiyaâ, âRisolai tariqatâ, âVasiyatnomaâ, âMaslak al-orifinâ, âMaqsad as-solikinâ, âMaqomoti Xoja Yusuf Hamadoniyâ kabi kitoblarida ilm va odob, inson va uning jamiyatdagi oârni, din va dunyoviy munosabatlar toâgârisida fikr yuritilgan.
Oâzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Abdulholiq Gâijduvoniy tavalludining 900 yilligiga bagâishlangan tantanalarda ishtirok etish uchun 27-noyabr kuni Buxoroga keldi. Yurtboshimiz Abdulholiq Gâijduvoniy maqbarasi, Bahouddin Naqshband maqbara-majmuasi atrofida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Gâijduvoniy va Naqshband maqbara-majmuasi ziyoratgoh xiyobonlari yanada chiroy ochgan.
Abdulholiq Gâijduvoniy tavalludining 900 yilligiga bagâishlangan tantanalar Bahouddin Naqshband maqbara-majmuasida boâlib oâtdi. Bu yerga viloyatlar, Qoraqalpogâiston Respublikasi va Toshkent shahridan mehmonlar tashrif buyurishdi.
Tadbirda Oâzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq soâzladi. Davlatimiz rahbari tantana ishtirokchilarini, ular siymosida butun xalqimizni ushbu qutlugâ ayyom bilan muborakbod etdi.
Ulugâ bobolariga va ularning oâlmas merosiga ulkan eâtibor qaratgan, avlodlarini ajdodlarga munosib qilib tarbiyalaydigan millatning umri boqiydir. Prezidentimiz mustaqillik yillarida, jumladan, Bahouddin Naqshband va Abdulholiq Gâijduvoniy maqbara-majmuasida keng koâlamdagi taâmirlash va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgan, tarixiy yodgorliklarimizga qayta jilo bergan, yangi binolar va inshootlar barpo etgan mohir quruvchi va ustalarga, muhandis va meâmorlarga, mana shu savobli ishlarga oâz ulushini qoâshgan barcha insonlarga minnatdorlik izhor etdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bu kabi ulugâvor ishlar, toây-maârakalar yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, xalqimizning yaratuvchanlik salohiyati, ozod va obod Vatan, adolatli jamiyat barpo etish yoâlidagi fidoyi mehnati, ertangi kunga ishonchidan yana bir dalolatdir.
Tadbirda Muhiddin bobo Boqiyev soâzga chiqib, buyuk ajdodlarimiz ruhini shod etmoq, ularning muqaddas qadamjolarini obodonlashtirmoq eng savobli ishlardan biri ekanini taâkidladi. Bu ulugâvor ishlarning tashabbuskori va rahnamosi boâlgan Yurtboshimizga minnatdorlik bildirdi.
Shu kuni mamlakatimiz rahbari Gâijduvon shahridagi besh yuz oârinli sport saroyining ochilish marosimida ishtirok etdi. Ushbu sport majmuasida yoshlar sportning sakkiz turi bilan shugâullanishlari uchun barcha imkoniyatlar muhayyo etilgan.