🔍

Article

Bir savolga uch javob

By Y.U. Berdiyev yozib oldi. • in 1989

Bu kollektivlarni respublikamiz adabiyot va san’at muxlislari yaxshi bilishadi, sevishadi. $$[Gʻ.Gʻulom] nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti$$, $$[K.Yormatov] nomidagi “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi$$ va $$“Yosh gvardiya” drama teatri$$ning yangi yildagi ijodiy rejalari qanday? Kitobxonlar va san’at muxlislari 1989 yilda qanday yangi asarlar oʻqiydilar, qanday yangi film va spektakllar tomosha qiladilar?
Adabiyot va san’at nashriyoti direktori [SH. USMONXOʻJAYEV]: - avvalo yangilik haqida, gap shundaki, bu yildan boshlab, nashriyotimiz toʻla xoʻjalik hisobiga oʻtadi. Asosiy maqsad rentabelli boʻlish, davlatga foyda keltirish. Shu boisdan ham yil planlarini alohida mas’uliyat bilan qayta koʻrib chiqdik. Dolzarb mavzuda yozilgan asarlarni operativ nashr qilishni bultur boshlagan edik, buy il aktiv davom ettirmoqchimiz. Masalan, $$Oʻzbekiston SSR xalq yozuvchisi$$ [Said Ahmad]ning “Jimjitlik” romani turgʻunlik davrini aks ettirganligi bilan diqqatga sazovor.
Nashriyotimiz $$Tojikiston$$ning $$“Adib” nashriyoti$$ bilan hamkorlikda $$“Guldastai Samarqand” toʻplami$$ni tayyorlamoqda. Undan respublikamizda yashab, tojik tilida ijod qilayotgan Qalam sohibalarining asarlari oʻrin olgan. $$“Jomiy va Navoiy” kitobi$$ uch tilda chop qilinadi. Buyuk shoir [Abdurahmon Jomiy] yubileyiga bagʻishlangan lirika kitobi (bir tomlik) esa, rus va oʻzbek tillarida oʻquvchilarga havola etiladi.
Boshqa badiiy kollektivlar, madaniyat maskanlari va nashriyotlar singari bizning nashriyot ham [Hamza Hakimzoda Niyoziy]ning 100 yilligiga sovgʻalar tayyorlamoqda. Masalan, ulugʻ shoir va ma’rifatparvarning bir tomlik tanlangan asarlari bosib chiqariladi. [J. Usmonov]ning “[Hamza] qalamjolari” kitobi originalligi bilan diqqatga sazovor. Mashhur “Yasha, Shuro!” she’ri oʻn besh tilda bir kitobda nashr etiladi.
$$[Hamid Olimjon]ning yubileyi$$ga atab uning bir tomlik asarlarini nashr etyabmiz. [Alisher Navoiy]ning “Hayratul abror”, “Farhod va Shirin” (nasriy bayoni) kitoblarini $$“Oʻzbek adabiyoti boʻstoni” seriyasi$$da bosib chiqaramiz. $$“Doʻstlik kutubxonasi”$$ seriyasida esa [V. Karpov]ning “Sarkarda”, [T. Qaipbergenov]ning $$“Qoraqalpoqnoma” kitoblari$$ adabiyot muxlislari qoʻliga yetib boradi.
Sevimli shoirimiz [Abdulla Oripov]ning katta tirajda bosib chiqarilayotgan navbatdagi kitobi “Ishonch koʻpriklari” deb ataladi. Unga “Ranjkom” yangi dostoni va she’rlar kiritilgan. [Omon Matjon]ning poeziya kitobini ham tayyorladik. Mirmuhsin “Ildizlar va yaproqlar” romanini qayta ishladi. Ana shu yirik proza asarini qaytadan chop etamiz.
San’at temasida nashr etiladigan kitoblar orasida ^^S. Mahmudova^^ning SSSR xalq artisti ^^Sora Eshontoʻrayeva^^ga bagʻishlangan “Bir qalbning yuz jasorati”, rassom [A. Abdullayev]ning “Goʻzallikka tashnalik”, [M. Xamidov]ning “ [Karim Zokirov]”, ^^N. Yanov-Yanovskaya^^ning “[Ikrom Akbarov]”,^^Z. Chebotareva^^ning “Qulaylik, sharoit va goʻzallik” toʻplamlari bor.
Yana bir yangilik shuki, $$Oʻrta Osiyo respublikalari$$ va $$Qozogʻiston$$ yozuvchilarining eng yaxshi hikoyalari jamlangan kitob alohida nashr etiladi.
$$“Oʻzbekfilm” kinostudiyasi$$ bosh redaktori [F. MUSAJONOV]: - $$SSSR xalq artisti$$ [Shuhrat Abbosov]ning “Katta urushning kichik odami” ikki seriyali badiiy filmi deyarli nihoyasiga yetdi. Kartina $$Ulugʻ Vatan urushi$$ davrida front orqasida turib unga yordam bergan. Gʻalabaga katta hissa qoʻshgan yetim bolalarning boshini silab, yuksak insoniylik sifatlarini namoyish qilgan kishilar haqida hikoya qiladi. Ikki qismdan iborat bu yangi film ma’lum ma’noda avtobiografik xarakterga ega. Filmda kechadigan koʻp voqealarni urush yillari yosh boʻlgan rejissyor oʻz boshidan kechirgan. Senariyni ham oʻzi yozgan. Kartinadagi asosiy rolni havaskor ijrochi, boshqa rollarni esa professional aktyor-aktrisalar ijro etishgan.
Ma’lumki, bu yil [Hamza Hakimzoda Niyoziy]ning 100 yillik yubileyi nishonlanadi. Respublika kinematografchilari ana shu voqea munosabati bilan maxsus badiiy film ekranlashtirmoqdalar. Inqilobchi shoir asari asosida suratga olinayotgan bu film “Maysaraning ishi” deb ataladi. Taniqli kinorejissyor [M. Afzalov] rahbarligida yaratilayotgan bu yangi kinolenta teatr spektakllaridan farq qilishi kerak. Film ijrochilari orasida tajribali va yosh aktyor-aktrisalar bor.
Kinorejissyor [S. Boboyev], [V. Sokolov] senariysi asosida “Barxan”, [Hoji Ahmar] esa, “Uran yoʻldoshi” operatsiyasi badiiy kartinalarini suratga olishga kirishdi. Taniqli kinorejissyor [E. Eshmuhamedov]ning “Tanqiddan holi zona” badiiy filmi zamonaviy mavzuni original tahlil qilganligi bilan qimmatlidir.
Rejissyor [Hojimurod Ibrohimov] ekranlashtirayotgan “Nurali va Oybarchin” filmi oʻzbek tilida yaratilmoqda. Unda afsona va bugungi kun uzviy bogʻlangan. Kartinani “Nafosat” birlashmasi ijodkorlari yaratmoqda.
$$“Yosh gvardiya” teatri$$ning bosh rejissyori [B. YOʻLDOSHEV]: - Ayni kunlarda teatrimiz qadrdoni [Shukur Xolmirzayev]ning “Ziyofat” asari ustida soʻngi ishlarni olib boryabmiz. Aktual mavzuga bagʻishlangan bu drama erta-indin tomoshabinlarga havola qilinadi. [Hamza]ning 100 yillik yubileyiga bagʻishlab, rejissyor [A. Gamirov] “Paranji sirlari” asarini sahnalashtirmoqda. Yozuvchi [S. Siyoyev]ning “Ot mingan ayol” dramasi xotin-qizlar temasini original talqin qilganligi bilan e’tiborimizni tortdi. Bu asarni katta qiziqish bilan oʻrganib, uni sahnalashtirishga kirishyabmiz. Buyuk drammaturg [V. Shekspir]ning mashhur “Gamlet” tragediyasiga murojaat qilyabmiz. Bu pyessa aktyor va aktrisalarimizni tarbiyalashga munosib hissa qoʻshadi, deb oʻylaymiz.

Total words

642

Unique words

472

Annotated anthroponyms

37

Toponyms

18

TTR

0.735

Hapax

384

Distribution

Top frequency chart

Dataset