🔍

Article

Bozor iqtisodiyoti va hayot hamkorlik rishtalari.

By T. SULAYMONOV yozib oldi. • in 1991

Bir guruh namanganlik ishbilarmonlar $$RSFSjning Krasnodar o'lkasi$$da bo'lishdi. Hamyurtlarimizni o'lka ijroiya komiteti raisining birinchi o'rinbosari [V. Gladskiy]
va $$Krasnodar ip gazlama ishlab chiqarish birlashmasi$$ning bosh direktori [A. Semikin] qabul qilishdi, uzaro muloqot ikki tomonlama foydali hamkorlik shartnomasini imzolash bilan tugallandi. Jamoatchi muxbirimiz - namanganliklar delegasiyasining rahbari, viloyat reja komissiyasining raisi [M. Muminov]dan ana shu hamkorlik natijalari haqida gapirib berishni iltimos qildi:
Avvalo, shuni ta'kidlash kerak: $$Krasnodar o'lkasi$$ bilan ilgaritdan aloqalarimiz bor edi, jumladan, Uychi ipakchilik birlashmasi jamoasi $$Krasnodar ip gazlama kombinati$$ bilan hamkorlik qilar edi. Shu do'stlik aloqasi hozir yanada kengaytirildi. Endilikda biz ulardan guruch, barqut va boshqa mahsulotlar olamiz, birgalikda namanganda ip gazlama korxonalarini quramiz. Evaziga krasnodarliklarga 10 ming tonna paxta tolasi beramiz. Ilgarigi shartnomaga mu- vofiq, ular bizga 500 ming so'mlik barqut etkazib berishdi. 1991 yilda esa 6,7
million so'mlik barqut va villur olinib, uning bir qismi badiiy buyumlar fabrikasi va ipak kombinatlarida xalq iste'moli tovarlari sifatida tikib sotiladi, bundan tashqari Viloyat matlubot jamiyati Krasnodar o'lkasi korxonalaridan shartnoma narxlarida istagancha turli mahsulotlar keltirib sotishi uchun imkoniyatlar yaratiladi. Endi hamkorlikda quriladigan korxona haqida gapiradigan bo'lsam, bu korxonani krasnodarliklar bunyod etishadi. Mazkur obyekt uchun zarur bo'lgan 3,5 million so'mlikdan ziyod barcha texnika va texnologiya jihozlarini rossiyalik do'stlarimizning o'zlari keltirishadi, korxona ishga tushgach, yiliga 400 ming metr barqut ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo'linadi, bu bir yilda 6 million so'mlikdan ko'proq mahsulot, degani, ishlab chiqarilgan mahsulotning hammasi jumhurnyatimiz iste'molchilariga sotiladi. Ikki tomonlama kelishuvga ko'ra, krasnodarliklar 1991 - 1993 yillarda ponbarxit gazlamasi ishlab chiqaradigan korxonani ham qurib beradilar. Bu filialkatta miqyosda bo'lishi ko'zda tutilmoqda. Korxona binosi, turar joylar, bolalar bog'chalari, injenerlik kommunikasiyalari va lboshqa zarur qurilish-montaj ishlari uchun qariyb 60 million so'm hajmdagi mablag' sarflanadi. Mazkur ob'ekt uchun SSJI Davlat engil sanoat qo'mitasiga qarashli 1-davlat loyihalash instituti xodimlari loyiha-smeta ishlarini bajarishmoqda. Kelgusi yilda bu erda 500 ming so'mlikdan ziyod ish bajarish rejalashtirilyapti. Ushbu filial foydalanishga topshirilgandan keyin 1200 dan ortiq ishchi kuchi kerak bo'lishini hisobga olib hozirdanoq malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e'tibor beryapmiz. 30 nafar o'zbek yoshlari Krasnodar o'lkasidagi ipgazlama kombinatida to'quvchilik sir-asrorlarini o'qib o'rganishyapti.
Endilikda yana anchagina yigit-qizlarni kasb malakasini oshirishga jo'natish niyatidamiz. Shuni ta'kidlash lozimki, kombinat filiali har yili ming tonna ipak yigirib, bir million metrdan ziyod ponbarxit gazlamasi to'qib chiqaradi. Xullas, bir yilda aholiga 50 million so'mlik sifatli gazlama yetkazib beriladi. Xulosa qilib aytganda, krasnodarlik ishbilarmonlar bilan iqtisodiy, madaniy hamkorlik aloqalarini bundan keyin ham rivojlantiraveramiz. Bu esa baynalmilal do'stligimizni, hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilaveradi.

Total words

391

Unique words

304

Annotated anthroponyms

3

Toponyms

4

TTR

0.777

Hapax

257

Distribution

Top frequency chart

Dataset