🔍

Article

Ikkinchi Umr

By Haydar Nosirov • in 1988

Ular mashinadan tushganda kun yoyilib qolgan edi. Saraton quyoshi mavjlanib turgan koʻl uzra zarhal kipriklarini qadagan. Suvning lolarang tus olgan yerida oppoq yelkanli qayiq ohista suzardi. Undan berida gʻurullab kelayotgan motorli qayiq choʻmilayotganlar yaqinidan toʻlqinlar taratib oʻtdi. Ota-bola gavjum qum sohildan nariroq, xoli joy tanlashdi. Turob aka chaqqongina yechindi-da, qiziy boshlagan qumga yastandi. [Dilshod] esa, oʻzini suvga urdi.
— Olislama, qirgʻoq boʻylab suzaver.
Ota oʻgʻlining toʻlishayotgan bilaklari, sabza moʻylabini xuddi endi koʻrayotgandek kuzatarkan, koʻngli ravshan tortib ketdi. [Dilshod] bir oyoqlab sakragancha qulogʻiga kirgan suvni tushirib, biroz chalkancha yotdi-da, keyin shoʻxlik bilan bir buranib, koʻzini bir nuqtadan ololmay qoldi. Yangi nasida yuziga gazetani soyabon qilib yotgan otasining oftobda qizarib ulgurmagan badanida chandiq izlari yaqqol koʻrinib turardi. Oʻgʻliga gazeta ostidan koʻz qirini tashlab turgan [Turob] aka uni chalgʻitmoqchi boʻldi.

— Hmm, oʻgʻlim jimib qoldingiz. Suv qanday?!
— Mazza.
[Dilshod] javobni qisqa qilib, maqsadga koʻchdi.
— Dada!..
[Turob aka] bir nimani sezgandek, oʻtirib oldida, «xoʻsh» degandek oʻgʻliga maʼnoli qaradi.
— Tunov kuni ham gap koʻp, naq «Ming bir kecha», kezi kelganda aytib berarman, deb qoʻyqoluvidiz. Balki hozir...
— Toza, yana chandiqmi, sira qõymading-da, oʻgʻlim. Qani, bir shoʻngʻib chiqaylik, kun otashiga olayapti-ku.
Ovozida va qarashida «aytaman, oʻgʻlim, senga aytmasam, kimga aytaman», degan maʼno bor edi. Suvga tushib borarkan, [Dilshod]ga eshittirib gapirdi:
— Quyosh oʻt purkayversa-yu, suv boʻlmasa. Unda nima boʻlardi-a?! Muzdek suvning sehri bormi, deyman, bunchalik orombaxsh.
U hamon xayollanib oʻtirgan oʻgʻli yonidan qulayroq joy oldi va namxush qumga kaftini bosgancha vazmin soʻzlay boshladi.
— Boʻlmasa, eshit. Taqdir ekan. Bolalikda ota-onam mehriga qoniqolmay qoldim. Bu, Oktyabr inqilobining yettinchi yili edi chamasi. Togʻam [Abdulmalik] oʻgʻil-qizlari qatoriga oltinchi qilib meni ham oldi. U kishining yelkalaridan ketmon tushmasdi. Ilmning qadriga yetardilar. Yaqib, savodimni chiqarishimga imkon yaratdilar. Shu xonadonda ulgʻaydim. Hozir sizlar «ToshDU» deb yuritadigan dorilfununni biz SAGU derdik. Kimyogarlikka oʻqirdim. Yigirmaga qadam qoʻygan kunimdan bir hafta oʻtib, «urush boshlandi» degan shum xabar tarqaldi. Oʻqish-oʻqishda qoldi. Fashist quzgʻunlari yurtimizda boshlangan katta ishlarning oʻlda-julda toʻxtashiga zomin boʻldi.
[Turob] aka bir oz jimib qoldi. Soʻng qum ostidan yarim koʻrinib turgan yassi toshni olib, suv yuziga siypalatib otdi. [Dilshod] esa, «keyin nima boʻldi», deganday qarab turardi.

— Maktabdoshlar bilan gapni bir yerga qoʻyib, frontga koʻngillilar qatoriga yozilish vajidan harbiy komissariatga bordik. Ammo biz oʻylaganchalik boʻlmadi. «Fashistning nusxasini koʻrishga oshiqmanglar. Hali ulgurasizlar. Urush — dahanaqi jang emas», deyishdi. Bizni $$Olmaota$$dagi piyoda askarlar oʻquv yurtiga yoʻllashdi. Vaqt kutmasdi. Koʻp oʻtmay, harbiylikdan maʼlumotimiz oshdi- qoʻydi. Shundan keyin $$Oʻzbekiston$$ning koʻpgina shaharlarida alohida tayyorgarlik koʻrildi. Shu bilan 94-alohida oʻqchi brigadaning 1-batalonida tankka qarshi qurol vzvodi komandiri qilib tayinlandim. $$Moskva$$ ostonalariga yoʻl oldik. Kech kuz, hamma yoqni qor qoplagan. Izgʻirin shamol yuz-koʻzingni yumdalagudek. Bu yerda koʻp olib turishmadi. Maxsus tekshiruvdan oʻtgach, front chizigʻiga, ona yurtimizning katta yeriga, janggohga olib kelishdi. Dastlabki hujum Selevano temir yoʻl stansiyasi uchun boʻldi. $$Rubashkin qishlogʻi$$, $$Milyutin stansiyasi$$ni bosqinchilardan ozod etishda yuzlab nemis soldatlari asir olindi. $$Morozov stansiyasi$$ uchun jangda esa, gitlerchilar tepalikdagi muhim pozitsiyadan turib qattiq qarshilik koʻrsatdi. Pistirmaga joylashib olgan dushman pulemyot va minomyotdan oʻq yomgʻiri toʻkaverdi. Biz ham boʻsh kelmadik. Ikki yigitimiz oʻrmalab borib, «xirgoyi» qilib turgan dushmanning «unini oʻchirib», kulini koʻkka sovurishdi. Rota oyoqqa turdi. Komandirning:
— «Olgʻa!» — buyrugʻi bilan «Ura!» sadolari yangradi. Ammo dushman snayperi oʻz ishini qildi: komandirimiz koʻksini changallagancha munkayib qoldi.
— [Turob]! Ahvolimni koʻrib turibsan! Rotani senga topshiraman. Eshitdingmi, leytenant, buyruqni bajar!
Men noiloj «eshitaman», dedimu, ishga kirishdim. Toʻrtga boʻlinib tepalik sari intildik. Maqsad — dushmanni qurshovga olish edi. Endi snayperchi men bilan «hazillasha» boshladi. Bir oʻq qulogʻim ostidan «sozini» chalib oʻtdi. Chap berishga urindim. Boʻlmadi. Uchtasi peshonamda qarqilladi. Kaska jonimga oro kirdi. Qoʻrgʻoshin choʻgʻlari qorga iz soldi. Fashistlar ketar jafosi qilib, yana minomyotlarini sayrata boshlashdi. Otishma koʻpga bormadi. Biroq moʻljalga tushgan minalardan birining parchasi hushimni oldi. Koʻzimni ochsam, koʻtarib ketishyapti. Ogʻriqqa chiday boʻlmasdi. «Dushman tepalikdan uloqtirildi!» soʻzlari qulogʻimga chalindi. Oʻzimga kelsam, qarshimda oq xalatli kishi turibdi.
— «Dard boshqa, ajal boshqa», deganlari shu-da. Boʻlmadi, deb qoʻl siltagan edik. Endi yashaysiz, oʻrtoq [Hojiev]. Qoʻldan kelgancha «sanʼat» koʻrsatdik. Qurgʻur, oʻzi ham oyoqni yorib, biqinga kelib tiralgan ekan-da. Mana, olib qoʻying, esdalikka.
Dala gospitali jarrohi kaftimga temir parchasini qoʻyib, omonlik tiladi. Menga esa: «Bosqinchilarning dodini berishning haddini olib turganda, yostiqdan bosh koʻtarolmasam-a! Muhimi, tirikman. Oʻladigan ahmoq yoʻq», derdim oʻzimga-oʻzim. «Hali qiladigan ishlar koʻp», degan hayol tinchlik bermasdi. Ahvolim qoʻzgʻolgulik emas. Balashovda yotganimda harakatlar zoe ketmayotgani, behuda qon toʻkilmayotganini his etdim. Buyuk gʻalaba yoʻlidagi keskin burilish — Stalingrad uchun olib borilgan hayot-mamot jangi haloskor armiyamiz foydasiga hal boʻlgandan behad quvondim. Qirq uchinchi yilning yozida oʻzimda quvvat sezib, frontga joʻnatishlarini soʻradim. Yoʻl boʻlsin. «Sernovodsk suviga ham tushib keling», deyishdi. Xullas, boʻlmadi. Shifobaxsh suv ham meni frontga qaytarolmadi. Vaqtinchalik harbiy xizmatga yaroqsiz qilib, olti oyga Toshkentga qaytarishdi.
— Hech oʻksinmang, bolam. Dunyoda bosh toshdan boʻlsin ekan. Hozir bu yer frontdan sira qolishmaydi. Mehnat ham oʻzicha jangu-jadal.
Togʻam shunday deb bagʻrini ochdi. Quloch yozganimda qoʻltiq tayoqlarim yerga taraqlab tushdi.
Vujudi quloqqa aylana yozgan [Dilshod] dadasining hikoyasini ming alpozga tushib tinglarkan, gap shu yerga kelganda allanechuk boʻldi. Bir nimani yutolmay turganday, tomogʻini paypaslab qoʻydi...
— Muddati tugagach, harbiy komissariatga chaqirishib, koʻksimga «Jangovar xizmatlari uchun» medalini taqib qoʻyishdi. Frontdan ogʻiz ham ochishmadi. Qarabsanki, 22 yoshimda nogiron boʻlib qoldim. Davr ogʻir edi. Bir yoqi tirikchilik. Oʻzimga munosib ish qidirib, «Gastronom» boshqarmasiga ham kirib koʻrdim. «Savodli ekansiz... oʻtirib bajaradigan koʻmakchi ish bor, xohlasangiz», deyishdi. U paytlar transport qayoqda deysan. Faqat azon va kechda tramvay gʻiyqillagani eshitilardi. Eski shaharning $$Chorsu$$sidan $$Sarfaroz mahallasi$$ni oralab $$Urdaning koʻprigi$$ orqali Asakinskigacha piyoda qatnashga toʻgʻri keldi. Qish boʻldi, yoz boʻldi. Bahorga chiqib, zimdan hozirlanib yurgan ekanlarmi, «Boshni ikki qilib qoʻymasak, boʻlmaydi», deb qoldilar. Tasodifni qara, toʻyimiz Gʻalaba kuni — qirq beshinchi yilning toʻqqizinchi mayiga toʻgʻri keldi, togʻam.
Oʻzining naqadar baxtli ekanini yurakdan his etib oʻtirgan Dilshod, dadasi timsolida shu kunlarimizning farogʻati, halovati uchun kurashganlarning metindek irodasi, sabr-bardoshi, ezgulik sari yoʻlbardorligini jonli lavhalarda koʻrgandek boʻldi. U, ana shunday xayollar ogʻushida qoldi.
—“Oliy maʼlumot olishga ham ulgurgansiz-a”, — deb yubordi.
— Ha, Gʻalabadan keyin oʻqish endi sirtdan boʻla qolsin, deb Savdo institutida tahsil olib yurardim. Ellik uchinchi yil men uchun unutilmas, quvonch yili boʻlib kirdi. $$Shonli Kommunistik partiya$$ safiga qabul qilindim. Oradan bir yil oʻtib, Moskvaga borish uchun layoqatlilar qatorida yoʻllanma berishdi. Oʻqishni $$Oliy savdo maktabi$$da davom ettirdim.
Uch yillik oʻqishni ikki yilda uddalab, «Sovet savdosi tashkilotchi-ekonomisti» ni egalladim. Shunaqa, oʻgʻlim. Bunday hikoya menga maroqli boʻlmasa ham, balki sendaka yoshlarga qiziq tuyular. Yaraning oʻrni bitib, chandigʻi qolgan boʻlsa ham, qayta oyoqqa turib ketgan boʻlsam ham, unutib boʻlarmidi. Urush qursin, nomi oʻchsin!.. Kun ham ogʻib qolibdi. Tura qol, ketamiz...
[Dilshod] ota mehriga ana shu yoʻsinda qoniqqaniga ham oʻn yildan oshdi. Hozir u dadasi egallolmay qolgan mutaxassislik — kimyotexnolog boʻlib, [Lenin]grad aspiranturasida ilm olmoqda.
$$Respublikada xizmat koʻrsatgan savdo xodimi$$, $$Sovet savdosi aʼlochisi$$ [Turob aka Hojiev] qariyb 20 yildan beri «Uzkostorg» ulgurji bazasini boshqarib kelmoqda. Respublika katta xoʻjaligining bir jabhasini «tebratib turibdi». Shahar-qishloqlardagi zinapoyalar peshtaxtalarida 2 mingdan ziyod nomdagi molning muddatida yangilanib turishida ana shu kamtar, kamsuxan urush veterani ulushi bor. Oʻlimni dogʻda qoldirib, hamon magʻizdek xalq xizmatida yurgan miqti gavdali kishi mahalladoshlari davrasiga kirganda keksayu yosh uning suhbatiga mahtal boʻlib turadi. Jamoat [Turob] akani mahalla ahli bosh qilib saylagan.

Total words

1,133

Unique words

878

Annotated anthroponyms

16

Toponyms

13

TTR

0.775

Hapax

752

Distribution

Top frequency chart

Dataset