šŸ”

Article

QALBDAGI ZIYO

By Usmon YUSUPOV • in 1991

ā€œHar bir odam sovet kishilarining hozirgi avlodi oldidagina emas, ayni vaqtda bizgacha bo'lgan va kelgusida qo'limizdan estafetani qabul qilib oladiganlar oldida ham o'z mas'uliyatini his qilmog'i kerakā€. (SSJI xalq deputatlari to'rtinchi s'ezdida bildirilgan fikr).
Ellikdan oshgandan keyin kishi xayolparast bo'lib qolar ekan, oā€˜tgan-ketgan yaxshi-yomon kunlarini o'ylaydi, do'st-yoronlarini birma-bir ko'z oldidan o'tkazadi. Kommunist [Olloniyoz Utaniyozov] ham hozir ana shunday kayfiyatda. Uzini ovitish uchun u kechalari allamahalgacha televizor ko'radi. Hamma yoqda alg'ov-dalg'ov, ur-sur, yetishmovchilik. "Odamlardan insof qochdi, mehr-oqibat yo'qolmoqda", - ko'nglidan o'tkaza boshlaydi u. Xayol [Olloniyoz] muallimni
olis-olislarga olib ketadi. 1943 yil. Qahraton qish. Uzoq yurtlarda dahshatli
urush davom etmoqda. Ushanda [Olloniyoz]lar oilasi qoraqalpog'istonning
$$"Xalqobod" davlat xo'jaligi$$da istiqomat qilardi. Kutilmaganda [Utaniyoz] aka ko'ngillilar qatori urushga ketadigan bo'lib qoldi. Qishli-qirovli kun bo'lmasayam koshkiydi! dedi eriga ^^Jumagul opa^^. Jo'javurday jonmiz, tirikchiligimiz ne kechadi?! Talabgor bo'lib ketyapgan emishsiz-a! Oā€˜sha kunlarda o'z jonining huzurini ko'zlab armiya xizmatidan qochib yurgan "[Azamat]"lar ham bo'lgandi.
Keyinchalik urush tamom bo'lib, mamlakat bo'yicha umumiy avf e'lon qilinganda, ular yuzaga chiqishgan, uyalmay-netmay elga aralashib ketishgandi. Vatan, deya jang maydonida jon bergan otasini o'ylaganda Olloniyoz shularni ham esga oladi, esga oladi-yu, yurak-bag'ri ezilib ketdi.
Onasi bilan bir qatorda [Olloniyoz] singillari ^^Turdigul^^ va ^^Obodon^^ni oq yuvib oq taradi, oā€˜ksitmadi. Hali-hali esida. Oā€˜shanda u $$[Karl Marks] nomli maktab$$da oā€˜qir edi. Bu yerda birinchidan toā€˜rtinchi sinfgacha bor, xolos. [Olloniyoz] va uning sinfdoshlari bitiruvchilar hisoblanadi. Maktabda o'quvchilar qilsa bo'ladigan nima ish bo'lsa, hech ikkilanmay bajarishadi, [Olloniyoz]ning tashabbusi bilan maktabda Timurchilar komandasi tuzildi. Ular darsdan bo'sh
paytlarda qarovchisi bo'lmagan qariyalarga uy ishlarida yordam berishadigan bo'lishdi. [Olloniyoz Utaniyozov] $$Qoraqalpog'iston davlat pedagogika bilimgohi$$ning ingliz tili fakultetida o'qib yurgan chog ā€˜larini ham bot-bot eslab turadi. Bu paytda ularning oilasi $$"Nukus" davlat xo'jaligi$$da yashardi. Qish qizg'irin yuzlarni chimchilaydi, $$Adil ko'cha$$ning ikki tomonida saf tortib turgan baland-baland teraklarning shoxlariga urilib, hushtak chaladi, [Olloniyoz] gurs-gurs odimlab shu yo'ldan borardi, egnida qora palto, boshida $$Qorako'l quloqchin$$. Ko'p o'tmay u o'z hovlisiga kirdi, o'g'lining hayallab qolganidan xavotirlanib o'tirgan ona ko'ngli charog'on bo'lib ketdi.
- Bormisan, bolam?! [Olloniyoz] -Imtihonlarni yaxshi topshirdingizmi, aka?
so'radi ^^Turdigul^^ bilan [Obodon]. Hammasi a'lo! -Nimalarni o'ylayapsan, o'g'lim? - so'radi ona. Qishki ta'tilni $$"Kegayli" sovxozi$$da o'tkazsam deyman. Dehqonlarga qarashib yubormoqchiman. Onla Kegayliga [Olloniyoz]ni ochiq chehra bilan kuzatdi. Shu kuni kechqurun $$[Olloniyoz] davlat xo'jaligi$$ rahbarlari bilan uchrashib, dala ishlarida qarashmoqchi bo'lib kelganini aytdi. Ertasiga ertalabdan boshlab xo'jalik shofyori bilan birga yuk avtomashinasida dalaga mahalliy o'g'it chiqarishga kirishdi.
[Olloniyoz yozgi ta'til kunlarini ham $$"Kegayli" davlat xo'jaligi$$da o'tkazgandi.
Chopiq qildi, g'o'za sug'ordi… Topgan daromadini uyiga olib ketmadi, [Bozorboy Jumaniyozov], ^^Uljon Tursunova^^ singari qarovchisi yo'q keksalarga ulashib berdi. Ota-onangga ming rahmat, umringdan baraka top, deb duo qilishgandi qariyalar o'shanda. "Oltin olma, duo ol, duo oltin emasmu?!"- degan so'zni ko'p eshitgan [Olloniyoz]. U Kegaylidan qaytgach $$"Nukus" davlat xo'jaligi$$ chorvasi uchun xashak to'plash maqsadida ikki o'rtog'i bilan birga [Cho'rtanboy] to'qayiga otlangan edi. To'qay. Quyosh botgan. Chivinlar sivizg'a chaladi. Chigirtkalar chirillaydi. [Azamat]lar kuni kecha o'zlari qurgan pashshaxonada choy ichib o'tirishibdi. Uch o'rtoq ahillik bilan ishlab, o'n kun deganda yantoqdan baland tepadek-tepadek ikki g'aram hosil qilishdi, Bunday xayrli ishlar [Olloniyoz]ni el nazariga tushirdi.
...Qishloqda ^^Oysanam momo^^ bilan [Tilovmurod bobo] degan chol-kampir yashar edi. Ularning yolg'izgina o'g'illari [Sulaymo]n urushdan qaytmagandi. Qariyalar: "[Sulaymon] o'lguncha biz o'lsak bo'lmasmidi?!"- deb yig'lashgani - yig'lashgan edi. Bundan xabar topgan [Olloniyoz] [Tilovmurod bobo]ning uyiga tez-tez keladigan, cholu kampirning holidan xabar oladigan bo'ldi. Bobo quvonib:
Sulaymon o'g'lim tirilib keldi. Umringdan baraka top, bo'tam! - derdi. Unga qo'shilib ^^Oysanam^^ momo ham [Olloniyoz]ni duo qila ketardi. [Olloniyoz] biror yoqqa ketgudek bo'lsa, singillariga va onasiga:
-[Tilovmurod] bobom bilan ^^Oysanam^^ momomdan xabar olib turinglar, deb tayinlardi. Ular ham [Olloniyoz]ning yo'qligini bildirishmasdi.
[Olloniyoz] [Cho'rtanboy] to'qayidan yantoq chopishdan qaytgach, bir kun hordiq chiqardida, ketmon ko'tarib, [Tilovmurod bobo]ning uyi oldidagi tashlandiq maydonga bordi. Ikki bo'yra keladigan erni maydalab chopdida, suv quyib, g'isht qo'yish uchun loy qora boshladi. Shu payt [Tilovmurod bobo] kelib qoldi. Horma, [Olloniyoz]! Salomat bo'ling! Nima qilmoqchisan, bo'tam? Imorat solmoqchiman.
Kimga? Keyin bilasiz.
...Imoratga kerakli narsalarni qo'ni-qo'shnilar berishdi. [Kuybishev] nomli maktab o'quvchilari esa hasharga kelishdi. Kunlar o'tib, uch xonali uy tayyor bo'ldi. Unga [Tilovmurod bobo] bilan ^^Oysanam momo^^ni ko'chirib kiritishdi. $$Pedagogika bilimgohi$$ning oxirgi kursida o'qiyotganida [Olloniyoz Utaniyozov] $$To'rtko'lda$$gi "VLKSM 40 yilligi" maktabiga praktikaga bordi. Ingliz tilidan dars bera boshladi. To'qqizinchi sinfga rahbar qilib tayinlandi. Ertasi kuni [Olloniyoz] talabalaridan birini oldi-da, o'zi rahbar bo'lgan o'quvchilarning uy sharoitlari bilan tanishib chiqdi. Keyin kolxoz raisiga uchrashdi. - Xo'sh, o'rtoq [O'taniyozov], xizmat? -- so'radi rais. - O'zim rahbarlik qilayotgan sinf o'quvchilari bilan maslahatlashdim, so'z boshladi [Olloniyoz]. Hamma xonadonda mol bor, demak, mahalliy o'g'it ham bor. Mashina bersangiz dalaga tashib chiqarardik. Kutilmagan "sovg'a"dan rais juda xursand bo'ldi. Shu kuni avtomashina qishloq bilan dala o'rtasida tez-tez qatnab turdi. Bu ish bir necha kun davom etdi. O'quvchilar o'zlari ishlab topgan pulga sinf xonalarini bezatishdi.
[Olloniyoz Utaniyozov] oliy o'quv yurtini a'lo baholarda bitirgach, o'z uyi yaqinidagi Kuybishev nomli o'rta maktabda o'qituvchilik qila boshlagan edi, mana shunga ham chorak asrdan oshibdi. Esini tanibdiki, u o'zini emas, o'zgalarni o'ylaydi, o'zgalar g'amida elib-yuguradi, kuyib-pishadi, [Olloniyoz]ning o'z mablag'i, kuch-g'ayrati bilan o'ttizta uy-joy, ikkita bolalar bog'chasi, ikkita tibbiy punkt, kutubxona va MAKTAB qurgani haqida "komsomolskaya Pravda" ro'znomasida ham yozishgan. Yana tong otdi. [Olloniyoz] muallim oilasi quchog'idan chiqdi-da, qadrdon maktabi tomon yo'l oldi. Sovuq haddidan oshgan, nafas olish qiyin. Ob-havo ham, odamlar ham avvalgilarga o'xshamaydi. Bir zamonlar ayqirib oqadigan Amudaryoda suv tobora kamayib bormoqda. Olisda ona Orol jon talvasasida ingraydi, $$Qoraqalpoq eli$$ning chin farzandi [Olloniyoz] [Utaniyoz] o'g'li esa o'z e'tiqodida sobit turibdi. Ne-ne "dono"lar uning Ustidan kulishdi. Baribir [Olloniyoz] o'zining sahovat to'la yo'lidan qaytmadi. Uning ko'nglida hech so'nmaydigan nur bor, quyosh bor! Bu nur bilan u yana ko'plab yordam talab insonlarning dillarini shod, uylarini obod etadi.
Ha, umid bilan yashaydi odam!

Total words

904

Unique words

663

Annotated anthroponyms

55

Toponyms

13

TTR

0.733

Hapax

540

Distribution

Top frequency chart

Dataset