Respublikamiz ateist-olimlari ateistik tarbiyadagi muhim mafkuraviy ishda bir muncha ijobiy oʻzgarishlar, siljishlar qilishga urinmoqdalar. Yangi-yangi tadqiqotlar vujudga kelmoqda. [T. Dozent Javljiev]ning $$Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi$$ning nashriyoti tomonidan yaqinda chop etilgan «Tabiat, inson va din» asari ana shular qatoriga kiradi.
Asarda respublika qishloq aholisining ateistik e’tiqodini qaror toptirishda tabiiy-ilmiy bilimlarning roli bayon etilgan. Sistemali ravishda toʻplangan kuzatuvlar, individual suhbatlar va konkret sotsiologik tadqiqot natijalariga oid materiallar tahlil qilib berilgan. Bundan tashqari, tadqiqotda bir qancha umumlashtirma xarakterdagi xulosalar, maslahatlar, koʻrsatmalar ham berilgan. Ateistik ta’lim, targʻibot va tarbiya ishlarini olib borishda tabiiy-ilmiy bilimlardan foydalanishda yoʻl qoʻyilayotgan qator kamchilik va chalkashliklar koʻrsatib oʻtilgan. Bularning hammasi tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirgan.
Ma’lumki, sotsial adolat prinsiplarining buzilishi, ateistik tarbiya saviyasining pastligi, tabiiy-ilmiy bilimlarning keng mehnatkashlar ommasiga har doim ham lozim saviyada yetkazilmasligi, ba’zan esa e’tiqodsizlik va mas’uliyatsizlik ortasida diniy xurofotlar jonlanib qoladi yoki vaqtincha oʻz ta’sirini oshiradi. Asar materiallari ana shu murakkab masalalar toʻgʻrisida oʻylashga undaydi.
Tadqiqotning ikkinchi qismida insonning oʻzi, uning ruhiy dunyosini bilish, bu toʻgʻrida psixologiya, fiziologiya, tibbiyot, biologiya, genetika, etnografiya, demografiya va boshqa fanlar beradigan ilmiy tasavvurlar markscha-lenincha metodologiya asosida tahlil etilgan.
Insonning ruhiy dunyosi, uning murakkabligi, hali ochib berilmagan sirli tomonlari koʻp ekanligi toʻgʻrisidagi hozirgi zamon tabiatshunosligi dalillari (132–150-betlar) ateistik ta’lim va tarbiya uchun juda zarur, qimmatli material beradi.
Tadqiqot ayrim kamchiliklardan ham xoli emas. Ba’zi joylarda muallif bayoni bir butunlik va izchillikka ega emas. Har bir mavzu boʻyicha din, xususan, islom konsepsiyasi yoritilib, dalillar keltirish yoʻli bilan bayon etilishi, soʻngra esa ular izchil talqin va tanqid qilinishi zarur edi. Tadqiqotning koʻpgina joylarida goh islom aqidalari haqida gap ketayaptimi yoki islomgacha boʻlgan tasavvurlar haqida boryaptimi, buni ajratib olish qiyinroq.
Ba’zi joylarda ilmiy materiallar va xulosalardan foydalanilganda ularga notanqidiy yondashish tendensiyasi ham mavjud.
[Islom] kosmologik konsepsiyasi toʻgʻrisida soʻz yuritganda, burjua, xususan, xorijiy sharq olimlari oʻrtaga qoʻyayotgan talqinlar tanqidiy tahlil qilinganda, bu masalani tushunishga oydinlik kiritishi mumkin boʻlgan sovet olimlari tadqiqotlaridan keng foydalanilganda risolaning qimmati yanada oshar edi.
Shunga qaramay, mazkur asar — ateizmni tabiiy-ilmiy asoslashga bagʻishlangan amaliy xarakterdagi qimmatli tadqiqot. U ateizm amaliyoti uchun, shubhasiz, katta foyda keltiradi.