Yilni yaxshi koʻrsatkichlar bilan yakunlagan $$Sherobod rayoni$$dagi $$“Sherobod” sovxozi$$ mehnatchilari quvonchli voqeaning shohidi boʻlishdi. Bu yerda xoʻjalikning oʻz san’at muzeyi ochildi. Taniqli rassom, $$Oʻzbekiston SSR$$da xizmat koʻrsatgan san’at arbobi [Roʻzi Choriyev] tashabbusi bilan tashkil etilgan bu muzeyga respublika rassomlari tomonidan ishlangan ellikka yaqin asar qoʻyilgan.
Muzey portretlari va kartinalarida ajoyib zamondoshlarimiz – turli mehnat uchastkalarida fidokorlik namunalarini koʻrsatib ishlayotgan kishilar va ularning hayoti haqida hikoya qilinadi. Portretlarga qahramon boʻlganlarning aksariyati surxondaryolik zamondoshlarimizdir.
Oblastda rassom [R.Choriyev] tashabbusi bilan ochilgan va ayni kunlarda muvaffaqiyatli ishlab turgan bunday muzeylar soni oʻntaga yaqinlashib qoldi.
- Inson san’atsiz yashay olmaydi. – deydi rassom.
- U badiiy madaniyat bilan qanchalik oshno boʻlsa, shunchalik yutadi. Bu fikr
yangilik emas, albatta. Lekin qishloqlarimizda madaniyatga, san’atga e’tibor hali unchalik kuchli emas. Shu boisdan shaxsan men olis dalalarga jasorat koʻrsatib mehnat qilayotgan zamondoshlarimga qoʻlimdan kelganicha san’at ulashishga oʻzim uchun burch deb bilaman.
Total words
139
Unique words
122
Annotated anthroponyms
2
Toponyms
3
TTR
0.878
Hapax
111
Distribution
Top frequency chart
Dataset