🔍

Article

OLIM BO‘LISH OSONMI

By Avaz AZIZOV • in 1991

Avlodimizda geolog yo'q. O‘rta maktabni bitirgan kezlarim kelajanda geolog bo'laman deb o'ylamasdim, bu kasbga bo'lgan muhabbat $$Afg'oniston tuprog'i$$da harbiy xizmatni o'tayotgan kezlari uyg'ondi. Men o'sha suronli, har bir soniyasi tahlikali damlarda tog‘u dashtda ona tuproqning qadrini, uning boyliklariyu, hayotda yashashning o'zi naqadar zavqli ekanligini chukur tushunib etdim, er osti boyliklarini qidirib topish, umuman, tabiat in'omlarini xalqimizning turmushini yaxshilash yo'lida xizmat qildirish eng ezgu maqsadimga aylandi.
Hozirgi kunda $$Toshkent davlat dorilfununi geologiya kulliyoti$$da tahsil olyapman. Ezgi ta'til davrida $$Bo'stonliq$$dagi $$Oqsoqota o'quv bazasi$$da qazilma ishlarida qatnashar ekanman, kelajakda jumhuriyatimiz mustaqilligi uchun qazilma boyliklar naqadar muhim ahamiyatgaega ekanligi haqida o'ylayman. Biz bo'lajak gebloglarning talab darajasida bilimga ega bo'lishi uchun moddiy manfaatdorlik ham zarur. Jumhuriyat Prezidentining "Aspirantlar, oliy o'quv yurtlari, o'rta maxsus o'quv yurtlar va hunar-texnika bilim yurtlari o'qunchilarining stipendiyalarini oshirish to'g'risida"gi Farmoni ilm olayotgan yoshlarning turmush sharoitini birmuncha yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Men [Lenin] nomli stipendiya (130 so'm) olaman, hozirgi sharoitda bu moddiy mablag' kundalik ehtiyojni qondirmaydi, albatta, ko'plab talabalar kam
daromadli oila farzandlari. Buning ustiga ayrimlari stipendiya ololmaydi yoki 52 so'm miqdoridagina pul oladi, ^^Alfiya Seitova^^, [Ma'rufjon Xolmirzaev], [Muzaffar Jo'raev] 52 so'mdan, ^^Irina Kim^^, ^^Marina Golovina^^ kabi tengdoshlarim esa sessiyalarni yaxshi topshirganliklari uchun 25 foizdan qo'shimcha pul olmoqdalar, $$[Lenin] nomli stipendiya$$ga esa 30 foiz miqdorida pul qo'shildi, $$Dorilfununimiz$$ talabalari kechikib bo'lsa-da, Prezident Farmonida belgilangan miqdorda stipandiya olishga muyassar bo'ldilar, bunga javoban chuqur bilim olib, etuk mutaxassislar bo'lib tarbiyalanishimiz kerak, Istiqbolda ustozim, taniqli geofizik olim [Boris Talvirskiy] rahbarligida ilmiy izlanishni davom ettirmoqchiman.
Zero, kelajakda fanda yangilik yaratish xalqimiz baxt-saodati, ravnaqi uchun xizmat qiladi.

Total words

249

Unique words

223

Annotated anthroponyms

8

Toponyms

6

TTR

0.896

Hapax

202

Distribution

Top frequency chart

Dataset