🔍

Article

Choʻl oʻgʻloni

By Sh. Muxtorova • in 1989

Choʻponlar huzurida koʻp boʻlganman. Yaylovlarni har bir giyohi, xas-xashagini koʻziga toʻtiyo qilib, chorvani ardoqlab kelayotgan choʻl oʻgʻlonlari bilan takror-takror suhbatlashganman. Ular zamondoshlariga rizq-nasiba yetishtirishdek xayrli ishni mas’uliyat bilan bajarayotgan matonatli kishilar. Oʻz mehnati bilan el nazariga tushgan ana shunday choʻponlardan biri – XIX Butunittifoq partiya konfrensiyasi delegati – [Gʻaffor Obidov]. Hikoyamiz u va uning oila a’zolari haqida.
Oʻn besh yildirki, u $$[Nurota] rayoni$$dagi $$“Gʻozgʻon” sovxozi$$da choʻpon. Hamon yodida: bosh choʻponlikka tayinlangan dastlabki kezlaridanoq uning dadil qadami darrov koʻzga tashlandi. Sovliqlardan qoʻzi olish, oʻstirishga qoʻzi qoldirish borasida nufuzli koʻrsatkichlarga erishdi. Ayniqsa, qorakoʻl teri tayyorlashda namuna koʻrsatdi. 95 protsentini birinchi sortga topshirdi. Ikki qirqimda har bosh qoʻydan 4,5 kilogrammdan sifatli jun olib, musobaqa peshqadami boʻldi.
Yosh choʻpon muvaffaqiyatlar bilan birga tashvishli damlarni ham kechirdi. 1972 yilning qishi edi. Ikki yilga moʻljallab jamgʻarilgan yem-xashak toʻrt oyga ham yetmadi. Ustma-ust yoqqan qor tashvishini oʻn chandon oshirdi. Yer yuzidan bir yuz yigirma kun qor koʻtarilmadi.
“Yotib yeganga togʻ ham chidamaydi”. Jamgʻarilgan ozuqadan hech vaqo qolmadi. Ammo [Gʻaffor] tushkunlikka tushmadi. Rahbarlariga, mutaxassislarga, mutasaddi tashkilotlarga yelib-yugurdi. Qoʻshni rayon va sovxozlardagi hamkasblaridan yordam soʻradi. Biridan “uncha”, biridan “muncha” yem, xashak undirdi. Otarni qoʻldan bermadi. Chiqimga yoʻl qoʻymadi. Qishlovdan betalofat oʻtdi.
U mohir qoʻychivon sifatida emas, yaxshigina mutaxassis sifatida ham tanila bordi. Assimilyatorlik kasbini egalladi. Sovliqlarni qay paytda, qanday emlash, qochirish, urchitish muddatlarini belgilab chiqdi. Bunga unga Samarqand qishloq xoʻjaligi institutida sirtdan olgan bilimi toʻgʻri keldi.
[Gʻaffor] chorvachilikda SJK preparatidan butunlay voz kechilganidan mamnun. Ammo u bu preparat ishlatilgan paytlarda ham uni sovliqlarga qay miqdorda ishlatish yoki ishlatmaslikni yaxshi bilardi. Shunday boʻlsada bu usulning butun tarmoq boʻyicha mutloq man etilganini qoʻllab-quvvatladi. Zero, endilikda qoʻzilar yil sayin durkun boʻlib, qoʻylar ham yiriklashib boryabdi. Teri sifati oshdi, jun miqdori koʻpaydi. Birgina [Gʻaffor]ning otarida shu yil erishilgan raqamlarga e’tibor qiling: 679 bosh sovliqning har yuz boshidan 120 tadan sogʻlom qoʻzi olindi.
Bu rayondagi eng yuqori koʻrsatkich. 443 bosh qoʻzi oʻstirishga qoldirildi.
Choʻponlik – [Gʻaffor]ga ota kasb. [Ashur ota Obidov] Qizilqum bagʻrida 40 yil suruv boqdi. Ulugʻ Vatan urushi yillari qoʻliga qurol olib, dushman bilan olishdi. Urushdan soʻng yana sevgan kasbi – choʻponlikka qaytdi. Urush invalidi boʻlishiga qaramasdan oʻgʻli yonida qoʻy boqadi, maslahat beradi – yordamini ayamaydi.
[Gʻaffor] har safar otasi haqida soʻz ketsa, uning hikoyasini eslaydi. “Qirqinchi yillar edi. Sharoit ogʻir, xalq yupun, chorva ozuqasi kam. Yuzlab mollarni quduqdan suv tashib sugʻorardik. Qoʻy terisidan ishlangan qovgʻa bilan ularga suv yetqazib berguncha holdan toyardik. Shunday kunlarning birida qovgʻani tortolmay, chuqurligi sakson quloch quduq ichiga tushib ketganman. Yaxshiyam, choʻliqlar xabar topib qolib, arqonda tortib olishgan….”
- Hozir biz dorilamon zamonda yashayabmiz, - deydi [Gʻaffor] davrga
shukronalik bildirib. – otarlarda suv yetarli. Nainki suv, inson uchun zarur boʻlgan hamma narsa bor. Faqat – ishga ishtiyoq boʻlsa bas. XIX Butunittifoq partiya konfrensiyasida soʻzga chiqqan delegatlarning biri xuddi shunday dedi: xalq xoʻjaligining hamma sohasida hozir shart-sharoit har qachongidan yaxshi. Faqat ishga ishtiyoq kerak!
Oʻn birinchi besh yillikda Pashshot yaylovlarida (uning otari shu yaylovda boqiladi) quvonchli ishga qoʻl urildi. Yaylovda vodovod ishga tushdi. Suv ikki yoʻnalish boʻylab oqdi: biri – togʻ yon bagʻrlaridagi ozuqa ekinlari maydonlariga, biri – choʻponlarning goʻshalariga. Obihayot kelishi bilan Gʻozgʻon qishlogʻi ham koʻrk ochdi. [Gʻaffor Obidov] otar qoʻrasi atrofida 40 tup tok, 40 tup mevali-manzarali daraxt koʻchatlari ekdi. Anchagina maydonga poliz va sabzavot urugʻlari ham sepdi.
- Oʻzingda boʻlganiga nima yetsin, - deydi choʻpon faxr bilan, - 6 gektar yerga
beda, 7-8 gektargacha maydonga makkajoʻxori ekdik. Hosil barakali boʻldi. Kelgusida bu maydonlarni boʻyiga ham, eniga ham kengaytiramiz. Ana shu ishlarning hammasini amalga oshirishda oʻzimdan ham koʻra otam, onam, turmush oʻrtogʻim va farzandlarimning hissasi, ayniqsa, katta. 1207 bosh qoʻy-qoʻzining parvarishi ustiga shuncha ishlarni ham bajarish faqat va faqat ularning koʻmagida boʻlyabdi…
Oʻzimniki boʻlgani uchunmas, adolat nuqtai nazaridan men ularni matonatli kishilar deb ta’riflagim keladi.
$$Kommunist choʻpon$$ [Gʻaffor Obidov]ning bu ta’rifi bizga qolsa, uning oʻziga ham joiz.

Total words

607

Unique words

487

Annotated anthroponyms

11

Toponyms

3

TTR

0.802

Hapax

427

Distribution

Top frequency chart

Dataset