$$Toshkent$$dagi $$[Shumilov] yuk stansiyasi$$ yuzdan ortiq korxona va tashkilotga xizmat koʻrsatadi. Bir yoqadan bosh chiqarib, astoydil mehnat qilinayotganligi natijasida besh yillikning dastlabki yili yaxshi yakunlandi. Muvaffaqiyatlar yangi yilda ham ishlarni dadil boshlashga sharoit vujudga keltirdi.
Stansiya kollektivi «Uzglavmetallsnabsbit», toshtarosh, yogʻochni qayta ishlash kombinati, $$Toshkent$$ tajriba mexanika-ekskavator zavodi kabi korxona hamda tashkilotlarning sherikchilikdagi shartnoma majburiyatlariga amal qilib kelayotganliklaridan xursand. Bu korxonalar oʻtgan yili va shu yilning dastlabki kunlarida jarimalarga barham berdilar yoki uni keskin kamaytirishga erishdilar.
Biroq temir yoʻl transporti xizmatidan foydalanish tartib-qoidalarini buzayotgan, yuklash-tushirish ishlarini oqilona tashkil etmaslik natijasida vagonlarni muddatidan koʻproq ushlab jarima toʻlayotgan korxonalar ham oz emas. Ayniqsa, $$Toshkent tara-remont korxonasi$$dagi ishlar achinarli. Korxona yil sayin jarima toʻlashdan qutula olmayapti. Korxona direktori vazifasini bajaruvchi [Qoʻrgʻonbek Nurenbetov] bergan ma’lumotga koʻra, oʻtgan yili 270 soʻm jarima toʻlangan. Stansiyadan ma’lum qilishlaricha, oʻtgan yilning atigi toʻqqiz oyida korxonadan 377 soʻm jarima undirilgan. Rahbar bu bilan korxonasi aybini kamaytirib koʻrsatmoqchi boʻldi-yu, biroq yolgʻonning umri qisqaligini oʻylab ham oʻtirmadi.
Haqiqiy ahvol esa ayanchli. 60 ming soʻmdan koʻproq mablagʻ sarflanib, 442 metr uzunlikda korxonaga kirish yoʻli qurilgan edi. 1972 yilda qurilishi boshlanib, 1978 yilda nihoyasiga yetkazilgan bu yoʻl haligacha ishga tushirilmagan. Hozir relslar zanglab, yogʻoch shpallar chirib, ishdan chiqib yotibdi.
Yangi yilning dastlabki kunlari boshlangan boʻlsa-da, 2-remont-qurilish boshqarmasi, Toshkent «Mebel» ishlab chiqarish birlashmasi, metallni qayta ishlash birlashmasi ham oʻtgan yilgi nuqsonlarni yana takrorlamoqdalar. Bu korxonalar hozirning oʻzidayoq yuzlab soʻm mablagʻni jarima sifatida sovurganlariga nima deysiz! Masalan, 2 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 11 dan 30 minut oʻtganda remont-qurilish boshqarmasi tarmoqli yoʻliga 7755290, 7752287 raqamli vagonlarda keltirilgan bitum 4 yanvar soat 10 da tushirib boʻlingan. Normadan ortiqcha 42 soat toʻxtatib qolingan ikki vagon uchun korxonaga 414 soʻm 40 tiyin jarima solingan.
Shu kabi «Mebel» ishlab chiqarish birlashmasiga 1 yanvar soat 23 dan 40 minut oʻtganda yuk olib kelgan 23025042 raqamli vagondagi taxta 4 yanvargacha turib qoldi. Soat 18 da boʻshatilib temir yoʻlga qaytarilgan vagon 53 soat ortiq ushlab qolingani evaziga korxonadan 140 soʻm 60 tiyin undirilgan. Metallni qayta ishlash birlashmasi esa oʻziga xom ashyo keltirilgan vagonni normadagidan 32 soat koʻproq ushlab qoldi. Buning evaziga 63 soʻm 60 tiyin jarima toʻlandi. Afsuski, bunday ayanchli misollar oz emas.
Oʻz kirish yoʻliga ega boʻlgan korxonalar rahbarlari yuklash-tushirish ishlarini takomillashtirish choralarini koʻrmayotganliklari, texnika vositalari eskirib qolgani, yoʻllarning qarovsizlikdan remontga muhtojligi ana shunday holga sabab boʻlmoqda.
Stansiya maydonida yuklash-tushirish ishlariga halaqit berayotgan koʻplab buyumlarga duch kelasiz.
— Bular turli korxona va tashkilotlarga qarashli, — dedi stansiya boshligʻi [Murod Xolisov] tashvishli ohangda. — Mashinasozlik uchun xom ashyo yetkazib beruvchi korxonaga kelgan yuk deyarli toʻrt oydan buyon olib ketilmayapti. Shuningdek, $$Olmaliq kon-metallurgiya kombinati$$, metallni qayta ishlash korxonasi, Chirchiqdagi «Elektroximmash» zavodi, «Sredazkabel» birlashmasi kabi qator korxonalar yuklarini koʻpdan buyon tashib olmagan.
Temir yoʻl xizmatidan foydalanishdagi bunday ahvolga xotima berish kerak.