Keyingi yillarda irrigatsiya-melioratsiya, ximizatsiya va mexanizatsiya so`zlari koʻp tilga olinyapti. Xozirgi vaqtda dehqonchilik madaniyatini ana shu uch omilsiz yuksaltirish qiyin. Sababi, yangi yer o`zlashtirish qizitilyapti. Lekin yangi yerlarning unumdorligi foydalanib kelinayotgan yerlarnikidan pastroq. Unumdorlikni oshirish uchun irrigatsiya-melioratsiya ishlarini avj oldirish lozim.
Dehqonchilikda ximizatsiya hal qiluvchi faktorga aylandi. Yer parvarishni talab qiladi, parvarishda yerni agrotexnika qoidalari asosida oʻgʻitlab boorish muhim ahamiyatga ega. Mening oʻttiz yillik mehnat faoliyatim mexanizatsiya bilan bog`liq. Shu davrda hosildorlikni ko`tarishda mexanizatsiya katta rol o`ynasa, oʻgʻitning roli undan ham ortiq ekaniga ishonch hosil qildim. Shu sababli kimyo moʻjizasi – oʻgʻitlardan oqilona foydalanish dehqonlarimizning muhim burchidir.
Paxtachilikni kompleks mexanizatsiyasiz tasavvur etish qiyin bo`lib qoldi. Ishchi kuchi kam xo`jaliklarda ham texnika qudratli kuchga aykandi. Chigit ekishdan tortib, xosilni yigʻib – terib olishgacha boʻlgan ishlarni mashinalar va mexanizmlar gardaniga ortish paxta yetishtirishni ko`paytirish, dala ishlari fursatini qisqartirish, mahsulot sortini yaxshilab, tannarxini arzonlashtirishning muhim shartidir.
Bizning kolxozimizda paxta yetishtirishda har uchala faktor asosiy omilga aylantirildi. Buning boisi bor. Yerimiz shoʻr, zaxkash, zovurlar chiqarib, mavjudlarini chuqurlashtirib sizot suvni qochirib turmasak, paxta va boshqa ekinlardan yuqori xosil olib bo`lmaydi. Shoʻr yuvish, zapas sug`orish, yaxob berishni ham agrotexnikaning mustaqil tadbiri sifatida o`tkazamiz. Ekin yerlariga har yili tuproq kartogrammasi asosida mineral va organic oʻgʻitlar solamiz, ayniqsa goʻng, qoʻy qiyi, eski imoratlarning tuprogʻi va chiqindilaridan oqilona foydalanamiz. Mexanizatsiya – paxtachilikning tarkibiy qismiga aylantirildi.
Xoʻsh malaga oshirilgan ana shu tadbirlar qanday samara berdi, degan savol tug`iladi. Kolxozimizda paxta va boshqa qishloq xo`jalik ekinlari xosildorligi Keskin oshdi. Natijada besh yillik plan topshiriqlari ko`p tarmoqlar bo`yicha to`rt yilda bajarildi.
Plan boʻyicha toʻqqizinchi besh yillikda 9.880 tonna paxta tayyorlashimiz kerak edi. Amalda toʻrt yilda 13.177 tonna paxta tayyorladik. 1974 – yildagina gektaridan olinadigan xosilni 5 sentner koʻtarib, davlatga koʻzda tutilganidan 828 tonna koʻp paxta sotdik. Shuni aytish kerakki, kolxozimiz oʻrtacha, lekin koʻp tarmoqli xo`jalik.
Ishchi kuchi kam. Shu sababli xamma ish mashinalar zimmasida. Natija kutilgandan ziyod boʻlyapti. Besh yillikda 300 tonna saralangan makkajo`xori doni tayyorlashimiz kerak edi, biz toʻrt yilda 1020 tonna urugʻlik don tayyorladik. Shu davrda davlatga besh yillik planda koʻzda tutilganidan 200 tonna koʻp arpa, 300 tonna ziyod sholi, 2.200 kilogramm koʻp pilla armugʻon etdik.
Chorvachilik mahsulotlari tayyorlashni ham keskin koʻpaytirishga erishdik. Besh yillik plan tuzilayotgan kezda 800 tonna sut tayyorlanadi degan edik. Chorvadorlarimiz toʻrt yilda bu raqamni 1302 tonnaga yetqazdilar. Tuxum tayyorlashda ham yutuqlarimiz katta boʻldi. Lekin besh yillik planni toʻrt yilda bajarishda, qovun – tarvuz topshirishda uzilishga yoʻl qoʻyildi. Yangi yilda bu kamchilikni tugatibgina qolmasdan, ona Vatanga paxta, sut, goʻsht va boshqa mahsulotlarni har qachongidan koʻp topshiramiz.
Bunday deyishimizga asos bor. [Lochin Milazimov] boshchiligida kompleks mexanizatsiyalashgan brigada tuzdik, unga traktor, paxta terish mashinasi ajratib berdik, 88 gektar yer biriktirdik. Brigadaning toʻrtta a‘zosi bor. Ular xamma ishni mashinalar gardaniga ortib, yuqori xosil etishtirdi va gektaridan 40.1 sentnerdan paxta xosili oldi. 1975 – yilda xo`jaligimizda yana beshta shunday brigade tuzamiz.
$$[Mamazokir Abdullayev], [Kamol Gasanov], [Sharif Sharofiddinov]lar brigadasi$$da xosildorlik 38 sentnergacha ko`tarildi. Lekin nisbatan past xosilli brigadalar bor. Ularni yuqori xosillilar darajasiga ko`taramiz, kolxozimiz bo`yicha esa to`qqizinchi besh yillikning yakunlovchi bosqichida gektaridan kamida 40 sentnerdan xosil olamiz. Boshqa xil qishloq xo`jalik ekinlari xosildorligini ham keskin ko`taramiz.
$$Kompleks mexanizatsiyalashgan brigada boshligʻi$$ [Lochin Milazimov] ikki qatorli mashinada 1974 – yilda Paxtachilik, xususan terimda iloji boricha ko`p kuchn ishlatmaslik tadbirlarini amalga oshiramiz. Kompleks mexan190 tonna paxta berdi. Yangi yilda boshqa brigada boshliqlari ham shu yo`ldan boradi. [Eshmamat Nurmuhammedov], [Qibor Koʻchiyev], ^^Nodira Nazarova^^ kabi dongdor mexanik haydovchilarimizning har biri 5-6 tadan shogird tayyorlaydi. Xozir 25 kishini $$“Oʻzselxoztexnika”$$ning rayon birlashmasi qoshidagi mexanizatsiya maktabida, 20 yigit – qizni esa o`z xo`jaligimizda mexanizatorlikka o`qitamiz. 1975 – yilda kolxozimizning xamma tarmoqlarini kompleks mexanizatsiya asosida qayta qurib, mahsulotlar yetishtirishni bir yilda bir yarim – ikki baravar ko`paytiramiz.
Yakunlovchi yilda yangi yer oʻzlashtirish hisobiga paxta maydonini 50 gektar kengaytiramiz,20 gektar maydonda bogʻ bunyodga keltiramiz. Bu yil yuqori hosil koʻtarish maqsadida 1300 gektar yerni oʻgʻitlab,chuqur shudgorlab qoʻydik,yaxob berib boʻlayozdik. Texnika remontini qizitmoqdamiz.
1975 yil hammamiz uchun sinov yilidir. Kim qaysi uchastkada mehnat qilishidan qat’iy nazar fidokorlik namunalarini koʻrsatib,besh yillik plan topshiriqlarini oshirib ado etishga oʻzining ulushini qoʻshmogʻi lozim. Yutuqlar oldida esankiramay, ulkan vazifalarni tez va oson bajarish yoʻllarini koʻzlab ish tutaylik!
Total words
663
Unique words
472
Annotated anthroponyms
8
Toponyms
3
TTR
0.712
Hapax
383
Distribution
Top frequency chart
Dataset