Keyingi paytda qishloq aholisining ham ko'kragiga biroz shamol tegdi. Buni loaqal qishloq xonadonlarini ichimlik toza suv va tabiiy gaz bilan ta'minlashga dadil qadam qo'yilganidan bilish mumkin. $$Jumhuriyat Prezidenti$$ning qishloq aholisini tabiiy gaz va suv bilan ta'minlashga qaratilgan Farmoni e'lon qilinganidan so'ng ahvol tubdan o'zgardi. Ha, "tub-dan o'zgardi" so'zlarini butun mas'uliyat bilan ta'kidlayapman, nega? Chunki Farmon chiqqunga qadar yil sayin "tizginlangan reja" belgilanar, viloyat hududida 20 kilometr atrofidagina gaz
tarmoqlari bunyod etishga ruxsat berilardi.
Endi ahvol o'zgardi, Prezident Farmonidan so'ng qishloqni gazlashtirish borasidagi xilma-xil rasmiyatchiliklar, qog'ozbozliklarga chek qo'yildi, xo'jalik boshqaruvida erkinlik tartiblari qaror topa boshladi.
Ish yuritishdagi erkinlik ishchanlik, tashabbuskorlikka yo'l ochib beryapti. Misollar keltiray, qishloq Kengashimiz hududida 1700 xonadon bor. Uzoq yillar mobaynida ularning yarmidan sal ko'prog'i gazlashtirildi, shunda ham ming tashvish va yugur-yugurlar bilan bunga erishilgandi. Beruniy nomli jamoa xo'jaligida kayingi oylarda katta o'zgarishlar yuz berdi. Buning boisi bor. Jamoa xo'jaligi boshqaruvidagi erkinlik uddaburonlar, ishbilarmonlarni elga tanitdi, $$O'zbekiston SSJ xalq deputati$$ [R. Rajabov] jamoa xo'jaligi hududidagi qishloq xonadonlarini gazlashtirishda o'z iste'dodini namoyon etdi. Uning xatti-harakati, tashabbuskorligi bilan gaz quvurlari keltirish, yotqizish ishlari yurishib ketdi.
Xalq deputati yolg'iz emasdi, u o'z atrofiga chaqqon, ko'pchilik ishiga bosh qo'shadigan, kishilarni to'pladi. Ishlar jadallashib bordi. Bu harakat o'z natijalarini bera boshladi. Gaz quvurlari tortilgan dastlabki ko'chalardagi xonadonlar "zangori olovidan bahramand bo'lishdi. 1990 yil oxirigacha 180 xonadon gazlashtirildi. Shu tariqa jamoa xo'jaligidagi ko'plab oilalar 1991 yilni uylarida tabiiy gazdan foydalanish bilan nishonlashyapti.
Aytish mumkinki, o'tgan yil armonlarimiz ushalgan qishloqlarimizda gazlashtirish jadallashgan yil bo'ldi yangi yildan ham umidimiz katta, 1991 yilda hududimiz qishloqlaridagi qolgan xonadonlar ham gazlashtiriladi. Loyiha smeta hujjatlari hozirlab qo‘yildi. Uylarni vodoporod suvi bilan ta’minlash rejalari ham ro’yobga chiqadi, deb ishonamiz. Buning uchun xo‘jalik 1.3 million so‘m ajratdi.
Total words
275
Unique words
219
Annotated anthroponyms
1
Toponyms
2
TTR
0.796
Hapax
186
Distribution
Top frequency chart
Dataset