[Muhammadlatif] juma. $$Toshkent$$dagi $$Imom Buxoriy nomidagi Islom oliygohi$$ning mudiri,
Bismillahir rohmanir rohim!…
$$"Sovet O'zbekistoni"$$ ro'znomamizning aziz Mushtariylari! Hammangizga ma'lumki, bugun milodiy bo'yicha Yangi 1991 yil boshlandi. Garchi bu yangi yil musulmonlar bayrami va yangi yili hisoblanmasa-da, ezgulik uchun har qanday imkoniyatdan foydalanib qolishlik zarurligi uchun bu fursatdan imkoniyat topib, avvalo jumhuriyatimizning barcha turli millat kishilarini va barcha musulmonlarni yangi – 1991 yilda xonadonlari tinch, osoyishta, serfayz va serbaraka bo'lishligi uchun Olloh taolodan tilab va ikki og'iz dil so'zlarini izhor etmoqchiman. Kelinglar, aziz birodarlarimiz! Mana shu kunni shu kungacha qilib kelgan barcha nojo'ya ishlarimizni bitgan kuni qilib, bundan buyoniga faqat ezgu ishlarimizga qo'l uraylik, azizlar, ezgulikning kattasi yo kichigi bo'lmaydi. Bu ish har kimning kuchqudrati va imkoniyatiga yarashadir, zero, Payg'ambarimiz Rasululloh o'z hadislarida shunday, deb marhamat qilganlar: "Imon 60 dan ortiq shohobchalardan iborat. Ularning eng avvalgisi Ollohni bir deb, Rasulni haq deb tan olish bo'lsa, eng so'nggisi ko'chada kishilarning harakatiga xalaqit berib yotgan narsalarni chekkaga olib qo'yishdir. Yana bir hadislarida shunday fikr bor. Musulmon kishining ikkinchi bir kishiga kulib qarashi ham sadaqadir, ya'ni yaxshilikdir. Demak, biz bilan siz doimo va qo'ldan kelganicha yaxshilik qilishdan ma'murdirmiz va buning uchun kunlarni belgilash va tayinlashni sira-sira hojati yo'q. Shuningdek, kishining savob ishlarni bajargan kuni uning uchun eng yaxshi va bayram kunidir. Bu yilning qaysi kuni bo'lishidan qat'i nazar va o'sha kishining nojo'ya ishlar qilgan kuni uning uchun eng qaro kundir. Inlning qaysi kuni bo'lsa ham". Shunday ekan, aziz birodarlarimiz, yilimizning hamma kunlarida qo'limizdan kelganicha bir-birimizga mehribon, muruvvatli va saxovatli bo'laylik hamda faqat ezgulik ishlarigagina qo'l uraylik. Olloh taolodan barchalaringizga tinchlik, omonlik va turmushingizda fayz va baraka, ezgu ishlaringizga najot tilab qolurmen.
Total words
266
Unique words
203
Annotated anthroponyms
1
Toponyms
3
TTR
0.763
Hapax
170
Distribution
Top frequency chart
Dataset