🔍

Article

MURODINGIZGA YETING

By Ismoil SULAYMONOV • in 1991

$$Jumhuriyat$$dagi har bir fuqaroning ko'ngliga yo'l topib bitta shart qo'ymoqchimiz: zimmamizda turgan barcha vazifalarni, $$O'zbekiston$$ning barcha muammolarini tinchlik va milliy totuvlik bo'lgandagina, barcha Millatlar va elatlar vakillari bir-birini hurmat qilib, murosa qilgandagina hal etish mumkin. Shukurlarkim yana bir yoshga ulg'ayyapmiz. Bu kunlarga etganlar bor, etmaganlar ham. Mehnat va kurash bilan, hayajon va g'ul-g'ula bilan o'tgan 1990 yil endilikda tarix bo'lib qoldi. Bugun g'alvirni suvdan ko'tarsa, yakunlarimizni toroziga qo'ysa bo'ladi. Vaqt kelib loyqa suvlar tinar, alg'ov-dalg'ov pallada ko'tarilgan changlar ham bosilgusidir, o'shanda tarixchilar o'tgan yilimizga xolis baho berarlar. Kundalik tarixni bitguchi biz ro'znomachilar nelar yuz berayotgan bo'lsa, ko'rib sezib turdik. Yurak notinch, ko'ngil xotirjam emas. Lekin birni ko'rib shukur qil, mingni ko'rib fikr qil, deganlaridek, quvonadigan ishlarimiz ham bor, kuyinadigani ham. Qayta qurishning ham oltinchi yiliga qadam qo'ydik. Oshkoralikka erishdik, demokratiya tomon dastlabki qadamlarni tashladik. Lekin inson aqlzakovatini o'stirish va uni ishga solishi uchun eng avvalo, uning qorni to'q, usti but, ko'ngli xotirjam, el-yurt osoyishta bo'lmog'i darkor. Mamlakat iqtisodiyoti esa to'kilib, sochilib ketyapti, bu jabhada oldinga emas, orqaga qarab ketyapmiz. Ne-ne niyatlar bilan talashib-tortqilashib qabul qilgan qarorlarimiz, qonunlarimiz qog'ozda qolyapti. Shunday katta davlatning egasi yo'qqa o'xshaydi, bamisoli ot bozori, aksari tartib-intizom va mas'uliyat unutilgan. Shu manzaradan kelib chiqib, o'z jumhuriyatimizga nazar tashlasak, ko'ngil ancha taskin topadi. To'g'ri, bizda ham qayta qurish silliq va o'ng'ay ketayotgani yo'q, zaxmat chekyapmiz. Illo shu mashaqqatning shirin mevalari ham yo'q emas. Jumhuriyat xalq xo'jaligi barqaror ishlayapti, ishlab chiqarishda o'sish sur'atlari bor. Ba'zan raqamlar har qanday so'zlarga qaraganda ham jarangdor eshitiladi. Mana ular: avvalgi yilga nisbatan o'tgan yili milliy daromad 2,5 foiz ko'paydi, Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 2,2 foiz oshdi. Xalq iste'moli mollari tayyorlash
esa yanada ko'proq-7,2 foiz, uy-joy qurilishi esa 19 foiz oshdi. Azamat dehqonlarimiz deyarli barcha ekinlardan mo'l-ko'l hosil etishtirdilar, 5 million tonnadan ziyod - plandagidan ancha ko'p paxta yig'ishtirib olindi. Bu ulkan miqyosdagi yumushlar shov-shuvsiz, shaharlik mehnatkashlar va talabalarni jalb etmasdan nihoyatda qisqa muddatda amalga oshirildi. Bu, hech mubolag'asiz, katta iqtisodiy g'alabagina emas, ayni paytda muhim siyosiy zafar hamdir. Jumhuriyatimizda adolatni himoya qilish, kishilarning talab va ehtiyojlarini qondirish borasida amalga oshirilayotgan ishlardan mehnat ahli minnatdor. Paxta maydonlarini qisqartirish hisobiga sug'oriladigan erlardan minglab gektari tomorqa uchun ajratib berildi. Aholiga chorva ozuqasi ajratilyapti, uning ixtiyoridagi chorva sonini ko'paytirish choralari ko'rilyapti. Boshlang'ich sinflarda o'qiyotgan bolalar uchun bepul nonushtalar, betob onalarga yordam, pensionerlarga, ulug' Vatan urush qatnashchilari va Afg'oniston urushi qatnashchilariga, studentlar, ko'p bolali onalarga imtiyozlar berildi. Amalga oshirilayotgan bu hayrli va savobli ishlar kishilar kayfiyatiga juda
katta ijobiy ta'sir ko'rsatdi, odamlarda jumhuriyat firqasiga ishonch oshmoqda, barcha sog'lom kuchlar birlashmoqda, Prezidentimiz va jumhuriyat hukumatining
tutayotgan bu yo'li bizga butun mamlakatga xos bo'lgan iqtisodiy tanazzulni chetlab o'tishimizni, sanoat va qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish hajmlarining o'sishini ta'minlaydi, lekin bu ne xolki, ishlarimiz nisbatan yaxshi ketayotganligi ba'zi kimsalarning g'ashini keltiryapti, ular rahna solmoq niyatida g'alamislik qilishyapti. To'g'ri, bularning barchasi dastlabki qadam. Hali hal etilishini kutib yotgan muammolar g'ij-g'ij. Iqtisodiyotning yuksalish sur'atlaridan ko'nglimiz to'lmayotir. Iste'mol mollarining taqchilligi tinkani quritmoqda. Chayqovchilik, jinoyatchilik, xizmat vazifasini suiiste'mol qilishlar jonga tegdi, qadoq qo'li bilan "oq oltin" yaratib, chaqa olayotgan Paxtakor dardini aytaymi, o'zi ipak bunyod etib, ko'ylakka yolchimayotgan pillakor opa-singillarim hasrat kitobini ochayinmi, nolasi dunyoni iztirobga solayotgan Orol dardiga davoni qaydin izlaylik... jumhuriyatlar o'z man-faatlarini himoya etmoq uchun kurash maydoniga chiqdilar, endilikda o'z aqlimiz bilan ish tutadigan davr keldi, Markazning buyrug'i manfaatlarimizga mos tushmasa, "yo'q, birodarlar, bu bizga to'g'ri kelmaydi", deb dangal aytilyapti. Tabiiyki, ayrim kimsalarga bu unchalik yoqmayapti, Mazaxo'rakka o'rganib qolganlar andak mustaqil qadamimizga ham ola qarash
qilishyapti, qiziq, yana eski ashulalar, biz shuncha yillar aldanib kelgan ashulalar aytilyapti, Ittifoq shartnomasi loyihasini ko'zda tutyapman, bir tomondan, mustaqillik haqidagi g'oya tarafdori bo'linyapti-ku, ayni paytda yana markazga tobe holda saqlash, har ishda rozilik olish talab qilinyapti.
Ha achchiqroq bo’lsa ham aytaylik, shuncha yil, shuncha zamon sotsialistik dunyo manfaati, butun mamlakat manfaati, deb tunu kun mehnat qildik, ammo shunga yarasha uning samarasini ko’rmadik. Kim rad eta oladi bu haqiqiatni.
Xalq vakolat bergan rahbarlarimiz jumhuriyat nomidan markaz oldida bor gapni lo'nda qilib aytishyapti; yo'q, aziz birodarlar,'endilikda eskicha sherikchilik ketmaydi, har jabhada insof, diyonat bilan, teng huquqlilik va o'zaro manfaat bilan ish tutaylik, shunday bo'lsa yana birga bo'laveramiz. Aks holda... aks holda o'ylaydigan muammolar bolalab ketadi. Bor gap shu. Muddaoning indallosi ham shu.
O'zbekiston ona yurtim, jondan azizim. Sening boy va buyuk tarixing, achchiq va shirin qismating, nurli istiqboling bizning vujudimizda, borlig'imizda. O'tgan yili Mustaqillik Deklaratsiyasi e'lon qilindi. Ko'ngillar tog'dek ko'tarildi. Jumhuriyat
firqamizning $$"O'zbekistonning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi$$, ma'naviy yangi-
lanish, ijtimoiy adolat va aholining munosib turmush sharoiti uchun" harakat das turi qabul qilindi, biz qorong'u ko'chalarda tusmollab yurayotganimiz yo'q endi, maqsadimiz, yo'limiz kunday [Ravshan], suvdek tiniq. Ha, ezgulik sari dastlabki odimni tashladik. Oldinda hammamizni katta ishlar kutmoqda. Dasturda belgilangan rejalar parvoz uchun qanot va Ilhom, yuksalish uchun kuch-g'ayrat baxsh etmoqda, kim nimaga qodir ekanligini ko'rsatadigan davr kelyapti, qadim zamonlardayoq jahon tan bergan, qoyil qolgan mahoratingni ko'rsat, elim, o'z yurting, o'z xalqing manfaati yo'lida ter to'kasan, shu his, shu tuyg'u bir kuchingga o'n kuch qo'shajak, bu saodatli yo'lda sizlarga, aziz yurtdoshlarim, ulug'ajdodlarimiz ruhi madadkor bo'lsin, Mustaqillik deb atalmish katta yo'l boshidamiz. Shuncha yillar mute'likdan so'ng uning lazzati qanday bo'larkin, ishqilib og'machilikdan, o'ta so'llik va o'ta o'nglikdan o'zi saqlasin. Har bir muammoni, jumboqni aql torozusida tortib, so'ng hal etaylik, toki yana to'g'ri yo'ldan chiqib, gangib yurmaylik.
Havo mavjlarida ayol kishining jarangdor ovozi yangraydi: "diqqat, diqqat qilinglar, Parijdan uchib kelgan navbatdagi tayyora qo'ndi", zum o'tmay chor atrofni mehmon va mezbonlar bosib ketdi, Samarqand yaqinidagi bu xalqaro tayyoragohni hamma havas bilan ko'zdan kechiradi. Tayyoragohni yana o'sha zyolning ovozi tutib ketdi, "diqqat qilingiz, Tokio-Pekin-Samarqand yo'nalishidagi tayyora qo'ndi..."
$$Hindiston$$dan savdogarlar kelganmish, xon atlasimizga besh ketishibdi. Oddiy qalamkash [Zokirjon]ning o'g'li 3 yil o'qib, yapondan qaytibdi, $$Jizzax$$da qandaydir mashin zavodi qurarmish. Toshkentlik chevarlarning palak na so'zanalari $$Ovrupo$$da japulmish-a, kosib [Sodiq]ning o'g'li $$Omriqo$$ga o'qishga ketdi, deyishyapti, shu to'g'rimi? (Oq - soqollar gurungidan quloqqa chalingan gaplardan). ...Kecha rastaga tushgandim, shu desangiz turna qator do'konlarda uyilib yotgan turfa xil mollar ko'zni olay deydi. O'tib ketayotgandim beixtiyor ulardan birining oldida to'xtadim, shu zahotiyoq do'kondor peshvoz chiqib dedi:
-Molimizga xaridor bo'lmasangiz ham bir piyola choyimizni qaytarmang. Ichkari kirdim, to'rda turli noz-Ne'matlar bilan bezatilgan stolga taklif etdi do'kondor. Choydan xo'plar ekanman, atrofga nazar tashladim, Video deysizmi, so'zlashganda suhbatdoshingizni ko'rsatib turadigan telefon apparati deysizmi, diktafon va magnitofonlarni-ku qo'yaverasiz Nima qilaman, ortiqcha sarf-xarajat qilib, bularning barchasi bor menda, azbaroyi do'kondorning so'zini erga tashlay olmaganimdan qadam ranjida qilgandim. bu erga. U shunisiga ham xursand. Do'kondan kishilar qadami uzilmay tursa bas, muhimi shu…
Ha, bular hozircha xayol, shirin xayollar. Lekin tinchlik bo'lsa, omonlik bo'lsa, bu muddaolarning barchasi amalga oshgusidir. Niyat qilaylik: tezroq kelaqolsin o'shal
kun.

Inson borki ro'shnolikka intiladi, bu xayrli ishga jumhuriyat Prezidenti, fir-
qamiz bosh. Har bir davr o'ziga monand rahnamolarni etishtiradi, hozirgi rah-
barlarimiz mehnat ahlining tashvishlarini o'z elkalariga olganlar. Yaxshilar el g'amida, osmondan chalpak yog'ilmaydi, ezgulik yo'li hech vaqt oson bo'lmagan, u juda murakkab va mashaqqatli yo'l, aql-idrokni, tadbirkorlikni, jafokashlikni, qat'iyatni talab etadi. Kamroq nafsoniyatga berilib, ko'proq mushohada bilan bamaslahat ish tutsak, marra bizniki. Elimiz uzra tong otmoqda. Qutlug'kelsin, ilohim, qadami uning. Qalblarimizda yaqinlarga sadoqat, kishilarga shafqat, ona-yurtga muhabbat hislari jo'sh urar ekan saodat yo'llari bizga yor bo'lg'ay, adovat emas, adolat g'olib kelg'ay. Shu mehr-muhabbat va sadoqat alangasi odimlayotgan yo'limizni mangu yoritib tursa, orzularimiz ushalgusidir. Yillar o'tar, bugungi qiyinchiliklar ortda qolib ham ketar, axir oyning o'n beshi qorong'u bo'lsa, o'n beshi yorug'bo'ladi-ku. $$O'zbekiston$$ chinakamiga yashnagan o'lkaga, adolat va muruvvat o'lkasiga aylanajak. Ana shu saodatli yo'lga - hurlik, ozodlik, baxt yo'liga so'qmoq ochgan, zamin qo'ygan hozirgi avlod kishilarini siz bilan bizni, muhtaram yurtdoshlar, kelgusida minnatdorlik bilan eslayajaklar. Hammamizga yaxshi niyatimiz yo'ldosh bo'lsin, murodingizga eting!

Total words

1,227

Unique words

929

Annotated anthroponyms

3

Toponyms

8

TTR

0.757

Hapax

791

Distribution

Top frequency chart

Dataset