🔍

Article

ENERGIYA BERILMOQDA

By OʻzTAG. • in 1975

Yangi yil arafasida 220 ming volt kuchlanishdagi va 181 kilometr masofadagi elektr uzatish liniyasi tutashtiriladi. Samarqanddan to Navoiygacha Elektr simi tortildi. Endilikda ana shu shaharlar orasida hozirdayoq ikkita 22 kilovoltli elektr uzatish liniyasi ishlab turibdi, buning ma’nosi shuki $$Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, oblastlari$$ga ikki baravar koʻproq energetika oqiminik yuborish mumkin. Qoʻshimcha elektr quvvati $$Qarshi magistral kanali$$da oʻrnatilgan qudratli nasoslarni harakatga keltiradi. Uchala oblastni elektr energiyasi bilan ta’minlashni yaxshilaydi. Yangi elektr zanjiri $$Turkmaniston$$da qurilayotgan $$Meri GRESi$$ bilan elektr energiya ayirboshlashni yoʻlga qoʻyish imkonini ham beradi.
$$Oʻzbekiston$$ning bir qancha oblastlarida qudratli podstansiyalar transformatorlar, elektr uzatish linyalari ishlay boshladi. $$Sirdaryo GRESi$$ning uchinchi agregati energiyasini iste`molchilarga yetqazib berish, yengil sanoat va qishloq xo`jaligi ob`yektlarini ta`minlash uchun elektr yetqazib berish maqsadida yana shu inshootlarni qurish zarur bo`lib qoldi. Andijonda 25 ming kilovolt amper quvvatli ikkinchi transformator ulandi. $$Markaziy Farg`ona$$ga $$Komsomolobod rayoni$$dagi podstansiyadan tok kela boshladi. Samarqand oblastining Kattaqo`rg`on shahridagi Yangi parrandachilik fabrikasiga qo`shimcha o`n ming kilovat amperli transformator elektr energiya bera boshladi. $$Buxoro$$ yaqinidagi $$Romiton podstansiyasi kolxozlari$$da quduqdan suv chiqarayotgan nasoslarga xizmat qiladigan transformator ishga tushirilishi bilan ikki xissa quvvatliroq bo`lib qoldi. [Sverdlov] rayonidagi $$“Kommuna” kolxozi$$da va $$Toshkent oblasti$$ga qarashli $$O`zbekiston SSR$$ besh yilligi nomli sovxozda energetika ustanovkalarida 35 va 110 ming voltli elektr uzatish linyalari o`tkazildi.

Total words

201

Unique words

159

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

13

TTR

0.791

Hapax

136

Distribution

Top frequency chart

Dataset