Oʻrtoqlar!
1989 - yilning dekabr oyi katta ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik voqealarga boy boʻldi. 9- dekabr kuni $$KPSS Markaziy Komiteti$$ning Plenumi boʻldi, Plenum $$SSSR xalq deputatlari$$ II siyezdini oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni muhokama qildi. Siyezdning oʻzi 12-dekabrdan 24-dekabrgacha davom etdi va kurash qizgʻin tus olganligi bilan ajralib turdi, unda koʻpgina muhim qarorlar qabul qilindi. $$KPSS Markaziy Komiteti$$ning Plenumi $$Litva Kompartiyasi XX siyezdi$$ning KPSSdan chiqish toʻgʻrisidagi qarori partiyada vujudga keltirgan mislsiz vaziyatni muhokama qilish uchun 25-26- dekabr kunlari yana toʻplanishga majbur boʻldi.
Bu voqealar qayta qurishning yangi burilish bosqichida partiya bilan xalq hayotida yuz berayotgan murakkab, tigʻiz, ziddiyatli jarayonlarning ifodasi boʻldi. Buning ustiga ana shu jarayonlar $$Sharqiy Yevropa$$ mamlakatlarida hamda dunyoning boshqa qit’alaridagi joʻshqin va ba’zan fojiali voqealar bilan bir vaqtda yuz bermoqda.
Shu sababli yuz berayotgan jarayonlarni qizigʻida tahlil etib, undan dastlabki xulosalarni chiqarib olish, tegishli saboq olish qat’iy zaruratga aylandi. Binobarin, favqulodda vaziyatlar taqozo etayotgan dolzarb, shoshilinch vazifalarni belgilab olishimiz kerak.
Mamlakatdagi keskin vaziyatni, siyosiy kurash avj olib borayotganligini hisobga olib, respublika partiya tashkilotining prinsipial pozitsiyasini, $$Oʻzbekiston$$dagi barcha partiya, sovet, xoʻjalik idoralarining, jamoat tashkilotlarining harakat programmasini aniqlab olish, barcha sogʻlom kuchlarni dolzarb vazifalarni hal etish uchun jipslashtirish va safarbar etish zarur.
Siyezdda boʻlib oʻtgan qizgʻin munozaralar va siyezd qabul qilgan hujjatlar mazmunini takrorlashga hojat yoʻq. Siyezdning qanday oʻtayotganligi televideniye va radio orqali koʻrsatildi va eshittirildi, stenografiya hisoboti “Izvestiya”da e’lon qilindi, ommaviy axborot vositalari siyezd ishini batafsil yoritdilar va hozir ham keng sharhlamoqdalar. Xullas, siyezdning qanday oʻtganligi yaxshi ma’lum.
II siyezd qayta qurish yoʻlidagi yangi muhim qadam, bundan buyongi tub oʻzgartishlar va jamiyatimizni yangilash sari shiddatli yurish boʻldi. Lekin u ana shu yoʻldagi juda katta qiyinchiliklarni, chigalliklarni, jiddiy xavf-hatarlarni ham yanada yaqqol koʻrsatdi.
Shuning uchun ham bunday qattiq munozaralar nima uchun yuz berganligini, qanday kuchlar qanday manfaatlarni koʻzlab harakat qilganligini, yuzaki qaraganda rasmiy masalalar, xatto ish tartibi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan siyezdda avj olgan u yoki bu qizgʻin dahanaki janglarning mohiyati qandayligini tushunib yetish muhimdir. Bularning hammasi hozir va kelgusida qanday oqibatlarga olib kelishini anglab yetish kerak.
Jamiyatimiz qiyin davrni boshidan kechirmoqda, qayta qurish qiyinchilik bilan bormoqda. Hozirgi paytda hayotning oʻzi har bir sovet kishisining oldiga qanday dasturni tutish, kim bilan va qayoqqa borish, kimning shiorlarini qoʻllab-quvvatlash, nima uchun kurash olib borishni tanlab olish zaruratini qoʻymoqda. Voqealarning bundan buyongi rivoji qanday borishini: tanlab olingan sotsialistik negizda qayta qurish va yangilashning qiyin va birdan bir toʻgʻri yoʻlidan boradimi yoki ba’zi birovlar taklif etayotganidek, yuksalishning azob-uqubatli yoʻlini qaytadan boshlash uchun, koʻp avlodlarning qoni va peshona teri hisobiga qoʻlga kiritilgan yutuqlarni oʻchirib tashlash orqaga, kapitalizm manbalariga qaytish kerakmi – buni har bir kishining ayni shaxsiy pozitsiyasi belgilab beradi.
Boshqa yoʻl yoʻq. hozir har bir kishi oʻz yoʻlini tanlab olishi lozim. Mavhumlikni, qat’iyatsizlikni hayotning oʻzi rad etmoqda. Hayoot kutib turishga, kimlarningdir orqasiga yashirinishga, obroʻli kishilar, eski aqidalar, siyqa tsitatalar va shiorlar orqasiga yashirinishga har qanday urinishlarni rad etmoqda. Ular ayniqsa kommunistlar uchun, hokimiyatga va odamlarning ishonchiga sazovor boʻlgan rahbarlar uchun yaroqsizdir.
Hozirgi vaqtda eng asosiy talab hamma uchun va har bir kishi uchun daxldor boʻlgan barcha dolzarb muammolarni toʻla toʻkis bilish va shu muammolar yuzasidan oʻz fikriga ega boʻlishdan, ularga nisbatan oʻz pozitsiyasini aniq belgilab olib, uni qat’iyat bilan amalga oshirishdan iborat.
Gap eng avvalo jamiyatimiz turmushida, qayta qurishga rahbarlik qilishda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining tutgan oʻrni va roli haqida bormoqda.
Siyezd kun tartibiga SSSR Konstitutsiyasining 6-moddasini muhokama qilishni kiritish yoki kiritmaslik toʻgʻrisidagi masala jamoatchilikda eng keng fikr uygʻotdi va bu fikrlar turlicha boʻldi. SSSR Oliy Soveti majlislarida boshlangan bu qizgʻin bahslarning sababi nimada?
Axir biz hammamiz jamiyatimizda partiyaning obroʻsi va rahnamolik mavqei rasmiy yozuvlar yoki deklaratsiyalar bilan belgilanmasligini, balki mamlakatning va har bir regionning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy – madaniy va gʻoyaviy – ma’naviy turmushida partiya tashkilotlari va partiya komitetlari tutgan muhim amaliy oʻrni bilan belgilanishiga hammamiz qoʻshilamiz.
Partiya oʻzining rahnamolik oʻrnini eng avvalo oʻzining gʻoyaviy pozitsiyalari bilan, bu pozitsiyalarni amalga oshirish qobiliyati bilan, oʻrtaga qoʻyilgan maqsadlarga erishishni koʻzlab odamlarni ishontirish va jalb etish, jipslashtirish mahorati bilan, oʻzining ma’naviy nufuzi bilan qoʻlga kiritadi. Shu sababli buni Asosiy Qonunga yozib qoʻyish shu qadar zarurmi, aytmoqchi 1977 – yilgacha amal qilib kelgan $$SSSR Konstitutsiya$$larida bunday yozuv yoʻq edi-ku?
Masalaning mohiyatini bilmagan kishi bu yerda gap partiya bilan mamlakat boshidan kechirayotgan davrning mohiyati va murakkabligi haqida borayotganligini anglab olishi qiyin. Partiya qayta qurishni boshlab berib uni yoʻnaltirib, jamiyatimizning siyosiy strukturasida va iqtisodiy sistemasida tub oʻzgarishlarni amalga oshirmoqda. Bu oʻzgarishkar haqiqatdan ham Sovetlarning toʻla xalq hokimiyatini ta’minlashga, partiya, sovet va xoʻjalik idoralarining oʻzini oʻzi boshqarishi va iqtsodiy mustaqillikka oʻtishiga qaratilgan.
Lekin ana shu murakkab oʻzgarishlarning mehanizmlari hali hozircha puxtalashtirilgani yoʻq, Sovetlarda esa toʻla oʻzini oʻzi boshqarish ni taminlaydigan struktura tuzilmagan, respublikalar va regionlarning dastlabki iqtisodiy va ijtimoiy darajasidagi nozik tafovutlar aniqlanmagan, respublikalar va regionlarning, xoʻjalik hisobiga oʻtkazilishi ularning orasidagi bu tafovutlarni chuqurlashtiradi xolos.
Umuman mamlakatda va ayrim respublikalarda yuz berayotgan moliyaviy ahvolni olib koʻraylik. Misol uchun olganda $$Boltiqboʻyi$$dagi barcha respublikalarda xalq xoʻjaligida tarkib topgan struktura va narx siyosati tufayli daromadlar harajatlardan koʻp boʻlsa va daromadning ana shu ortiqcha qismidan oʻz ehtiyoji uchun foydalanish imkoniyati boʻlsa, $$Oʻzbekiston SSR$$da esa tramoqlardagi nomutanosiblik va buzilishlar, narx belgilash iqtisodiy mexanizmining buzilishi oqibatida respublika byujetidagi kamomad yildan – yilga koʻpayib borayotgan boʻlsa, byujetning sarf- xarajatlar qismini qoplash uchun Ittifoq byujetidan mablagʻ muntazam jalb etilyotgan boʻlsa, ittifoqdosh respublikalarning xoʻjalik hisobiga oʻtishi chogʻida ularning dastlabki pozitsiyalari tengligi haqida qanday gap boʻlishi mumkin. Qayta qurish odamlarning daromadlar va turmush darajasi jihatidan ijtimoiy tabaqalashganligini koʻrsatgan boʻlsa, korxonalarning xoʻjalik jihatidan mustaqilligini ta’minlashga, kooperativlar tuzishga doir dastlabki qadamlar esa bu ijtimoiy tabaqalanishni kuchaytirdi. Millatlar aro munosabatlar keskinlashdi, bu sohadagi muammolar turgʻunlik yillarida zoʻr berib yarishib kelingan edi.
Ana shunday sharoitda koʻp millatli mamlakatimizdagi barcha sinflar va xalqning ijtimoiy tabaqalari, barcha millatlar va elatlar vakillarini oʻz saflarida birlashtirgan partiyagina jamiyatni ijtimoiy va milliy belgilariga qarab ajlarib ketishdan saqlab turgan birdan – bir jipslashtiruvchi kuchdir. Hozirgi paytda partiya barqarorlikning bosh omili, sotsializmga qarshi kuchlar yoʻlidagi asosiy gʻovdir. Shuning uchun ham partiyaga qarshi keng hujum qilinmoqda.
Konstitutsiyaning 6- moddasi ijtimoiy-siyosiy tashabbusni partiya qoʻlidan tortib olish, oldin uni siyosiy maydonning bir qismini boʻshatib berishga majbur qilish, keyinchalik esa uni siyosiy maydondan butunlay chetga surib qoʻyish, jamiyatimizni boshqa, nosotsialistik yoʻlga burib yuborish uchun bahona xolos. Shuning uchun ham muholiflarimiz shoshilishmoqda. Ular uchun partiya tashabbusi bilan boshlangan qayta qurish eng qiyin, burilish tusidagi bosqichni boshidan kechirayotganda, hali u iqtisodiy sohada va ayniqsa ijtimoiy sohada real natija bermay turib, 6- moddani mumkin qadar tezroq chiqarib tashlash juda muhimdir. Buning uchun partiya rahbarligidagi ayrim davrlar va xatolar shunchaki tanqid qilinmadi, balki umuman partiyani, uning butun faoliyatini qora qilib koʻrsatish va obroʻsizlantirish uchun toʻgʻridan - toʻgʻri hujum qilindi. SSSR Konstitutsiyasining 6-moddasi toʻgʻrisidagi butunlay qonunga muvofiqdek koʻringan munozara zamirida amalda ana shular yashiringan edi.
Bu kun tartibidagi boshqa masalalarga ham toʻla-toʻkis taalluqlidir. Masalan, regionlararo deputatlar gruppasi tomonidan faol qoʻllab – quvvatlangan Boltiqboʻyi respublikalari deputatlari $$SSSR$$da konstitutsion nazorat toʻgʻrisidagi masala muhakama qilinmasdan oldin 1939 – yilgi $$Sovet – Germaniya shartnomasi$$ni ([Molotov – Ribben]tron bitimi deb atalgan shartnomani) oʻrganish va baholash komissiyasining xulosasini eshitishni taklif qildilar. Kun tartibiga bunday oʻzgartish kiritishning mohiyati nimada?
Shartnomani tashqi siyosiy prinsiplarimiz va siyezd tommonidan berilgan gʻoyaviy – siyosiy pozitsiyadan kelib chiqib mohokama qilish Boltiqboʻyi respublikalarining $$Sovet Ittifoqi sostavi$$ga kirishining Konstitutsiyaga muvofiqligini tagʻin ham qattiqroq qilib shubha ostiga olish imkonini bergan boʻlur edi. Binobarin, konstitutsion nazorat gʻoyasining oʻzini rad etishga imkoniyat bergan boʻlur edi.
Bu esa, oʻz navbatdida, shunga olib kelar ediki, Sovet federatsiyasi qayta tuzilayotgan, yangi mazmun bilan toʻldirilayotgan hozirgi paytda, ittifoqdosh respublikalar bilan markaz oʻrtasidagi vakolatlar qaytadan taqsimlanayotgan hozirgi paytda biz davlat qurilishining juda murakkab muammolarini hamda juda koʻp nizolarni koʻrib chiqish va hal etish vositasidan mahrum etilgan boʻlur edik.
Bu esa ittifoqimizni parchalab tashlashga, uni milliy xonadonlarga ajratib yuborishga, davlatimiz negizlariga putr yetkazishga urinayotgan kishilarga kerak.
$$Siyezd$$ kun tartibidagi deyarli har bir masalaga doir bahslar ortida oshkora va yashirin sabablar bor edi. $$Oliy Sovet$$ tavsiya etgan kun tartibini himoya qilish uchun butun bir ish kunini sarflashga toʻgʻri keldi.
Bu ahvol koʻplarning gʻashiga tegmoqda, koʻp odamlar esa buni vaqtni behuda oʻtkazish deb hisoblashmoqda. Lekin koʻpchilik ovozni ta’minlash uchun ikkilanayotgan deputatlarni ishontirish, kiritilayotgan u yoki bu taklifning haqiqiy mohiyatini koʻrsatib berish kerak edi. Eng muhimi esa byurokrat amaldorlar bilan erkin fikrlovchi radikallar oʻrtasida bahs bormayotganligini, bali sotsializmning, ijtimoiy – davlat tuzumimizning asosiy printsiplarini saqlab qolish uchun chinakam jang borayotganligini butun xalqqa koʻrsatib berish kerak edi.
Bu jang iqtisodiyotni sogʻlomlashtirish tadbirlari, iqtisodiy islohotning bosqichlari va oʻn uchinchi besh yillik planini ishlab chiqishga printsipial yondashuvlar toʻgʻrisidagi hukumat programmasini muhokama qilish chogʻida juda yaqqol namoyon boʻldi. [N.I. Rijkov] dokladidagi asosiy qoidalarni olib koʻraylik. Nima, ular yetarli darajada teran emasmi? Aksincha. Masalan, bizning respublikamizdagi koʻpchilik deputatlarda ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik shakllarini xususiylashtirish yuzasidan hukumat belgilayotgan tadbirlar: kelgusi besh yillikda davlat mulki salmogʻini 30 prosentgacha kamaytirish, qolgan qismini aktsionerlik jamiyatlariga, kooperativlarga va shaxsiy foydalanishga mulk qilib berish va shu yoʻl bilan davlat mulkining ustun ahamiyatini tugatish shubha tugʻdirmoqda.
Programmaning konkret tadbirlari yuzasidan bahslashish mumkin va kerakk. Bu oʻrinda eng muhimi- quyiga ogʻib ketishni qanchalik tezroq va samaraliroq toʻxtatish va odamlarning asosiy hayotiy ehtiyojlarini qanoatlantirishni real tarzda yexshilash – oziq- ovqat mahsulotlari bilan, xalq iste’moli mollari, uy-joy, ijtimoiy, madaniy – maishiy sohaning eng oddiy obyektlari bilan ta’minlashdan iborat. Pulning qadrsizlanishiga qarshi kurash, odamlarning turmush darajasini barqaror qilish juda oʻtkir masaladir. Koʻp deputatlar, jumladan respublikamizdan saylangan deputatlar shu haqida gapirdilar. Bu xususda hukumatni tanqid qilishga arziydigan ishlar bor, juda koʻp amaliy takliflar kiritldi, ular hukumat programmasini uzil – kesil tahrir qilish chogʻida hisobga olindi.
Mamlakatimizdagi barcha xalq deputatlari kabi $$Oʻzbekiston$$ deputatlari ham siyezdda faol va sobitqadamlik bilan ish olib bordilar. Deputatlar parlament faoliyati maktabidan oʻtib, birinchi siyezddagi oʻz ishlaridan saboq chiqarib oldilar, jumladan saylovchilar ham birinchii siyezddagi ishlari uchun deputatlarimizga koʻp ta’nalar aytgan edilar. Shuning uchun ham siyezd arafasida deputatlar oldin Toshkentda, soʻngra esa 11- dekabrda Moskvada butun sostav bilan toʻplanib, toʻla oshkoralik va roʻy- rostlik sharoitida ham mamlakat uchun umumiy hisoblangan, ham respublikamiz uchun oʻziga mos asosiy muammolarni muhokama qildilar. Deputatlarning fikrlari va pozitsiyalari ularning shaxsiy e’tiqodiga, shuningdek saylovchilarning nakazlariga muvofiq turlicha boʻlishiga qaramay, siyezd kun tartibidagi asosiy masalalar yuzasidan umumiy pozitsiyalar toʻgʻrisida printsip jihatidan kelishib olindi.
$$Oʻzbekiston$$dan saylangan barcha xalq deputatlarini birlashtirib turgan asosiy narsa – respublika pozitsiyasini himoya qilishga, respublika iqtisodiyoti va mehnatkashlarning turmushi qanday ogʻir ahvolga tushib qolganligini butun mamlakatga koʻrsatib berish, agar amalga oshirilmasa ahvolni oʻnglash mumkin boʻlmaydigan talablarni aytish ehtirosli muddaosi edi.
Shu maqsadda $$Oʻzbekiston SSR$$ deputatlarining barcha xalq deputatlariga va ikkinchi siyezd qatnashchilariga murojaatnomasi tayyorlandi va tarqatildi. Bunday yoʻl tutish deputatlarga siyezd ishining barcha sohalarida samarali ishtirok etishga imkon berdi. Respublikaning 17 vakili siyezd ishchi organlari – prezidium, sekretariat, tahrir komissiyasi va boshqa komissiyalar sostaviga saylandi. Ularning faoliyati televizorlarning ekranlarida koʻrsatilmadi, lekin bu ishga daxldor boʻlgan kishilarning hammasi ular eng muhim davlat qarorlari ustida ish olib borib, naqadar gʻayrat bilan, ba’zan esa yarim kechagacha ishlaganliklarini biladilar.
Siyezdda, sektsiyalarning majlislarida, shuningdek qarorlar qabul qilish chogʻida ovoz berish sabablari xususida respublikadan 26 deputat soʻzga chiqdi. Muzokaraga yozilgan, lekin soʻz berilmagan yana 3 ta deputat oʻz nutqi matnini siyezd stenogrammasiga kiritish uchun topshirdi. Respublika vakillari siyezd prezidiumi va sekretariati nomiga, shuningdek bevosita hukumatga va boshqa Ittifoq idoralariga oʻnlab deputat soʻrovlari berdilar.
Deputatlarimizning $$SSSR Ministrlar Soveti$$ning Raisi [N.I. Rijkov] bilan uchrashib, suhbatlashgani alohida ahamiyatga ega boʻldi. Suhbatda 30 ga yaqin vakilimiz qatnashdi. Boshqa biror respublika deputatlari regionni rivojlantirishning eng oʻtkir ijtimoiy – iqtisodiy muammolarini bunday yuqori darajada muhokama qila olmadilar.
Suhbatning mazmuni va u qanday tusda oʻtganligi toʻgʻrisida markaziy matbuot umumiy tarzda xabar qildi, bu haqda oʻsha kunning oʻzidayot “Vremya” programmasi xabar berdi. Ba’zi deputatlarimiz respublika ommaviy axborot vositalarida, $$Moskva$$dan qaytib kelganlaridan soʻng yurtdoshlari va mehnat kollektivlari bilan uchrashuvlarda oʻz taassurotlarini soʻzlab berdilar. Respublikaning eng dolzarb masalalariga hukumat boshligʻI qanday ishchanlik bilan va amaliy yondashganligini respublikamizdagi barcha mehnatkashlarga yetkazish uchun juda koʻp ish qilish kerak. Buni keng jamoatchilikka yetkazish uchun ommaviy – axborot vositalarini, ideologiya sohasidagi faollarni jalb etish lozim.
Buning ustiga oradan bir necha kun oʻtgach, [N. I. Rijkov] ana shu kengash yakunlariga doir protokolni imzoladi. Bu respublika uchun juda muhim boʻlgan hujjatdir, ushbu hujjat qishloq xoʻjalik mahsulotiga, jumladan paxtaga va pillaga xolisona, asoslangan xarid narxlari belgilashdek printsipial muammolarni hal etish uchun zarur zamin yaratadi. Tegishli Ittifoq organlariga quyidagi topshiriqlar berildi:
- Uchrashuvda qoʻyilgan masala – paxta tolasiga davlat buyurtmasi
toʻgʻrisidagi, respublikadan kunjara va taxtakunjara (shrot) tashib ketish hajmlarini kamaytirish, shuningdek chorva moli boqish uchun yaroqli boʻlgan paxta shulxasidan texnikaviy ehtiyojlar uchun foydalanishni kamaytirish masalasini koʻrib chiqish;
- Shoʻr zovur suvlarini chiqarib tashlash uchun bosh kollektorlar
qurilishining texnikaviy - iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va tasdiqlashda zarur yordam koʻrsatish;
- Paxta tolasi resurslaridan foydalanishni yaxshilash va mehnatga layoqatli
aholini ish bilan band etishni oshirish maqsadida respublikada yengil sanoat korxonalarini jadal rivojlantirish uchun choralar loʻrish;
- Ayollar, oila ahvolini, onalar va bolalarni muhofaza etishni yaxshilash
masalalarini diqqat – e’tibor bian oʻrganib chiqish va markaziy iqtisodiy organlar va $$Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti$$ bilan kelishib olib shu masala xususida tadbirlar ishlab chiqish, bu tadbirlarni 1991- 1995 yillar planida hisobga olish va boshqa koʻpgina masalalar tilga olingan.
Oziq – ovqatning ayrim turlari boʻyicha, jumladan yangi yilning birinchi
kvartalida qoʻshimcha tarzda fondlar ajratish toʻgʻrisida deputatlarimiz oʻrtaga qoʻygan masala ijoybiy hal etildi.
Masalani shu qadar tez va ishchanlik bilan hal etishni respublikamiz hukumati
va boshqa xoʻjalik idoralari oʻrgansalar yomon boʻlmasdi. Endi koʻp narsa oʻzimizga bogʻliq: biz oʻz takliflarimizni asoslab va isbotlab berishimiz kerak. Lekin shu narsa ravshanki, partiya, mamlakat hukumati muammolarimizni tushunib turibdilar va istaklarimizni e’tiborga olmoqdalar.
Ammo siyezddagi keskin vaziyatni faqat ishga doir ana shunday mulohazalar
belgilab bergani yoʻq. mamlakat va qayta qurish taqdiri uchun, sotsializm muammolari taqdiri uchun hayotiy muhim boʻlgan masalalarni hal etish yoʻllarini amaliy qidirish hamisha siyezdning oʻzidagi vaziyatni ham, butun jamiyat (jamiyat esa siyezd ishini diqqat - e’tibor bilan kuzatib bordi) dagi vaziyatni ham beqarorlashtirishga urinayotgan kuchlarning katta toʻsigʻiga duch kelaverdi. Zaldagi bellashuvlarning aks sadosi bir lahzada mamlakatning eng olis burchaklarigacha yetib borib vaziyatni keskinlashtirardi.
Ayrim deputatlarning nutqlarida siyosiy va iqtisodiy islohotlarning yetilgan
muammolarini hal etish yoʻllarini qidirishga, millatlararo munosabatlarda murosaga kelishga durust e’tibor berilmadi. Ha, bunday boʻlmadi, sotsializmning, siyosiy tuzumimizning fundamental asoslaridan voz kechish haqida toʻgʻridan - toʻgʻri va dangal gapirildi, sotsialistik qurilish kezida bunyod etilgan butun imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi masala qat’iyat bilan oʻrtaga qoʻyilaverdi.
Regionlararo guruh a’zolari boʻlgan bir qancha deputatlarning siyezdda
rasmiy tarzda tarqatgan bayonoti shu jihatdan diqqatga molikdir. Ushbu bayonotda ochiqdan ochiq, koʻpincha keskin shaklda jamiyatimizning barcha asosiy printsiplariga hujum qilingan. Roʻyrost sotsializmdan voz kechish zarurligi, orqaga, kapitalizmga qaytish kerakligi e’lon qilindi. Kommunistik partiyaning avangardlik roli batamom inkor qilingan. Turli norasmiy harakatlarning hokimiyatni egallab olishga intilishi toʻgʻrisida gapirilgan. Qayta qurish inkor etilgan, butun ijtimoiy imoratimizni batamom buzib tashlashga da’vat mavjud. Ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik e’lon qilingan. $$KPSS Markaziy Kommiteti$$ning 1989- yil sentyabr Plenumida ishlab chiqilgan milliy siyosat batamom rad qilingan, $$SSSR$$ yagona koʻp millatli davlat sifatida inqirozga uchradi, deyilgan.
Siyosiy jihatdan ahamiyatga molik koʻpgina masalalar ovozga qoʻyilayotganda
sodir boʻlgan keskin vaziyat shundan dalolat berib turibdiki, soxta inqilobiy iboralar siyosatda koʻzi pishmagan ayrim deputatlarga ta’sir oʻtkazmoqda.
Aytilganlardan quyidagi asosiy xulosalarni chiqarish mumkin. Siyezdda va jamiyatda kuchlarning tabaqalanishi yana ham avj oldi. Qayta qurishni roʻkach qilib safsatabozlik qilishdek niqob uloqtirib tashlandi. Ijtimoiy tuzumga qarshi boʻlgan kuchlar partiyaga, sotsializmga, tuzumimizga bevosita hujumga oʻtdilar. Buning uchun barcha vositalar – partiya va xalqning oʻtmishi va bugunini yalpisiga qoralashdan tortib ochiqdan – ochiq dagʻdagʻa va qattiq talabnomalardan foydalanilmoqda.
Siyezdda 9 – dekabr kuni Plenumda belgilab chiqilgan siyosiy yoʻlni
oʻtkazishga muvaffaq boʻlindi. Ammo siyezd chogʻida partiya boʻlindi – $$KPSSdan Litva Kompartiyasi$$ ajrab chiqdi. Agar bu jarayon toʻxtatib qolinmasa, bu siyosiy kuchlarning joylashuvini oʻzgartirishi va oqibatda SSR Ittifoqining tarqalib ketishiga olib kelishi mumkin.
Hozir kuchlarning joylashuvi quyidagichadir.
1. Partiya pozitsiyalarida mustahkam turgan va partiya yoʻlini sobidqadamlik bilan oʻtkazayotgan deputatlar.
2. Sotsializmga dushman boʻlgan kuchlar, ular qayta qurish toʻlqinida safsatabozlik evaziga ishonch qozondilar, endilikda esa niqobni uloqtirib tashlab, partiyaga qarshi, sotsializmga qarshi pozitsiyada turib ochiq- oydin harakat qilmoqdalar.
3. Siyosiy jihatdan tajribasiz boʻlgan, aksariat ikkilanayotgan kishilar, ular partiyaga ishonadilar. Ammo bularni shartaki safsatabozlik oʻz domiga tortishi mumkin. Bu kishilarning ovozi hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Ularning koʻpchiligi hozir partiya bilan hamnafasdir. Xalqning jigarbandi boʻlgan bu kishilar siyezd zaliga xalq koʻnglida nish urgan sabrsizlik va norozilik kayfiyatlarini olib kelmoqdalar.
Dushmanlarimiz xuddi ana shu kayfiyatlarni hisobga olib, goho toʻla tekischilik haqidagi gaplarni, goho daromadlarni qayta taqsimlash toʻgʻrisidagi gʻoyalarni oʻrtaga qoʻymoqdalarki, bundan maqsad odamlarning noroziligini partiya, sovet davlat apparatiga qarshi ishlatishdir, bunda: aholini oziq-ovqat va risoladagidek hayot kechirish uchun zarur boʻlgan boshqa narsalar bilan ta’minlash ishidagi ahvol nechogʻlik yomon boʻlsa, shuncha yaxshi, degan printsipga amal qilinmoqda. Nima uchun bunday qilishmoqda? Buning boisi shundaki, bugungi qiyinchiliklar, iste’mol bozoridagi ahvolning yomonlashuvi sababli odamlarning noroziligi va qahri, avvalo, markaz va joylardagi partiya, sovet organlariga qarshi qaratiladi. Buning uchun esa, asosan, partiya komitetlarining javob berishlariga toʻgʻri keladi. Demak, sotsializmga qarshi va partiyaga qarshi boʻlgan barcha kuchlar ana shunday makrli siyosatni oʻtkazishayotgan ekan., bir qancha maqsadlarni: qiyinchiliklarni roʻkach qilib, vaziyatni beqarorlashtirish, odamlarni partiyaga va sovet organlariga qarshi qoʻyishni, bu organlarni badnom etib, obroʻsini tushirishni va shu yoʻsinda siyosiy hokimiyatni qoʻlga kiritishni moʻljallamoqdalar.
Agar bu kurashning birinchi bosqichida siyosiy shiorlar umuman tilga olinmagan va gap asosan tarix, til va madaniyatni himoya qilish, ma'naviy qadriyatlarni tarbiyalash va tiklash, xalqing an'analari va urf-odatlarini tiklash haqida borgan boʻlsa, hozir bularning hammasi nariroq surib qoʻyildi. Ilgari sir boʻlib turgan narsa oshkor boʻlib qoldi. Endilikda siyosiy shiorlar va safsatabozlik bilan oldinga chiqib olishga zoʻr berib intilish istagi, biron bir amaliy taklifni taqdim etmay tanqid va tanqidbozlik bilan puch obroʻ orttirish va oqibatda hokimiyatni, kichikroq boʻlsa ham hokimiyatni qoʻlga kiritish birinchi oʻringga chiqmoqda.
Shuning uchun ham tarixning tub burilish davrida partiyaning birligi va jipsligi bizga bamisoli havodek zarurdir, ha, partiya 1985-yilda qayta qurishni e'lon qildi va qayta qurishni boshladi, xuddi ana shu qayta qurishni turmushning chuqur qatlamlariga kirib boradigan murakkab va mashaqqatli oʻzgartishlar yoʻlidan olib bormoqda. Ana shu nihoyatda ogʻir tarixiy yoʻlda u soʻldan ham, oʻngdan ham tazyiqqa uchramoqda. Faqat birlik, jipslik, sabr - matonatgina bardosh berishga yordamlashi mumkin. Lenincha ilmiy loyihadan qoʻpol tarzi chetlashib bunyod etilgan umumiy xonadonimizni kapital remont qilish uchun bahamjihat harakatlar va yagona reja kerak. Aks holda bu uy qulab ketishi mumkin.
Ana shuni hisobga olib, KPSS Markaziy komitetining 25-26- dekabr kunlari boʻlib oʻtgan Plenumi Litva Kompartiyasi siyezdining KPSSdan ajralib chiqish toʻgʻrisidagi va oʻz programmasi va ustaviga ega boʻlgan mustaqil partiya tuzish toʻgʻrisidagi qaroriga ajralish deb, qayta qurishni barbod etish deb aniq- ravshan baho berdi.
[M. S. Gorbachev] dokladida partiya tarixidagi misli koʻrilmagan ana shu hodisa batafsil tahlil qilindi va baholab berildi. Bunga ilova qilib shuni aytish mumkinki, $$Litva Kompartiyasi Markaziy Komiteti$$ning siyezdga hisobot dokladida, siyezd qabul qilgan programma va ustavda, maqom toʻgʻrisidagi qarorda, yoshlarga murojaatnomada va boshqa hujjatlarda “Litvaga munosib” alohida sotsializm toʻgʻridan-toʻgʻri va oshkora e'lon qilingan, sotsialistik qurilishning oʻtmishdagi butun tarixi qoloq rivojlanmagan mamlakatning “halokatli praktikasi” deb qoralangan partiyaning rahbarlik roʻli inkor qilingan. $$Litva Kompartiyasi siyezdi$$ aslida sinfiy pozitsiyalardan chekindi. “Biror- bir sinfning afzalligi”dan voz kechdi. Biror-bir cheklashlarsiz xususiy mulkchilik va bozor ekonomiyasiga oʻtish e'lon qilindi. KPSS bilan “Teng huquqli sherikchilik munosabatlari” ham, Sovet Ittifoqidagi boshqa respublikalar bilan iqtisodiy munosabatlar ham bir qancha shartlarga bogʻliq qilib qoʻyilmoqda. Partiyaning “litvaliklarning manfaatlarini aks ettirmagan va himoya qilmagan” lenincha milliy siyosati batamom rad etiladi. Boʻlinmas Litva davlati e'lon qilinadi.
$$KPSS Markaziy Komiteti Plenumi$$dagi nutqlarda turlicha takliflar aytildi, ammo hozircha uzil-kesil qaror qabul qilinmagan. Sizga ma'lumki, Penum oʻz ishini yakunlagani yoʻq. Plenum Siyosiy byuro a’zolariga, $$Markaziy Komitet sekretarlari$$ga $$Litva$$ga joʻnab ketishini, boshlangʻich tashkilotlarda, partiya komitetlarida kommunistlar bilan vaziyatni muhokama qilishni topshirdi. $$KPSS Markaziy Komiteti Bosh sekretari$$ [M.S. Gorbachev]ning Litvaga borishi ham maqsadga muvofiq, deb topildi. Shundan keyin Plenum oʻz ishini davom ettiradi va qaror qabul qiladi.
$$Litva Kompartiyasi$$da sodir boʻlgan voqeani toʻsatdan roʻy bergan yakka- yolgʻiz hodisa debgina qaramasdan, balki soʻnggi vaqtda sodir boʻlgan va olis maqsadni koʻzlagan ayrim zararli tendentsiyalarni eng oxirgi, lekin bir-biri bilan bogʻliq koʻrinishi deb qaramoq kerak. Plenumda partiyaga keng koʻlamda hujum boshlangani va uning obroʻsini mustahkamlash zarurligi haqida gapirildi. Koʻp partiya komitetlari va tashkilotlarining bundan buyongi passivligiga toqat qilib boʻlmaydi va bu passivlik xavflidir, deb qat'iyan ta'kidlandi. Partiyadagi qayta qurish jamiyatda roʻy berayotgan jarayonlardan orqada qolmasligi kerak. Ma'lumki, shu masalalar va partiya faoliyatining boshqa eng muhim masalalari va $$KPSS XXVIII siyezdi$$ga qanday tayyorgarlik koʻrilayotganini Markaziy Komitetning 1990- yil yanvar oyida boʻladigan Plenumida muhokama qilish moʻjallanmoqda.
Eng muhim shundaki, qayta qurish boshlanganida partiya olgan ishonch yorligʻining muddati tugab qoldi. Endilikda ana shu yorliqqa koʻra javob beradigan vaqt keldi. Xalq, mehnatkashlar, aholining kam ta'minlangan tabaqalari qayta qurishning hozircha kamroq boʻlsa ham, hozircha boshlamasi boʻlsa ham ammo uning real ijobiy natijalarini his etishlari kerak. Buning yagona va soʻnggi muddati yangi 1990- yildir.
Qilinishi lozim boʻlgan birinchi yumush – odamga hamkor boʻlishdir. Moddiy boyliklarni yaratayotgan ishchi va injener; mamlakatni toʻydirayotgan hamda kiyintirayotgan dehqon va agronom; turmushning yangi sifati sari yoʻlimizning imkoniyatlarini zakovat qudrati bilan oshirayotgan olim va tadqiqotchilar bilan hamkor boʻlishi lozim. Hozir amal – taqal qilib tirikchilik qilayotgan koʻp bolali onalar, pensionerlar va nogironlar, aholining jami kam ta'minlangan tabaqalari ehtiyojlari va oʻy-tashvishlariga sherik boʻlish lozim. Qariyalar, veteranlar, muhtaram oqsoqollarning necha oʻn yillar mobaynida orttirilgan, orttirilgan donoligidan bahra olaylik; ular ogʻir hayot yoʻlini bosib oʻtdilar, biz bugun ega boʻlgan barcha boyliklar ularning mehnat va kurash samarasidir. Buning uchun ular koʻp aziyat chekishkan. Yoshlarning orzu-umidlarini tushunib olishga harakat qilaylik; ular hozirning oʻzidayoq jamiyat hayotining barcha sohalaridagi ishlar ahvolini va ijtimoiy muhitni koʻp jihatdan belgilab bermoqdalar, ertaga esa mamlakat taqdiri, sotsializm taqdiri uchun gʻamxoʻrlik va mas'uliyat shu yoshlarning zimmasiga tushadi.
Bugun xalq boshiga tushgan barcha qiyinchiliklarni oʻz qiyinchiligi deb tushunib, xalqning orzu-umidlarini koʻngliga yaqin olib, norozilik va sabrsizlik bilan kutilayotgan va nihoyat roʻyobga chiqishi lozim boʻlgan orzu-umidlarining sabablarini xolisona aql-idrok bilan faxmlab, shundagina odamlarning xayrixohligi va madadiga umid bogʻlash mumkin. Ular bilan birgalikda kelajak yoʻlni izlash, insoniyat sivilizatsiyasi va taraqqiyoti yoʻlida muqarrar boʻlgan qiyinchiliklarni ijtimoiy larzalarsiz bartaraf etish lozim.
Faqat shunday xodimlargina endilikda rahbarlik lavozimlarida ishlashlari, faqat shunday xodimlargina respublika $$Oliy Soveti$$ va $$Mahalliy Sovet$$larga boʻlajak saylovda saylovchilarning madadiga umid bogʻlashlari mumkin. Xalq faqat shunday kishilargagina ergashadi.
Afsuski, respublikadagi koʻpgina partiya, sovet va xoʻjalik organlari rahbarlariga omma bilan hamnafaslik yetishmayapti. Shu boisdan ham partiya tashkilotlarining, siyosiy hayot maydoniga chiqqan jami ijtimoiy kuchlarining birinchi navbatdagi vazifasi jamiyatning barcha ijtimoiy tashkilotlari va siyosiy sistemaning jami boʻgʻinlaridagi rahbarlik lavozimalariga xalq bilan mustahkam aloqada boʻlgan, uning orzu-oʻylarini oʻz orzu-oʻylari deb bilayotgan, yangicha fikrlashga, kollektiv aql-idrok va keng mehnatkashlar ommasining kollektiv xohish-irodasiga asoslanadigan yangicha yondashuvlar va yangi qarorlarga hamqadam boʻlgan yangi iste'dodli kuchlarni aniqlash va qoʻyishdan iborat.
Bu oʻrinda oblastlar shaharlar va rayonlardagi rahbar kadrlari mizga, rasmiy yoki norasmiy tashkilotlarga mansubligidan qat'iy nazar, xalqning taqdiri uchun jonkuyar boʻlgan barcha halol kishilarga hamkorlik uchun yoʻl ochish zarurligi, birgalikda ishlashga jalb etish kerakligi, tegishli lavozimlarga tayinlash lozimligi haqida yana bir karra eslatib oʻtishga toʻgʻri keladi. Faqat shu yoʻl bilangina barcha sogʻlom kishilarni jipslashtirish mumkin.
Jamiyatimiz endilikda shunday bir nozik chegaraga kelib taqaldiki bu vaziyat bizning ham zimmamizga hozirning oʻzidayoq har bir kishi oʻz oilasi, bolalari va yaqinlari timsolida oʻzi haqida chinakam gʻamxoʻrlik qilinayotganini sezib olishi, turmushi yaxshilanayotganligini sezib olishi uchun barcha mumkin boʻlgan va mumkin boʻlmagan barcha ishlarni qilish vazifasini yuklaydi. Faqat shugina tanlab olingan qayta qurish yoʻli toʻgʻriligiga, ikkinchi siyezdda tasdiqlangan hukumat programmasining realligi va samaradorligiga odamlarni ishontirish mumkin. Faqat shugina ommaga kelajak sari yoʻlimizda muqarrar uchraydigan qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun sabr- bardosh va kuch- quvvat baxsh etishi mumkin.
Darxol qanday favqulodda choralarni amalga oshirishimiz kerak?
Birinchi navbat narxining koʻtarilishini, mehnatkashlar turmush darajasining pasayishini toʻxtatishimiz, iste'mol bozoridagi ahvolni barqarorlashtirishimiz kerak. Buning uchun yilning birinchi kunlaridan boshlaboq intizom va tartibni mustahkamlash, chayqovchilikka, narxning koʻtarilib ketishiga, arzon mollarning gʻoyib boʻlib qolishiga, tosh tarozidan va puldan urib qolinishiga chek qoʻyish uchun juda qat’iy, boringki, favqulodda choralarni koʻrishimiz kerak. Bu oʻrinda kundalik ishni kuchaytirishgina emas, balki chinakamiga kurash, chinakamiga qat'iy jang qilish kerak.
Ijtimoiy adolat prinsipi, har bir mehnatkashning, har bir grajdanning huquqlari har jihatdan kafolatlanishini printsipi, hokimiyat, boshqaruv apparati xalq tepasida turmayotgani va ayniqsa unga qarshi turmayotgaligi printsipi, balki bu hokimiyat, bu boshqaruv apparati insonga xizmat qilayotgani, uning manfaatlarini himoya qilayotgani endilikda partiyamiz va davlatimiz uchun juda katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham biz jinoyatchilikka, ayniqsa uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni, xizmat mavqeyining har qanday yoʻsinda suiiste'mol qilinishiga qarshi shafqatsiz kurashni endilikda shu kunning birinchi darajali va eng oʻtkir vazifasi deb bilamiz. Shu munosabat bilan qoʻshimcha yer uchastkasi ajratib berish, yakka tartibda uy joy qurish uchun qarz berish va qurilish materiallari sotish masalalarini koʻrib chiqishda ta'magirlik va poraxoʻrlik sodir boʻlayotgani haqidagi, taqchillik dan foydalanib chayqovchilik qilinayotgani haqidagi signallar nihoyatda xavotirlidir. Hozirgi vaziyatda ana shu jinoyatlar jinoiy ishgina boʻlib qolmay, siyosiy tus ham kasb etadi.
$$Oʻzbekiston SSR Prokuraturasi va Ichki ishlar ministrligi$$, $$xalq, partiya$$, kasaba soyuzlari, ishchi nazorati organlari zimmasiga ana shu xususdagi har bir signalni juda sinchkovlik bilan oʻrganib chiqish va bunday signal tasdiqlanganida juda qattiq qoʻllik bilan, aytish mumkinki, shafqatsizlik bilan choralar koʻrish vazifasi yuklandi. Hozir har bir oddiy mehnatkash boshiga tushgan kulfat, qiyinchilik va yetishmovchiliklar sababidan kimlardir boylik orttirishi jarayonini qoʻlimizdan kelgan barcha choralar bilan toʻxtatishimiz kerak. Shu xususdagi biror fakt ham jazosiz qolmasligi lozim. Hozirgi vaqtda jazosiz qolish - shundoq ham murakkab, tang vaziyatni tagʻin ham chigallashtirish demakdir, jazosiz qoldirish natijasida suiiste'mollar va jinoyatlar qayta- qayta takrorlanaveradi. Bunga chek qoʻyish lozim va chek qoʻyiladi.
2. Aholining oziq ovqat ta'minotini yaxshilash uchun barcha resurslarni safarbar etish lozim.
Xoʻjaliklar va shaxsiy sektorda chorvachilik mahsuloti yetishtirishni koʻpaytirish bu boradagi asosiy rezervdir. Yilning $$Markaziy Komitet Byurosi$$da koʻrib chiqilgan dastlabki yakunlari shundan dalolat berib turibdiki, hali bu sohada jiddiy siljishlar boʻlgani yoʻq. Koʻpgina rahbarlar hozirgacha ham ahvolning jiddiyligini uqib olishmayapti.
Juda oʻtkir ijtimoiy muammolar kompleksini hal etishning tez samara beradigan bosh vositasi tomorqalarni koʻpaytirishdir, biz bu haqda koʻp gapirgan edik, shunga umid bogʻlamoqdamiz; oilalarning oʻzini - oʻzi ta'minlashini yaxshilash bozorni toʻldirish, aholining ish bilan band boʻlmagan qismini pul ishlab topish bilan ta'minlash, uy – joy programmasini amalga oshirishni jadallashtirish takror, aytamizki, tomorqani koʻpaytirishga bogʻliqdir. Qishloqdagi 880 mingga yaqin oilaga 95 ming gektardan koʻproq yer tomorqa sifatida taqsimlab berildi.
Ammo $$Sirdaryo oblasti$$da tomorqa ajratish haqidagi arizalarning faqat yarmidan sal koʻprogʻi, $$Buxoro oblasti$$da 62 foizi, $$Andijon va Namangan oblastlari$$da 66 foizi, $$Samarqand oblasti$$da 68 foizi qondirildi.
Buni $$Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti$$ va $$Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti$$ning qarorini inkor etish va uni ataylab badnom qilish, deb baholash kerak boʻladi. Shunday vaziyatda Kompartiya Markaziy Komiteti yangi yilning birinchi kunlaridan boshlaboq barcha ob'yektlarda, rayonlarda va xoʻjaliklarda shu ishni hamma yerda partiyaviy jihatdan tekshirishni boshladi. Odamlarning turmushini yaxshilash yoʻliga toʻgʻanoq boʻlayotgan kishilarga nisbatan darhol va konkret choralar koʻriladi.
3- Yakka tartibda uy – joy qurishni jadallashtirish uchun yordam berish muammosi ham shu vazifaga monanddir. Ma'lumki, keyingi yillarda respublikada yakka tartibda uy – joy qurish miqyoslari keskin oshdi. Agar bundan 3 yil muqaddam biz 2.5 - 3 million kvadrat metr uy joy qurgan boʻlsak, 1980- yilda 4 million kvadrat metr uy – joy qurdik. Dastlabki ma'lumotlarga qaraganda, yakunlanayotgan yilda 4.8 - 4.9 million kvadrat metr uy – joy quriladi.
Aholiga yordam berish uchun kredit, binokorlik materiallari, yer uchastkalari ajratilmoqda. Yakka tartibda uy – joy quruvchilarga qarz berish uchun resurslarning umumiy hajmi 1989 – yilda 1,5 baravar koʻpaytirildi va 187 million soʻmga yetkazildi.
Koʻpgina korxonalar oʻz ijtimoiy rivojlanish fondlaridan xodimlariga yordam bermoqdalar. Masalan, $$Toshkent$$dagi aviaremont zavodida mehnat kollektivining qaroriga binoan uy –joy qurilishiga 190 ming soʻm, $$Oʻzbekiston$$ himiya mashinasozligi zavodida 74 ming soʻm, qiyin eriydigan va oʻtga chidamli metallar kombinatida 108 ming soʻm kredit ajratildi.
1990- yilda yakka tartibda uy joylar qurish hajmi oʻsishini hisobga olib, respublika ittifoq organlari oldiga qoʻshimcha ravishda 650 million soʻm pul ajratish toʻgʻrisidagi masalani qoʻydi. Ana shu mablagʻdan birinchi kvartalda 110 million soʻm kredit berish moʻljallangan.
Afsuski, yakka tartibda qurish moʻljallangan uy – joylar hozircha binokorlik materiallari bilan yaxshi ta'minlanmayapti. Respublikaning faner, yogʻoch taxtaga boʻlgan talab ehtiyojlarining atigi yarmi, shifer va sementga boʻlgan ehtiyojining 70- 80 foizi qondirilmoqda. Shuning uchun 1990 - yilda binokorlik materiallari ishlab chiqaradigan har bir korxonada quvvatlarni ancha oshirish zarur.
Shu bilan birga umuman respublikada qishloq xoʻjalik organlarining buyurtmasi asosida pudrat va xoʻjalik usuli bilan yakka tartibda uy – joylar qurish imkoniyatidan yaxshi foydalanilmayapti. Yakka tartibda uy-joy qurish shartlariga koʻra moddiy-texnika ta'minoti davlat uy-joy qurilishi normalari asosida markazlashtirilgan tarzda amalga oshirilmoqda. Ushbu masalalarni hal etishda Fargʻona vodiysidagi bir qancha kolxozlarning tashabbusi qoʻllab-quvvatlashga loyiqdir. Ana shu kolxozlar oʻz 'mablagʻlaridan kolxozchilarga uy qurish uchun qarz bermoqda. Binokorlik materiallari gʻoyat taqchil sharoitda Xorazm oblast ijroiya komitetining tajribasi qoʻllanilmayapti. Ma'lumki, oblast ijroiya komiteti yogʻoch-taxta tayyorlash va tashib kelish yuzasidan Irkutsk oblast ijroiya komiteti bilan bitim tuzdi. Qishloq xoʻjalik mahsulotlarimizni yogʻoch-taxta, metall va tsementga ayriboshlashni keng sinab koʻrish lozim. Bu borada Fargʻona va Samarqand oblastlarining ayrim rayonlari hamda xoʻjaliklari hozirdayoq ish olib bormoqdalar. Resurslarni bozor fondlari asosida taqsimlashning order sistemasini joriy etish toʻgʻrisida ham oʻylab koʻrish zarur. $$Toshkent$$, $$Fargʻona va Xorazm oblastlari$$ning ish tajribasi bozor fondlarining yuksak darajada samarali ekanligini koʻrsatib turibdi. Massivlarni injenerlik kommunikasiyalari boʻlgan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi bilan ta'minlash masalalari jiddiy havotirlik uygʻotmoqda. 1990 yilda faqat $$Toshkent shahar ijroiya komiteti$$, $$Andijon$$, $$Buxoro$$, $$Namangan$$, $$Toshkent$$, $$Sirdaryo va Xorazm oblast ijroiya komitetlari$$ kommunikasiyalar qurilishiga tegishli takliflarni taqdim etdilar. Yakka tartibda uy-joy quruvchilarga loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va quruvchilarning malakali ishchi kuchlari bilan yordam berish hamda davlat kapital mablagʻlari hisobiga uy-joylar va boshqa sosial-madaniy -maishiy ob'ektlar qurish planlari soʻzsiz bajarilishini ta'minlash zarur.
4. Bizda xalq iste'moli mollari bozorida taqchil- likni kamaytirish uchun mavjud
imkoniyatlardan toʻla-toʻkis foydalanilmagan. Engil va mahalliy sanoatimizning barcha korxonalari toʻla quvvat bilan ishlamayapti, bir qancha tikuvchilik, poyabzal fabrikalari va boshqa obyektlarni ishga tushirish muddatlari yana barbod etildi. Xoʻjaliklar bilan sanoat jihatidan rivojlangan markazlar oʻrtasidagi bevosita aloqalar sust yoʻlga qoʻyilmoqda. Biz $$SSSR xalq deputatlari$$ning II s'ezdi arafasida $$Moskva$$da $$Oʻzbekiston SSR$$ bilan $$[Lenin]grad$$ oblasti oʻrtasida ishlab chiqarish, savdo-sotiq va ilmiy-madaniy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzoladik. $$Tyumen oblasti$$ bilan oʻzaro amaliy aloqalarni yoʻlga qoʻyayapmiz. $$[Lenin]grad$$ va $$Tyumen oblastlari$$ qudratli sanoat hamda ilmiy-texnika potentsialiga egadirlar. Respublikamizning boy imkoniyatlarini hisobga olganda bunday bevosita aloqalar ayniqsa zamonaviy korxonalarning yuqori malakali xodimlarini, ilmiy kadrlarni tayyorlash ishida yaqqol ijobiy natijalar berishi mumkin.
5. Odamlarni, ayniqsa yoshlarni ish bilan ta'minlash muammosi ilgari koʻp
marta gapirib oʻtilganidek, bugungi kunda printsipial jihatdan muhim ahamiyat
kasb etadi. Aslini olganda, bu vazifa respublikamizda nima haqida gapirilmasin,
qaysi masala hal etilmasin, ularning hammasiga daxldordir, busiz $$Oʻzbekiston$$ning hozirgi kuni va kelajagiga daxldor bironta muammoni jiddiy muhokama qilib boʻlmaydi. Ushbu masalalar yuzasidan hukumat $$Fargʻona$$dagi ma'lum voqealardan keyin ishlab chiqilgan konkret tadbirlarni amalga oshirishni koʻzda tutmoqda. Vodiyda qoʻshimcha ish joylarini jadal tashkil etish yuzasidan respublika oʻrtaga qoʻygan masalalar Ittifoq ministrliklari va idoralarini jalb etish yoʻli bilan hal qilinmoqda. Ammo belgilangan programmalar ilgari boʻlgani singari qogʻozda qolib ketmasligi zarur. Buning ustiga mana shu programmalar hoziroq, yangi yilning dastlabki kunlaridanoq roʻyobga chiqarila boshlashi lozim.
Ushbu vazifani hal etishda eng muhim boʻgʻin malakali kadrlar tayyorlash masalasi ekanligini bugun yana bir bor ta'kidlashni istardim. Buning uchun eng avvalo xalq ta'limi butun sistemasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash muammosiga yangicha yondashish, uni qoldiq holatidan ustun holatga oʻtkazish kerak, bu kadrlar sohasidagi butun ishimizning poydevoridir. Nihoyat shaxsni har tomonlama uygʻun kamol toptirish toʻgʻrisidagi siyqasi chiqqan rasmiy gaplardan konkret amaliy ishlarga oʻtish darkor. Maktabda, hunar-texnika bilim yurtida, texnikumda va oliy oʻquv yurtida barcha zarur sharoitlar yaratib berilgandagina odam zamonaviy biliim, umuminsoniy madaniyat, jismoniy kamolat asoslarini egallay olishi mumkin. Ana shu maqsadlarni amalga oshirish uchun katta-katta mablagʻlar zarur va biz bu mablagʻlarni byudjet hisobidan ham, kor xonalar, tashkilotlar, xoʻjaliklar hisobidan ham qidirib topishimiz kerak. Bu masalaga tor nuqtai nazardan emas, balki keng istiqbol pozisiyalaridan yondashish darkor. Biz hammamiz ta'limga sarflangan mablagʻlar shu zahotiyoq samara bera olmasligini aniq tushunishimiz lozim, ammo bu oradan 5-10 yil oʻtgach, albatta oʻz samarasini beradi. Bugungi kunda qanchalik koʻproq mablagʻsarflasak, shunchalik koʻp samara beradi. Busiz kelajak boʻlmaydi.
Total words
5,052
Unique words
2407
Annotated anthroponyms
8
Toponyms
61
TTR
0.476
Hapax
1,623
Distribution
Top frequency chart
Dataset