🔍

Article

Bebaxo Boylik

By U. Mirahmedov, tibbiyot fanlari doktori, … • in 1988

Keyingi yillarda respublikamizda teri va tanosil kasalliklarini davolash, ularning oldini olish choralari ustida koʻp ish qilinmoqda . Ma’lumki, respublikamizda birinchi marta teri va tanosil dispanseri 1924-yilda $$Toshkent$$da ochilgan edi. Keyinchalik Teri va tanosil ilmiy-tekshirish instituti tashkil topdi.
Jonajon partiya va hukumatimizning otalarcha gʻamxoʻrligi tufayli sogʻliqni saqlash ishlariga koʻplab mablagʻlar ajratilmoqda. Natijada dermatologiya va venerologiya yanada rivojlandi va davolash-profilaktika muassasalari soni ortdi.
Hozir respublikamizda beshta teri va tanosil kasalliklari kafedrasi, ikkita respublika, oʻnta oblast, oltmish yettita shahar va qishloq teri-tanosil xastaligi dispanseri, oʻn toʻrtta shahar va qishloq teri-tanosil kasalliklari kabinetlari ishlab turibti. $$Oʻzbekiston teri va tanosil kasalliklari shifohonalari$$ tarmoqlarida hozir olti yuzdan ortiq mutaxassis el-yurtga xizmat koʻrsatmoqda.
$$Oʻzbekiston dermatolog-venerologlari$$ oʻzlarining ilmiy va amaliy ishlarini doimo markaziy ilmiy-tekshirish institutlari va boshqa ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boradilar. Ayni vaqtda ular oʻzbekistonlik olimlarga turli metodik va konsultatsiya yordam koʻrsatib turadilar.
Yaqinda boʻlib oʻtgan respublikamiz dermatologlarining II siyezdida bajarilgan ishlarga yakun yasaldi, kelgusi rejalar tuzildi, respublika dermatologlar jamiyatining yangi tarkibi saylandi. Asosiy masalan el-yurtga tibbiy xizmat koʻrsatishni yaxshilashdan iborat. Oldimizda bajarilishi kerak boʻlgan ishlar koʻp. Yuqumli teri va tanosil kasalliklarining oldini olish, ularni tezroq va yaxshiroq davolashda yangi dori-darmonlar va metodlarni qoʻllanishdek muhim yumushlar turibdi.
Aholi oʻrtasida profilaktika va sanitariya-maorif ishlarini yaxshi yoʻlga qoʻyish va yanada kengaytirish, yuqumli teri kasalliklari, ayniqsa tanosil hastaliklarini kamaytirishda katta ahamiyatga ega. Bunda matbuot, radio va televideniedan foydalanish yaxshi natijalar berishi shubhasiz.
Oʻrtoq [L. I. Brejnev] sotsial vazifalar ichida sovet kishilari sogʻligʻi haqida gʻamxoʻrlik qilishdan koʻra muhimroq vazifa yoʻqligini ta’kidlab oʻtgan edi. Biz respublika dermatologiya venerologiyani bu koʻrsatmaga amal qilib, medisinaning ana shu sohasida yanada chuqur oʻrganib, uni yuqori darajaga koʻtarish uchun barcha tadbirlarni amalga oshiramiz.

Total words

266

Unique words

207

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

3

TTR

0.778

Hapax

180

Distribution

Top frequency chart

Dataset