$$Oʻrta Osiyo$$dagi eng yirik respublikalardan boʻlgan $$Sovet Oʻzbekistoni$$ning vujudga kelish tarixi koʻp millatli mamlakatimizning barcha respublikalari, oʻlkalari va oblastlari bilan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalarning yuzaga kelishi, har tomonlama rivojlanishi va chuqurlashuvi bilan mahkam bogʻlangandir. Xalq xoʻjaligi, sotsial soha yoki ma’naviy hayotning qaysi jabhasini olmaylik, hamma joyda sovet xalqlarining qardoshlarcha hamkorligi va oʻzaro yordami oʻtmishda, hozirgi kunlarda va kelajakda qudratli manba ekanligini koʻramiz.
$$KPSS XXVII siyezdi$$ tomonidan olgʻa surilgan jamiyatni sotsial-iqtisodiy jadallashtirish vazifasi mamlakat yagona xalq xoʻjaligi kompleksi miqyosida hal etilmoqda va uni tashkil etuvchi barcha regionlarning oʻzaro aloqalarini yanada kengaytirishni va ular integratsiyasini chuqurlashtirishni nazarda tutadi.
XIX Butunittifoq partiya konfrensiyasi, $$KPPS Markaziy Komiteti$$ning shundan keyingi Plenumlarining Respublika va regional xoʻjalik hisobini joriy etish, oʻz xarajatini oʻzi qoplash va oʻz-oʻzini mablagʻ bilan ta’minlashni joriy etish toʻgʻrisidagi qarorlari ham shunga qaratilgan. Bu oʻrinda gap ham Respublika manfaatlarini bir-biri bilan uygʻunlashtirish, mahalliy ishlab chiqarish, ilmiy-texnika imkoniyatlaridan, mehnat resurslari va tabiiy-iqlim sharoitlaridan samarali foydalanish toʻgʻrisida bormoqda. “Mustahkam Ittifoq, deb ta’kidladi [M.S.Gorbachev] yaqinda boʻlib oʻtgan $$SSSR Oliy Soveti$$ning sessiyasida soʻzlagan yakunlovchi nutqida, - baquvvat markaz va baquvvat respublikalardir. Bunda bizning tushunchamizdagi Ittifoq – birgalikdagi barcha respublikalardir, federatsiyamizning bironta ham a’zosi hisoblashmasligi mumkin boʻlmagan ana shu respublikalarning mushtarak manfaati va kollektiv irodasidir”.
$$Oʻzbekiston$$ning iqtisodiy va sotsial rivojlanish muammolari xuddi shu tariqa, mamlakat yagona xalq xoʻjaligi kompleksi miqyosida – respublika mehnatkashlarining farovonligini oshirish va $$Oʻzbekiston SSR$$ning umumittifoq vazifalarini hal qilishga qoʻshadigan hissasini koʻpaytirish maqsadlarida olib qaralmoqda va hal etilmoqda.
Mamlakatimiz barcha xalqlari va avvalo rus xalqining qardoshlarcha yordami tufayli $$Oʻzbekiston$$da chinakam internatsional iqtisodiy kompleks shakllandi. $$Oʻzbekiston SSR$$ yalpi ijtimoiy mahsulot yetishtirish jihatidan Ittifoqda uchinchi-toʻrtinchi oʻrinlarni egallab, har yili boshqa regionlarga bir yarim million tonna paxta tolasi, 1.6 million qorakoʻl teri, ikki million tonnadan koʻp mineral oʻgʻitlar, toʻrt milliard soʻmlik yengil sanoat mahsulotlari chiqarmoqda. Mamlakat yagona xalq xoʻjaligi kompleksida paxtachilik va paxta sanoati uchun mashinalar va asbob-uskunalar ishlab chiqarishda, tabiiy gaz qazib olishda, yigiruv mashinalari, koʻprik kranlari, liftlar, pilla, oʻsimlik moyi, kanop poyasi, sholi, qorakoʻl va boshqa koʻpgina mahsulot turlari yetishtirishda ham bizning hissamiz kattadir.
Ayni vaqtda respublikaga uch milliard soʻmlik mashinasozlik asbob-uskunalari va mahsulotlari, 4.3 million tonna qora metal, 3.7 million tonna don, 140 ming tonna goʻsht va 700 ming tonna sut mahsuloti keltirilmoqda. Biz ana shu tendensiyaga ob’ektiv baho berishimiz, pozitiv siljishlarni mustahkamlash va rivojlantirish, oʻsish suratlari va sifatini toʻxtatib turgan sabablarni tezroq bartaraf etish choralarini belgilab olmogʻimiz lozim.
Sanoatda besh yillik boshlangandan buyon ishlab chiqarish hajmi 12.9 protsent, mehnat unumdorligi 6.5 protsent oʻsdi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni intensivlashni xarakterlovchi bu omil mahsulot butun oʻsishining yarmidan koʻpini ta’minladi. Neft va gaz qazib olish, elektr energiyasi hosil qilish, ekskavatorlar, liftlar va boshqa koʻpgina buyumlar chiqarish planlari ortigʻi bilan bajarildi. Material sarfi birmuncha kamaydi.
Iqtisodiy siyosatning sotsial aspektlari ustunligi, avvalo, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishning ustun darajada oʻsishida, turlarinining kengayishida koʻrinmoqda. Bunday mahsulotlarni chiqarish 22,3 protsent, nooziq-ovqat tovarlar chiqarish qariyb uchdan bir, uy-roʻzgʻor buyumlari chiqarish 1.8 marta koʻpaydi. Bu ishga “A” gruppasi korxonalaridan 160 tasi qoʻshimcha ravishda jalb etildi. Respublika uchun yangi boʻlgan “Desna’’ kir yuvish mashinasi, elektromikser, kichik gabaritli telefon apparatlari, elektroradiatorlar, konstruktor-kompyuterlar, radio orqali boshqariladigan oʻyinchoqlar va boshqa uy-roʻzgʻor texnikasi buyumlari singari murakkab mahsulot turlarini ishlab chiqarish boshlandi.
Shunday boʻlsada respublikada, butun mamlakatda boʻlganidek, iste’mol mollari taqchilligi yaqqol sezilib turibdi. Xaridorlar talabining qoniqtirilmayotgani kishilar hayotida qiyinchilik tugʻdiryabdi, xoʻjalik mexanizmida uzilishlar keltirib chiqarmoqda. Biz yengil va mahalliy sanoatni miqdoriy koʻrsatgichlargagina emas, balki sifat koʻrsatkichlariga ham yoʻnaltirmogʻimiz ham lozim.
Aholining talabini qondirishda ogʻir sanoat korxonalari katta hissa qoʻshishga da’vat etilganlar.
Biz kooperatsiyani rivojlantirishga katta umid bogʻlamoqdamiz. Ayni vaqtda ishlab turgan 2255 kooperativdan hozircha salkam 400 tasi xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bilan banddir.
Yangi yilda biz xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni 10.7 milliard soʻmga yetkazmoqchimiz.
Kapital qurilishda ob’ektlarning yillik oʻrtacha ishga tushirilishi oʻtgan besh yillikdagiga nisbatan 5 protsent koʻpaydi. Davlat kapital mablagʻlari hisobidangina plandan tashqari 166 ming kvadrat metr uy-joy, 5.1 ming oʻrinli maktablar, 5.4 ming oʻrinli bolalar bogʻchalari foydalanishga topshirildi.
Partiyaning 2000 yilga qadar har bir oilani alohida kvartira yoki uy bilan ta’minlash vazifasini hal etish uchun uy-joy qurilishi sur’atlarini jadallashtirmogʻimiz lozim. Respublikaning mavjud uy-joy fondini amalda ikki baravar koʻpaytirish lozim boʻladi. Uy-joylarni ishga tushirish dinamikasi quyidagi raqamlarda ifodalanadi: 1986 yilda – 6.3 million, 1987 – yilda 7.1 million, 1988 – yilda 8.1 million kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi. 1990 – yilga borib bu raqamni 12 million kvadrat metrga yetkazish kerak. Lekin bu raqamlar ham bizni qoniqtira olmaydi. Chunki ular uy-joyga boʻlgan tobora katta talabni qondirolmaydi.
Uy-joy va madaniy-maishiy qurilishga kapital mablagʻlarni yanada koʻpaytirish uysozlik kombinatlarining quvvatlarini oshirish bilan bir qatorda yakka tartibda uy-joy qurilishini keskin koʻpaytirish, uy-joy va boshqa sotsial-madaniy ob’ektlarni xoʻjalik usuli bilan bunyod etish uchun tegishli tadbirlar koʻrilmoqda.
Oʻtgan yilning oʻzidagina yakka tartibdagi qurilishga berilgan qarzlar 90 million soʻmdan koʻproqni, qurib bitkazilgan uylar maydoni esa 3.5 million kvadrat metrni tashkil etdi. Lekin bu ham chegara emas. Xususiy uyga ega boʻlishni xoxlovchilar koʻp. Binobarin, ularga qurilish materiallari, loyihalar, ishchi kuchi bilan yordam berish muhim vazifadir. Buning uchun mavjud hamma rezervlardan foydalanmoq zarur. Oʻz kuchlari bilan gʻisht va ohak zavodlari, qurilish materiallari chiqaruvchi boshqa korxonalar qurish har qancha qoʻllab-quvvatlashga loyiqdir.
Xoʻjalik usuli bilan uy-joy qurilishi imkoniyatlaridan hali toʻla foydalanilayotgani yoq. Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, “Navoiazot” ning tajribasi respublikada keng yoyilmagan. Vaholanki ular oʻz mablagʻlari hisobiga uy-joy va sotsial muammolarni muvaffaqiyatli hal etmoqdalar.
Respublika agrosanoat kompleksida jiddiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Paxtachilikni ilmiy agrotexnika asosiga koʻchirish respublika xalq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻidagi vaziyatni keskin oʻzgartirib yubordi. Soʻngi yillarda birinchi marta paxta tayyorlash plani muvaffaqiyatli bajarildi va ortigʻi bilan ado etildi. 5 million 360 ming tonnalik xom ashyo optimal qisqa muddatlarga, yuqori sifat bilan shaharliklar va oʻquvchi yoshlarni juda kam jalb etgan holda, boshqa tarmoqlar ishiga halal bermay yigʻishtirib olindi. Hatto koʻrib turganlaridan ham koʻz yummoqchi boʻlgan kishilar mana bu ma’lumotlarni rad etolmaydilar: agar 1985-1987 yillarda hosilni yigʻib-terib olishga oʻrta hisobda bir yarim milliondan koʻp oʻquvchi va studentlar jalb etilgan boʻlsa oʻtgan yilgi yigʻim pallasida qoʻriq oblastlarning qishloq mehnatkashlariga oliy oʻquv yurtlari oʻrta kurslarining atigi 59 ming studenti qat’iy cheklangan muhlatda yordamga keldi. Ularga zarur madaniy-maishiy sharoitlar yaratib berildi.
Hisob-kitoblar shuni koʻrsatadiki, paxta hosilini oʻz vaqtida va sifatli yigʻib-terib olish kamida 1700ming tonna yuqori sortli tola chiqarish, boshqa paxta mahsulotlarini koʻproq olish, tarmoqni iqtisodiy jihatdan sogʻlom va foyda keltiradigan asosga olib chiqish imkonini berdi.
Partiya va hukumat tomonidan koʻrilgan chora-tadbirlar tufayli oziq-ovqat programmasini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan qishloq xoʻjaligining boshqa tarmoqlarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochildi. Yem-xashak va ildiz mevali ekinlar maydoni koʻpaydi. Uch yil ichida goʻsht xarid qilish hajmi- 29, sut – 27, tuxum – 36, kartoshka – 26 protsent, sabzavot va poliz ekinlari xarid qilish 22 protsent ortdi. Ana shu mahsulotlarni ahol1iga sotish ham koʻpaydi.
Lekin talablar va respublika aholisining oʻsishini hisobga olganda bular hali kam. Respublika goʻsht-sut mahsulotlarini iste’mol qilish jihatidan mamlakatda soʻnggi oʻrinlardan birini egallaydi. Bu muhim sotsial-iqtisodiy vazifa qanday hal qilinadi?
Birinchidan, paxta yetishtirishni stabillashtirish, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy etish, dalalarning hosildorligini oshirish yoʻli bilan ildiz mevali va yem-xashak yetishtiriladigan maydonlarni yanada koʻpaytirish nazarda tutilmoqda. Bu hol oʻz navbatida oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish imkonini beradi. Ikkinchidan, mehnatni tashkil etishning pudrat va ijara formalarini joriy etish, praktika koʻrsatganidek, hosildorlikni keskin koʻpaytirishga yordam beradi. Uchinchidan, mahsulotning koʻpayishiga qishloq joylaridagi hovli xoʻjaliklarining, bogʻdorchilik-uzumchilik uchastkalarining, korxonalar va tashkilotlarning yordamchi xoʻjaliklarining rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi. Toʻrtinchidan, bu ayniqsa muhim, mahsulotlarni qayta ishlash va saqlash bazalarini keskin mustahkamlamoq zarur. Chunki bunday bazalarning yetishmasligi oziq-ovqat mahsulotlarining 30-40 prosentgacha isrof boʻlishiga olib kelgandi.
Soʻngi masala haqida batafsilroq toʻxtalmoqchiman. Respublika korxonalarida meva va sabzavotlarni qayta ishlaydigan 120 liniya tayyorlanadi. Omborlarning hajmi ancha koʻpaytiriladi. Bu hol 1988 – yilda 180 ming tonna kartoshka, 371 ming tonna sabzavot, qariyb 37 ming tonna tarvuz va qovun, 45 ming tonnaga yaqin uzum, tayyorlash imkonini berdi.
Iqtisodiy siyosatning sotsial yoʻnalishi ekologik vaziyatni yaxshilash va kishilar sixat-salomatligini muhofaza qilish tomon keskin va dadil siljishlarga namoyon boʻlmoqda. 1986-1988 yillarda tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga 280 million soʻm sarflandi.
Qishloq xoʻjaligida butifosdan foydalanish qat’iyan man etildi, boshqa zararli, zaharli ximikatlarni qoʻllanish keskin kamaytirildi. Gʻoʻzalarga ishlov berishning yer usti usullari va oʻsimliklarni himoya qilishning biologik metodlari praktikaga keng kirib bormoqda. Vodoprodlar, kanalizatsiya shoxobchalari qurilishi jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda, sanitariya holatini yaxshilash yuzasidan boshqa choralar amalga oshirilmoqda.
Sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga alohida kuch-gʻayrat sarflanmoqda. Shu maqsadlarga byudjetdan ajratilayotgan mablagʻlar uchdan bir hissa koʻpaytirildi. Kasalxonalar, poliklinikalar, tugʻruqxonalarni ishga tushirish koʻpaydi. Onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha davolash va profilaktika muassasalari ustun darajada rivojlanmoqda.
$$Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti$$ va $$Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti$$ kechiktirib boʻlmaydigan dastlabki choralar sifatida 400 ta ma’muriy binoni meditsina muassasalari ixtiyoriga berish, ularni tezda sogʻlikni saqlash ehtiyojlariga moslab jihozlash toʻgʻrisida qaror qabul qildilar. Shulardan 250 tasi hozirning oʻzidayoq bemorlarni qabul qildi.
Meditsina texnikasi va aparatlariga, dori-darmonlarga ajratiladigan mablagʻlar ikki baravardan koʻp oshdi, respublika korxonalarida kasalxonalar uchun maxsus asbob-uskunalar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi.
Bu ishda $$SSSR Sogʻliqni saqlash ministrligi$$ katta yordam koʻrsatib, respublikaga yuqori malakali vrachlar va olimlar brigadalarini muntazam ravishda yuborib turibdi.
Biroq bunday oʻzgarishlar va siljishlar bizni xotirjamlantira olmaydi, qoniqtira olmaydi. Sogʻliqni saqlash borasidagi ekologik vaziyat va ahvol hamon tigʻiz boʻlib turibdi. Bir necha oʻn yillar mobaynida toʻplanib qolgan ishlarni 1-2 yilda tuzatish qiyin. Shuning uchun respublika hukumati “salomatlik” nomi bilan 1989 yilga ishlab chiqilgam programmaga muvofiq, sixat-salomatlikni muhofaza qilish ishiga mablagʻlarni yanada koʻpaytirishni nazarda tutmoqda. Oʻn uchinchi besh yillikda esa bu mablagʻlar ikki yarim baravar oshadi. Xuddi shu muddatlarda butun aholini bosqichma-bosqich dispanserizatsiyadan oʻtqazish vazifasi hal etiladi.
$$KPSS Markaziy Komiteti$$ va $$SSSR Ministrlar Soveti$$ning $$“Orol dengizi rayoni$$da ekologik va sanitariya vaziyatini tubdan yaxshilash, uning havzasidagi suv va yer resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilishni kuchaytirish choralari toʻgʻrisida” yaqinda qabul qilgan qarori respublikada ekologik vaziyatni, binobarin, xalqning sihat-salomatligini ham tubdan yaxshilashning keng istiqbollari va imkoniyatlarini ochib berdi.
$$Sotsial va iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish partiya$$ va xalqning doimiy e’tiborida boʻlib, oʻsib kelayotgan yosh avlodni oʻqitish va tarbiyalashni tubdan yaxshilash, xalq ta’limining butun sistemasini isloh qilish vazifasini qoʻydi. Respublika hukumati oʻrta, hunar va oliy maktablarning moddiy-texnika bazasini tubdan mustahkamlash, ularni zamonaviy asboblar bilan jihozlashnigina oʻz vazifasi deb bilayotgani yoʻq. Respublikaning bugungi talablari va istiqbollarini hisobga olgan holda, ishchi mutaxassislarni tayyorlash strukturasining oʻzini ham qayta qurish, fan-texnika revolyutsiyasi talablariga muvofiq ularning malakasini keskin oshirish ham juda muhimdir.
Regional doiraga biqinib, bu vazifalarni hal etish mumkin emas. Mamlakatning yetakchi ilmiy oʻquv markazlari bilan aloqalarni kengaytirish, oʻzaro mutaxassislar ayirboshlashni koʻpaytirish yoʻli bilangina ishlab chiqarish va madaniyatning zamonaviy darajasiga koʻtarilish mumkin. Bu ayniqsa, tub millat yoshlaridan industrial ishchilar sinfining yangi ortryadini tayyorlashga taaluqlidir. $$Oʻzbekiston$$ning minglab yigit va qizlari RSFSR, $$Ukraina$$, $$Belorussiya$$ning hunar-texnika oʻquv yurtlarida ta’lim olmoqdalar. Ular eng yangi texnika – raqamli boshqariladigan dasgohlar, robotlar, kompyuterlar bilan ishlash koʻnikmalarini hosil qilish bilan birga, jamiyatimizning yetakchi kuchi boʻlgan ishchilar sinfining chinakam internatsional, kollektiv ideologiyasi bilan ham boyimoqda.
Respublikada butun mehnatga yaroqli aholini ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etish muammosi oʻtkir boʻlib turibdi. Bu vazifa yangi ishga tushirilayotgan korxonalarda yangi ishchi oʻrinlarini barpo etish, mavjud korxonalarning quvvatini oshirish, respublikaning Noqoratuproq, Sibir va Uzoq Sharqni rivojlantirishdagi ishtirokini koʻpaytirish, kooperatsiyasini va yakka tartibdagi mehnat faoliyatini oshirish yoʻli bilan ham hal etilmoqda. 1987-1988 yillarning oʻzidagina 400 mingdan koʻp kishi ishga joylashtirildi.
Respublikada yetilgan sotsial-iqtisodiy muammolarni turli regionlarning manfaatlarini bir-biriga qarama-qarshi qoʻymasdan, oʻzini undan ajratmasdan, qaytaga oʻzaro aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish yoʻli bilan hal etmoq kerak. Masalan, $$Toshkent oblasti$$ning $$Estoniya$$ va $$Oltoy$$ bilan $$Xorazm oblasti$$ning sibirliklar bilan tuzgan shartnomalari katta samara bermoqda. Biz ularga sabzavot, hoʻl meva bilan yordam bersak, ular bizga kartoshka, goʻsht, sanoat mahsulotlari yuborishyabdi. $$Andijon oblasti$$da almashuv operatsiyalari hisobiga yogʻoch materiallari muammosi toʻla hal etildi. Yangi iqtisodiy mexanizm bunday oʻzaro barakali harakatlar uchun keng imkoniyatlar ochib bermoqda.
Iqtisodiy va sotsial rivojlanishni jadallashtirish masalalari respublika xalq xoʻjaligining samaradorligini oshirish bilan uzviy bogʻliqdir. Yuqorida koʻrsatilganidek, respublikada bazi ijobiy siljishlar yuz bermoqda.
Biroq ularning miqyoslari va sur’atlari shu kunning talablariga ham, bizdagi imkoniyatlarga ham javob bermaydi. Respublika aholi jon boshiga milliy daromad boʻyicha mamlakatda soʻngi oʻrinlarda turadi. Umumittifoq fondidan $$Oʻzbekiston$$ning bu yilgi byudjetiga dotatsiya qariyb ikki milliard soʻmni tashkil etadi. Korxonalarning qariyb chorak qismi, shu jumladan xoʻjalik yuritishning yangi sharoitiga oʻtgan korxonalar ham plan va shartnoma majburiyatlarini bajara olmadilar. 250 million soʻmlikdan koʻproq mahsulot kam yetqazib berildi. 300 dan koʻp korxona ishlab chiqarish hajmini oʻtgan yildagiga nisbatan kamaytirib yubordi. Xalq xoʻjaligi barcha boʻgʻinlarini texnika jihatidan qayta rekonstruksiya qilish juda sust bormoqda. Aholining talabiga javob bermaydigan, sorti past mahsulotlarning hissasi katta. Nihoyasiga yetkazilmagan qurilishlar hajmi kamaymayotir. Savdo, maishiy, kommunal xizmat koʻrsatish hajmi hamon yetarli emas, transport va aloqa sust rivojlanmoqda.
Xoʻjalik muammolarini hal etishning bosh yoʻli – tub iqtisodiy islohot, xoʻjalik hisobiga oʻz xarajatini oʻzi qoplash va oʻz-oʻzini mablagʻ bilan ta’minlashga oʻtishdir. Bunday tub burilish boshqaruv va ishlab chiqarishning hamma boʻgʻinlari faoliyatini keskin qayta qurishni talab etadi.
Parallelism va takrorlashni bartaraf etish, byurokratizmga qarshi kurash maqsadida respublika xalq xoʻjaligi kompleksini boshqarishni qayta qurishning bosh sxemasi asosan amalga oshirildi. Natijada ministrliklar, idoralar, respublika boshqa xoʻjalik organlarining soni 50 tadan 34 taga qisqardi, boshqaruvning oʻrtaboʻgʻini qariyb 130 birlikka qisqardi. Oblastlar va rayonlar yiriklashtirildi. Natijada apparat xodimlari sonining oʻzigina 29 ming kishiga, yani 25 protsent kamaydi.
Lekin gap miqdoriy qisqarishda,, ortiqcha, toʻgʻrisini aytsak, mehnat kollektivlari va boshqaruv organlari oʻrtasidagi byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etishdagina emas. Ular hozir ishlab chiqarishga yaqinlashtirilgan, korxonalar, tashkilotlar va xoʻjaliklarning ish faoliyati samaradorligiga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq qilib qoʻyilgan. Bizningcha xuddi shu aloqalarni iqtisodiy, xoʻjalik hisobi asosida yanada rivojlantirish boshqaruv sistemasini yanada takomillashtirishga olib boradigan yoʻldir.
Iqtisodiy islohotning taqdiri, avvalo, ishlab chiqarish boʻlinmalarida hal etiladi. Yangi sharoitdagi ishlarning dastlabki tajribasi shuni koʻrsatadiki, xoʻjalik hisobi rad etish boʻlmaydigan afzalliklarga ega ekan, u avtomatik tarzda harakat qila olmaydi. Bu afzalliklarga yangi xoʻjalik mexanizmining hamma nozik jihatlari va detallari puxta ishlab chiqilgan joylarda, yani davlat buyurtmasi va ishbilarmonlikbilan tuzilgan erkin shartnomalarning bir-biriga eng maq’bul nisbati aniqlab olingan, texnikaviy jihozlash va moddiy texnika ta’minoti masalalari hal etilgan, sex va brigade ichki xoʻjalik hisobi sistemasi joriy etilgan, moddiy omillar amal qiladigan, har bir mehnatkash iqtisodiy ta’limga jalb etilgan joylarda erishiladi va hokazo.
Ishga shunday uddaburonlik va ishning koʻzini bilib yondashish $$“Chirchiqselmash” birlashmasi$$ga mahsulot yetqazib berish, mehnat unumdorligini oshirish planini 100 protsent bajarish plandan tashqari 800 ming soʻm foyda olish imkonini berdi.
Mehnatkashlarning ish haqqi oshibgina qolmay, balki sotsial masalalar ham muvaffaqiyatli hal etilmoqda. Korxona ishlab topgan mablagʻlar hisobiga 50 dan koʻp kvartira qurildi, zavodda kiyim-kechaklarni ximiyaviy tozalash punktlari, poyabzal remonti, maishiy texnika punktlari, sport kompleksi ochilgan, bogʻdorchilik-uzumchilik shirkati tuzilgan.
Bunday misollarni koʻplab keltirish mumkin. Ular iqtisodiy islohotning juda katta imkoniyatlari borligidan dalolat beradi. Lekin shu bilan birga, koʻpgina faktlar ham borki, ular xoʻjalik hisobiga oʻtib mexanik ravishda, hech qanday tayyorgarliksiz amalga oshirilganligini va oqibatda kutilgan natijalarga erisha olinmaganligini koʻrsatadi. Yangiyoʻldagi 2-gʻisht zavodlari boshqarmasida mahsulot ishlab chiqarish keskin kamayib ketdi. Mehnat unumdorligi pasayib ketdi, gʻisht yetkazib berish planlari bajarilmadi. “Djizakstroy” tresti moliyaviy inqirozga uchradi. Oʻtgan yilning oʻzidagina uning zararlari ikki million soʻmdan oshib ketdi.
Ayniqsa, agrosanoat kompleksida xoʻjalik hisobiga va oʻzini-oʻzi mablagʻ bilan ta’minlashga oʻtish muammosi oʻtkir boʻlib turibdi. Agar $$Qoraqalpogʻiston ASSR$$ning $$Leninobod rayoni$$da ijara pudrati mahsulot ishlab chiqarishni 16 protsentdan ziyodroq koʻpaytirish, rentabellikni 34 protsent oshirish imkonini bergan boʻlsa, $$Toshkent oblasti$$ning $$Boʻka rayoni$$da fondler samaradorligi kamaydi. Davlat bankining qarzlari boʻyicha muddati oʻtib ketgan qarz oʻsib, besh million soʻmga yetdi.
Shu yildan boshlab respublikaning butun xalq xoʻjaligi oʻzini-oʻzi mablagʻ bilan ta’minlashga oʻtdi. Bu hol hukumat, ministrliklar va idoralar, mahalliy sovet va xoʻjalik organlari oldiga bir qator murakkab muammolarni qoʻydiki, ularni hal etishga barcha kuchlarni safarbar etish lozim. Bu oʻrinda gap, avvalo, xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlarini moliyaviy jihatdan sogʻlomlashtirish, korxonalarning, tashkilotlar va xoʻjaliklarning zarar koʻrib ishlashini tugatish haqida bormoqda. Ayni kunda respublikada bunday korxonalar, tashkilotlar va xoʻjaliklar soni 770 dan koʻpdir.
Shu masala yuzasidan maxsus programma ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. Bir qator kollektivlarga Ittifoq va respublika fondlaridan moliyaviy yordam koʻrsatilmoqda. Ularning koʻpchiligiga bank krediti ochildi. Zarar koʻrib ishlayotgan bazi korxonalar oʻzaro foyda asosida iqtisodiy kuchli korxonalar bilan hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar tuzdilar. Umid qilib boʻlmaydigan mayda, qoloq korxonalar mehnat kollektivlariga ijaraga berilmoqda. Ular kooperativ ish formasiga oʻtmoqdalar. Boshqa regionlar korxonalari, shuningdek xorijiy firmalar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar va hamkorlik yangi istiqbollar ochadi.
$$Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti$$ respublika xalq xoʻjaligida iqtisodiy islohotni amalga oshirish borasidagi oʻz mas’uliyatini toʻla his etadi. Barcha ministrliklar va idoralarda vakolatli rahbarlar, malakali mutaxassislar, iqtisodchi olimlar brigadalari tuzilib, ular har bir qoloq korxonaga, tashkilotga va xoʻjalikka birkitib qoʻyilmoqda. Ular partiya, sovet, xoʻjalik organlari bilan birgalikda har bir mehnat kollektiviga ta’sirchan amaliy yordam koʻrsatishlari kerak. Bu ishga Gosplan, Moliya ministrligi, banklar va respublika boshqa organlari qoʻshilayabdilar.
Bizning respublikamiz iqtisodiy islohot yoʻliga kirib, regionlararo aloqalarni mustahkamlagan holda, yangi, 1989 yilga dadil kirib keldi. Bizning respublikamiz yangi yilga partiya, hukumatning, mamlakatning gʻamxoʻrligi va diqqat-e’tiborini, barcha respublikalar bilan qardoshlarcha birlikni his etgan holda qadam qoʻydi. Respublikamiz yangi yilga katta planlar bilan, yagona xalq xoʻjaligi kompleksining ajralmas bir qismi ekanligini aniq ravshan anglagan holda qadam qoʻydi. Bu esa sovet xalqlari birligi va jipsligining asosiy va moddiy mujassami, jamiyatni qayta qurish yoʻlida sotsial-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirishning garovidir.
Total words
2,707
Unique words
1475
Annotated anthroponyms
1
Toponyms
31
TTR
0.545
Hapax
1,037
Distribution
Top frequency chart
Dataset