O‘zbek tiliga davlat maqomi berilib, davlat tilini o‘rganish muddati belgilanganda ba’zilar “Bu davr uzoq muddat. Til o‘rganaman degan odamga to‘rt yil ham yetarli”, degan edi. Anama bilan 8 yillik fursat ham o‘tib ketdi. Lekin nima o‘zgardi?
Biz xizmat ko‘rsatish joylarida ahvol qandayligini bilish, o‘zimizni qiziqtirgan ba’zi savollarga javob topish uchun aeroportga yo‘l oldik. Yo‘l-yolakay ko‘chalarning nomlariga nazar tashladim. 77-avtobus yuradigan yo‘nalish bo‘yicha, Muqimiy ko‘chasidan chapga burilgach, Gorbunov ko‘chasi boshlandi. Katta yo‘lga tutashgan ko‘chalarning nomlarini qarang: Gucunov, Kishinov, Dubinin, “Kyzyl Uzbekistanckaya”. Mutasaddi tashkilotlar mayli, shahrimiz ko‘chalarini birdaniga, besh-olti yil ichida (!) o‘zgartirib, qayta nomlashga ulgursalar. Lekin nahotki butun bir mahallada eskicha nomlar g‘ashini keltiradigan bironta fidoiy topilmasa? Tumshug‘ining tagida “Kyzyl Uzbekistanckaya” degan yozuv osiqch tursoyu, unga beparvo qarab o‘tsa.
Ana shu o‘ylar og‘ushida aeroportga yetib keldim. Dastlab ko‘zga tashlanadigan narsa yo‘lbars va yo‘lbars tishli shokoladning va “DEU”ning reklamasi.
Nahotki O‘zbekistonimizning, nainki mamlakatimiz, balki Markaziy Osiyoning katta darvozasi bo‘lgan aeroportga shu narsalar joiz bo‘lsa?
Qolaversa, bu reklamalar biron-bir chekka qishloqdan kelganlar uchun yangilikdir. Lekin chet eldan kelganlarga nima qiziqi bor?
Kiraverishda, ikkinchi qavatga ko‘tarilish joyiga “Ma’lumotnoma” degan yozuv osilgan. Lekin undagi “M” harfi tushib qolgan. Dastlab, nima va qaysi tilda yozilgan ekan deb hayron boqdim. Keyin gap nimadaligini fahmladim.
Hamma joyga “Kamera khraneniya” deb yozib tashlangan. Bu yukxonadagilarning bizni topolmay qolmasinlar, degan xavotirda o‘ylab topgan “reklamasi” bo‘lsa kerak.
Ikkinchi qavatga ko‘tarilsangiz qaysi mamlakat aeroportida ekanligingizni bilolmay qolasiz. Antiq yozuvlar. Devorga osilgan bojxona ma’lumotnomasida Vazirlar Mahkamasining qaroridan ko‘chirma osilgan. Uning o‘zbekcha nusxasi yo‘q. Bizningcha, uchadiganlarni ro‘yxatdan o‘tkazadigan zal uchun olachipor yozuv va reklamaning hojati yo‘q. Har bir e’lon lotin yozuvida o‘zbek tilida, ruscha, inglizcha yozilsa bas. Ortiqchasi kerak emas.
Mahalliy yo‘nalish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan kassa oldida chipta sotuvchi ning xatti-harakatlarini kuzatib turdim.
Bu yerda o‘zbekcha gapirib, ruscha javob olasiz. Ruschani tushunmaganiga hamrohlari, navbatda turganlar ko‘maklashadi. O‘zini ^^Bekirova^^ deb tanishgan bu ayol o‘zbekcha tushunadi, lekin javob qaytarish ni istamaydi. Ilgari, mayli arzimizni hech kim eshitmasdi. Nahotki, endi yo‘lovchilarga o‘zbek tilida xizmat ko‘rsata olmasak? Buni qanday izohlash kerak?! ^^Bekirova^^ bilan hazil-huzul qilib, aylanib yurgan bir yigit oldimga kelib:
Bilet kerak bo‘lsa, topib beramiz aka, - deb qoldi.
Uning nimaga ishora qilayotganligini muhtaram gazetxon tushunib yetgan bo‘lsa kerak. Tishining kavagi da asrab yur-gan puli ga chipta xarid qilayotgan yo‘lovchiga ko‘rsatilayotgan xizmat shundan iborat bo‘lishi adolatdanmi?!
Biz bu yerga faqat tanqid qilish uchun qalam qayrab kelmadik. Mahalliy yo‘nalishning topshirishga tayyorlanayotgan yangi binosini ko‘rib ko‘zimiz quvondi. Faqat yangi binoda xizmat ko‘rsatish ham yangicha bo‘lsa. Har ikki yo‘nalishda xizmat ko‘rsatadigan ayollar milliy kiyimda o‘tirsa, atlas ko‘ylaklar kiy sa, O‘zbekistonga kelganlar birinchi qadamlaridanoq qaysi tuproqga oyoq qo‘yganlarini his etsalar. Radioda “O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkentga hush kelibsizlar!” degan lutf yangrab tursa... Aeroportimizning ochiq maydonlariga mevali daraxtlar - o‘rik, olmalar ekilsa. Kuzda yo‘laklarda uzumlar oltinday tovlanib tursa?! Yoxud bahorda kech barg yozib, kuzda erta yaproq to‘kadigan begona daraxtlar o‘rnida “jannat” degan bir bog‘ barpo etilsa. Bahorda, yozda, kuzda yurtimizga kelgan mehmonlar eng avvalo o‘sha bog‘ga qadam ranjida qilsa.
Aeroportdan ana shunday orzular, qutlug‘ niyatlar og‘ushida qaytdim. Inshoolloh, axir iydiramazonda qilingan ezgu o‘ylar amalga oshadi, deb bejiz aytishmagan-ku!