Odam bolasi qaysi bir muxitda yashamasin. bayramlarni, kutlug sanalarni irim uchun bulsada, xushvaktlik bilan kutib oladi, shu ma'noda deymanki, kirib kelgan 1991 yil xar bir xonadonga farovonlik, xotirjamlik baxsh etsin! Aslida, afsuslar bilan kayd etish kerakki, mamlakatda farovondik xam, xotirjamlik xam mavjud emas, biz yakindagina SSJI xalk deputatlarining kurultoynga borib kaytdik, albatta, u erda muxim siyosiy xujjatlar kabul kilindi, biz Kremldan chikib mexmonxonaga etgunga kadar unlab poytaxtliklar, och-yupun kishilar "endi kunimiz qandok utadi?"- deb surashar edi, lekin biron deputat ularning savoliga juyali javob berolgan emas, chunki, kurultoyning uzida xam iktisodiyot masalasida iloji boricha narirok yurildi, odatdagidek safsatabozlik, guruxbozlik kuchaynb ketdi.
Xa, bir vaktlar ulug, namunaviy shaxar bulmish Moskva bugungi kunda ugri, kalangi-kasangi, vijdonsiz luttibozlarning maskaniga aylanib ketdi, odamlar gazabnok, kimsa-kimsa bilan deyarli salomlashmaydi, dukonlardan oddiy gugurtni xam topolmaysiz. Sal ankaysangiz, nainki chuntagingizni, balki ogzingizdagi koplama tishingizni xam urib ketishadi, buning ustiga uz xolicha, bir amallab kun kechirayotgan jumxuriyatlarga malomat toshlarini otadilar.
Ushbu noxush xolatlarga nazar solib uyga tolaman:
Aqcha bersang, oyog'ingii yalaydi bular, rost gap yoqmas, yolg'onlarni qalaydi
bular. Bo'sh qolganda podshosini talaydi bular, beti qursin, bu joylarga, ukam, kela ko'rma.
Birni ko'rib shukur qil, birni ko'rib fikr deganlaridek shundoq xunuk manzaralarni kuzatganimda bizning o'lkamizda har holda bir qadar insof, salgina bo'lsa ham diyonat saqlanib turibdi-ku, deyman: Elimizda nisbatan osoyishtalik mavjudligini, dasturxonimizda har nechuk u-bu narsa borligini gapirishdan
esa iymanadi kishi. Chunki atrofimizni yomon ko'zlar, ochofat nazarlar o'rab olgan.
Shu kunlarda Sovet Ittifoqiga xorjdan xayr-sadaqa jo'natayotirlar, ularning orasi
da iste'molga yaroqsiz don-dun ham bor, bobom zamonidan qolgan konserva ham bor, kiyilaverib poshnasi eyilib ketgan poyabzal ham bor. Bu erdagilar tashlangan sadaqani yutoqib talashib tortishmoqdalar. Lekin hech kim shu mahsulotlarni o'zimiz etishtira qolaylik, demaydi. Usha yoqlardan haligi buyumlarga
qo'shib sal-palgina insofni jo'natsalar kosh kiydi!
Xullas, gapiraversak gap ko'p. Qurultoyning natijalaridan esa xalqimiz yaxshi xabardor. Shu boisdan eshitilgan gaplarni takror eslatib o'tish shart bo'lmasa kerak, deb o'ylayman, biroq shu o'rinda o'zimning shaxsiy mulohazamni aytib o'tmoqchiman, ma'lumki, hozir Ittifoq shartnomasi muhokama qilinayotir. Urta Osiyo va Qozog'iston vakillari shartnoma muhokamasida nihoyatda maqbul fikrlarni o'rtaga tashlashdi. Ya'ni, markazning rejalari jumhuriyatlarning imko-
niyatlaridan kelib chiqib tuzilmog'i shart.
O'zbekcha qilib aytganda, poygakdagi to'rga emas, endi to'rdagi poygakka qarasin. Ishqilib, nima bo'lgan taqdirda ham, bir qopqondan endi chiqaman deb turganda ikkinchisiga ilinmasak bo'lgani. Yangi yilimizning qadami qutlug' kelsin, bir kunmas bir kun egnimiz but, dasturxonimiz to'kin bo'lar, mashharning ham oxiri bor-ku, axir? Eng muhimi, insoniylikni unutmasak bo'lgani;
Bir kun to'kin bo'lar yupqa dasturxon,
Zarbof bo'lmasa ham kiygansan chopon,
Lekin odamlikni unutar bo'lsang.
Ularning barchasi hayf senga inson!
Total words
409
Unique words
354
Annotated anthroponyms
0
Toponyms
0
TTR
0.866
Hapax
326
Distribution
Top frequency chart
Dataset