$$SSJI Oliy Soveti$$ ma'qullagan xalq xo'jaligini barqarorlashtirishning va
bozor iqtisodiyotiga o'tishning asosiy yo'nalishlariga muvofiq hamda SSJI xalq
deputatlari to'rtinchi s'ezdining "mamlakatdagi ahvol hamda vujudga kelgan
tang ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatni bartaraf etishga doir kechiktirib
bo'lmaydigan chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorini bajarish uchun qaror qilaman:
1. Mamlakat iqtisodiyoti normal ishlashini, sarmoya sarflash, ilmiy tadqiqot va boshqa rejalarni barcha jumhuriyatlarning manfaatlarini ko'zlab pul bilan
ta'minlash, konversiya xarajatlarini ta'minlash, ayrim jumhuriyatlarga subventsiya ajratish, shuningdek bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida o'zlariga bog'liq
bo'lmagan sabablarga ko'ra qiyinchiliklarga duch kelayotgan korxonalarga madad
berish uchun pul ajratish maqsadida 1991 yilda iqtisodiyotni barqarorlashtirishning byudjetdan tashqari umumittifoq jamg'armasi tashkil etilsin,
Ittifoqdosh jumhuriyatlarga shunday jamg'armalar tashkil etish tavsiya qilinsin.
2. 1991 yilda iqtisodiyotni barqarorlashtirishning byudjetdan tashqari jamg'armalariga: SSJI Oliy Kengashining "SSJI fuqarolarining pensiya ta'minoti to'g'risida"gi SSJI Qonunini kuchga kiritish tartibi haqida"gi qarorida belgilab qo'yilgan ijtimoiy sug'urtaga badallar normasi bilan SSJI Prezidentining "Bozor munosabatlariga o'tishning birinchi navbat dagi chora-tadbirlari haqida"gi 1990 yil 4 oktyabr Farmoni bilan 1991 yil uchun tasdiqlangan norma o'rtasidagi farq miqdoridagi ajratmalar; dehqonchilik-sanoat kompleksiga qarashli korxonalar va tashkilotlardan tashqari mulkchilikning hamma shaklidagi barcha korxonalar va tashkilotlar asosiy fondlarini to'la tiklashga Amortizasiya ajratmalari miqdorining 20 foizi; korxonalar va tashkilotlarning mhsulot (ishlar, xizmatlar) shartnomaviy narxlarini oshirishdan Rentabellikning belgilab qo'yilgan eng yuqori darajasiga qo'shimcha ravishda olgan foydasi; mehnat jamoalarn davlat korxonalari va tashkilotlari mol-mulkini sotib olishdan tushgan mablag' sarflansin. Davlat korxonalari va tashkilotlari mol-mulkini mehnat jamoa- lari sotib olishi uchun yil yakunlariga ko'ra mukofot to'lovlariga zarar etkazmagan holda iqtisodiy rag'batlantirish fondlarining 1990 yil 1 dekabrgacha qol-dirining 50 foizi sarflansin. Bundan tashqari iqtisodiyotni barqarorlashtirish jamg'armasiga davlat kor- xonalari va tashkilotlari mol-mulkini boshqa manbalar hisobidan sotib olishdan tushayotgan mablag'ning 20 foizi o'tkazilsin. Mazkur mablag'nnng qolgan 80 foizidan davlat ichki qarzlarini to'lash uchun foydalaniladi.
Tushayotgan mablag'larning miqdorini mazkur umum-ittifoq va jumhuriyat jamg'armalari o'rtasida taqsimlash mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolii bar-qarorlashtirish yuzasidan 1991 yilga tuzilgan bitimda belgilab berilsin, mazkur bitim tuzilgunga qadar rag'batlantirish jamg'armalariga tushayotgan mablag yagona hisob varaqasida to'planadi.
3. SSJI hukumati va ittifoqdosh jumhurnyatlarning hukumatlari iqtisodiyotii barqarorlashtirishning umumittifoq va jumhurnyat jamg'armalaridan foydalanishning yo'nalishlari va tartibini belgilab bersinlar.
Article
1991 YILDA IQTISODIYOTNI BARQARORLASHTIRISHNING BYUDJETDAN TASHQARI JAMG‘ARMALARINI BARPO ETISH HAQIDA
Total words
329
Unique words
234
Annotated anthroponyms
0
Toponyms
1
TTR
0.711
Hapax
181
Distribution
Top frequency chart
Dataset