🔍

Article

FAROG‘AT CHIROG‘I

By R. ASHUROV Buxoro nohiyasidagi Lenin … • in 1991

"Moling zotli bo'lsa, emishing totli bo'ladi", deb bejiz aytishmaydi, bunga o'z tajribamda ishonch hosil qildim. Bundan bir yarim yil muqaddam oilaviy ferma tashkil Qilish taraddudiga kirishganimda ikki juft sigirimiz bor
edi, xolos, jamoa xo'jaligi boshqaruvi tashabbusimizni qo'llab-quvvatladi. Oilamizga kolxoz hisobidan 20 ming so'm qarz berildi. Shuning evaziga Qozog'istondan o'n bosh zotli sigirni xarid qilib qaytdim, jamoa xo'jaligi traktorni arzon narxda sotdi, ozuqa etishtirish uchun besh gektar yer ajratildi. Shunday qilib, shaxsiy yordamchi xo'jaligimizni rivojlantirishga kirishdik. Yozda ekin uchun ajratilgan maydondan 175 tonna javdar, 285 tonna ko'k o't oldik, kuzda esa beda ekdik, Qishlovgacha kolxoz ustalarining yordami bilan xonadonimizda tegishli
chorvachilik binolari qurildi. Ozuqa mo'l bo'lsa, molni parvarishlash oson.
Hozir qirq boshdan ziyod qoramol, shu jumladan, yigirma bosh sigir, uch bosh novvosni parvarish qilmoqdamiz, shu yilning ichida kolxozga qirq tonna sut, uch tonna go'sht topshirdik, xo'jalikdan olingan qarzni qoplashga kirishdik. 1991 yilning oxirigacha butun qarzni to'lab, sof foyda hisobiga ishlash niyatimiz bor.
Shaxsiy yordamchi xo'jalikning daromadi yaxshi, albatta. Ammo yaxshi daromad ko'p mehnatni ham talab qiladi. O'zim va turmush o'rtog'im ^^Safiya Ashurova^^dan tashqari Farzandlarimiz ham tinim bilishmaydi. Vaholonki, [Baxtiyor] aloqachi, ^^Feruza^^ hamshira, [Ixtiyor] - kolxozchi, dilfuza agrosanoat birlashmasi xodimi. Kenja o'g'limiz [Ulug'bek] esa 10-sinf o'quvchisi, Endi ularning hammalari Farog'at chirog'i -- mehnatda ekanligini yaxshi his etishmoqda. Tobora to'q va farovon turmush kechirmoqdamiz. $$Xo'jalig$$imizda mexanizator [Murod Qurbonov], kolxozchi [Normurod Navro'zov] ham oilaviy ferma yaratishgan. $$Kolxoz$$da sut topshirig'I ortig'i bilan bajarilishida biz, Fermerlarning ham barakali hissamiz bor. Uchala shaxsiy yordamchi xo'jalikda hozirgacha 73 tonna sut, besh yarim tonnadan ziyod go'sh etishtirilib, davlatga topshirildi. $$Nohiya xo'jaliklari$$da shaxsiy yordamchi xo'jalikni rivojlantirayotgan xonadonlar ko'payib bormoqda. Hozir oilaviy fermalarda 857 bosh qoramol, shu jumladan 386 bosh sigir parvarish qilinmoqda. Fermerlar davlatga 650 tonna sut, 203 tonna go'sht topshirishdi, bu o'tgan yilga nisbatan ikki baravar ko'pdir. Viloyatda esa 2600 ta Fermer xo'jaligi bo'lib, ularda deyarli 16 ming bosh qoramol parvarish qilinmoqda. Buxorolik fermerlar yil davomida davlatga 600 tonnadan ko'proq go'sht, 12 ming tonnadan
ziyod sut topshirishdi, bu esa mehnatkashlar dasturxoniga baraka kiritishi shubhasiz.

Total words

323

Unique words

244

Annotated anthroponyms

7

Toponyms

3

TTR

0.755

Hapax

197

Distribution

Top frequency chart

Dataset