Oʻz vaqtida ovqatlanmaslik sogʻlikka zarar ekanligini yaxshi bilamiz. Rayon oʻqituvchilarining oʻtgan oʻquv yili arafasidagi avgust kengashida oʻquvchilarning ovqatlanishi haqida tanqidiy fikrlar aytilgan edi. Biroq hanuz ijobiy natija sezilayotgani yoq. Ish hamon eski qolipda davom etmoqda. Maktablarimizdagi oshxona va bufetlar talabga javob bermaydi. Ayniqsa, choʻl zonasidagi maktablarda ahvol achinarli. Mazkur zonada joylashgan 4-, 8-, 13-, 25, 31- maktablarda bufet yoʻq. Lekin maktablarda ertadan kechgacha oʻqituvchilar mashgʻulot oʻtqazishadi, oʻquvchilar bilim olishadi. Toʻgʻri, bu yerda internatlar tashkil etilgan, lekin ularni oziq-ovqat, sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlash talabga javob bermaydi. 13-, 14-, 5-, 27-, 33- maktab oshxonalari mutlaqo qoniqarsiz ahvolda.
Rayon markaziga yaqin maktablarda ham ahvol shu. Masalan, $$Pushkin nomli 10 – oʻrta maktab bufeti$$ torgina xonada joylashgan. Bu yerda kuni uzaytirilgangruppadagilar ovqatlanish uchunnavbat kutib turishlari kerak. Chunki, stol, stul, inventarlar yetishmaydi. Ayrim xollarda oʻquvchilar tik turib ovqatlanadilar. Maktab bufetidagi oziq-ovqat mahsulotlarining assortimenti nihoyatda past. Otaliq tashkilot – $$“SSSR 50 yilligi”$$ sovxozi tomonidan oʻquvchilar uchun bepul issiq ovqat tashkil etilgan, lekin maktabda oshxonaning oʻzi yoʻq.
Bundan tashqari oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun transport ajratilmagan. Holbuki, goʻsht, sariyogʻ va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini rayon markazidan tashib keltirishga toʻgʻri keladi. Bir narsaga hayronman, nega komissiya keladigan paytda maktab oshxona va bufetlarida goʻsht, kolbasa, sariyogʻ, tuxum, sut mahsulotlari, hatto chanqov bosdi mineral suvlar ham muhayyo boʻladi-yu, boshqa payt esa ahvol oʻsha-oʻshaligicha qoladi. Bu koʻzboʻyamachilik emasmi? Nima uchun hamma vaqt shunday qilish mumkin emas? Kuni uzaytirilgan gruppa va olti yoshlilar uchun issiq ovqat, ayniqsa zarur ekanini mutasaddi rahbarlar qachon tushunib yetishadi?
Total words
238
Unique words
192
Annotated anthroponyms
0
Toponyms
2
TTR
0.807
Hapax
161
Distribution
Top frequency chart
Dataset