$$«Partiya XXIV siyezdi» sovxoʻzi$$ $$Ulyanov rayoni$$da qoramolchilikka ixtisoslashgan yirik xoʻjalik. Fermalarda 4185 bosh qoramol boqilmoqda. Sovxozda oʻtgan yili mavjud sigirlardan 1800 tonnadan sal ortiqroq sut sogʻib olinib, yillik marraga zoʻrgʻa erishildi. Ana shuning oʻzi xoʻjalikda chorvachilik mahsulotlari yetishtirishda mavjud rezerv va imkoniyatlar ishga solinmayotganligini koʻrsatmoqda.
Toʻgʻri, sut yetishtirishda avvalgi yillarga nisbatan biroz oʻsish ta’minlangan, lekin bu siljish bugungi talabga javob beradi, degan gap emas.
Fikrimiz xoʻjalik rahbarlariga yoqmagandek boʻldi.
— Oldingi yilga nisbatan har bosh sigirdan oʻrtacha 310 kilogrammdan ziyodroq sut sogʻib oldik, — dedi sovxoz direktori [N. Sariqov], — Nima, bu ozmi?
Koʻpligini hech kim inkor etmaydi. Biroq qayta qurish davri, jadallashtirish talabi erishilgan yutuqlar bilan qanoatlanib qolmaslikka da’vat etadi. Xoʻjalikda erishilgan yutuqlardan hotirjamlikka berilib, mollar parvarishi susaytirib yuborildi. Natijada shu kecha-kunduzda sogʻin sigirlar sutining hajmi bir muncha kamaydi. Har bosh sigirdan 5–6 kilogrammdan sut sogʻib olinmoqda, xolos. Xoʻjalikda 1986 yilda davlatga goʻsht sotish rejasi 90 protsent atrofida qoldi. Chunki mollar goʻshtga belgilangan semizlikka yetkazilmasdan topshirib yuborilmoqda. Har bir qoramolning tirik vazni arang 300–330 kilogramm tosh bosyapti. Ozuqa yetmaydimi? Yetadi, albatta. Faqat boʻrdoqiga boqilayotgan qoramollar parvarishi ustidan nazorat va ishda talabchanlik sust, xolos.
Sovxozda mahsuldorlikni yanada oshirish uchun bundan keyin ham ozuqa bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida jiddiyroq oʻylash kerak boʻladi.
Article
Yechimini Kutayotgan Muammolar
Total words
197
Unique words
171
Annotated anthroponyms
1
Toponyms
2
TTR
0.868
Hapax
151
Distribution
Top frequency chart
Dataset