🔍

Article

Yer Xalq Mulki

By V.R. Mannopov, Oʻzbekiston SSR prokuraturasi … • in 1988

$$Oʻzbekiston SSR prokuraturasi$$ qonunchilikning buzilayotganligi toʻgʻrisidagi signallar munosabati bilan yer tuzish xizmati mutaxassislari ishtirokida respublika xoʻjaliklarida yer haqidagi qonunlar qanday bajarilayotganligini tekshirganida, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olish, undan boshqa maqsadlarda foydalanish, ekinzorlarni qayta tiklash topshiriqlarini bajarmaslik kabi juda koʻp faktlar aniqlandi.
$$Oʻzbekiston SSR$$ yer haqidagi kodeksining qishloq joylarda yashaydigan xoʻjaliklar, ishchilar, hunarmandchilik bilan shugʻullanuvchilar va boshqa shaxslarga ajratiladigan tomorqa miqdorini belgilovchi 99-moddasi koʻp hollarda buzilmoqda. Ayniqsa Jizzax oblastida yerning talon-toroj qilinishiga yoʻl qoʻyilmoqda. Masalan, $$Paxtakor tumani$$dagi $$Kichanov nomli sovxoz$$da brigada boshligʻi [S. Toʻxtaboyev] pishib yetilgan 2,3 gektar maydondagi arpaning ustidan haydab yuborgan va oʻrniga qovun-tarvuz ekkan. Shu yoʻl bilan u sovxozga 1000 soʻmdan ortiq zarar yetkazgan. [S. Toʻxtaboyev] jinoiy javobgarlikka tortildi.
Oblastning $$Paxtakor va boshqa tumanlar$$idagi koʻpgina sovxozlarda har bir ishlovchi hisobiga oʻrtacha 0,25 gektar tomorqa ajratib berilgan. Holbuki, qonunga koʻra har bir oila uchun 0,13 gektar tomorqa berilishi kerak edi. Doʻstlik tumanidagi $$[Dadajonov] nomli sovxoz$$da brigada boshligʻi [Sh. Qurbonov] 10 ishchining har biriga 1,12 gektardan yer ajratib bergan. [Qurbonov] jinoiy javobgarlikka tortildi va ozodlikdan mahrum etildi.
$$Arnasoy tumani$$da ham yer haqidagi qonun qoʻpol ravishda buzilgan. Masalan, $$“Kossovskiy” nomli sovxoz$$da tomorqa uchun 331 gektar, $$“Leningrad” sovxozi$$da 150 gektardan ortiq, $$“Yangiobod” sovxozi$$da 60 gektar, $$“Komsomolobod” sovxozi$$da 91 gektar, $$“Sovetobod” sovxozi$$da esa 49 gektar ortiqcha ravishda tomorqa qilib berilgan.
Tekshirish vaqtida qonunga xilof ravishda foydalanilayotgan yerlar sovxozlarga qaytarildi.
Boshqa oblastlardagi ba’zi xoʻjaliklarda ham yer haqidagi qonun buzilganligi aniqlandi. Masalan, $$Nurota maishiy jamiyati$$ga qarashli 5-magazin qorovuli [J. Muhammadiev] $$Urgut tumani$$dagi [Oxunboboyev] nomli kolxoz$$ning 0,45 gektar yerini oʻzboshimchalik bilan egallab olib, dehqonchilik qilgan. Bu jinoyati uchun [J. Muhammadiev] javobgarlikka tortildi. Shu tumandagi “Uch qahramon” sovxozida yashovchi [U. Pardayev] ham sovxozning 0,75 gektar yerini oʻzboshimchalik bilan egallab olgani uchun javobgarlikka tortildi.
$$Kattaqoʻrgʻon tuman prokuraturasi$$ $$Kropotkin nomli kolxoz$$ning sobiq xodimi [B. Mirzoyev]ni — tumanlararo qoramol boqish kompleksining traktorchisi [H. Nazarov]ga yer uchastkasini sotgani uchun jinoiy javobgarlikka tortdi.
$$Toshkent oblasti$$dagi ba’zi xoʻjalik rahbarlari sugʻoriladigan yerlardan sholi, piyoz, qovun-tarvuz ekish uchun ijaraga berganlari ma’lum boʻldi. Bu bilan ular $$Oʻzbekiston SSR$$ Yer haqidagi kodeksining 198-moddasini buzganlar. Masalan, Yangiyoʻl tumanidagi [Sverdlov] nomli sovxoz rahbarlari 1 gektarga yaqin yerni sovxozda ishlamaydigan fuqarolarga qulupnay ekish uchun ajratib bergan.
Qonunga xilof ravishda bir necha yillardan buyon mavsumiy shaxslarga tomorqa ajratib kelgani uchun [Segizboev] nomli sovxozning boʻlim boshqaruvchisi [M. Gʻafurov] ham javobgarlikka tortildi.
$$Oʻrta Chirchiq tumani$$dagi $$“[Lenin] yoʻli” kolxozi$$ raisi [K. Sottiboyev] shaxsan oʻzi $$Toʻytepa shahri$$da yashovchi PNK shofyoriga 1,25 gektar yer ajratib, sabzavot va poliz ekinlari yetishtirishga ruxsat bergan.
Yer haqidagi qonunlarni bu tarzda buzish faktlari yer tuzish xizmati xodimlarining sust ishlayotganligi, yerda foydalanish tartibiga rioya qilinishini kuzatib kontrol qilmayotganligidan natijasidir.
Mehnatkashlar deputatlari mahalliy Sovetlari va ularning ijroiya organlari ham yerlardan foydalanishni yetarlicha nazorat qilmayaptilar. Ayrim oblastlarda qonunni buzganlarga nisbatan $$SSSR Oliy Soveti Prezidiumi$$ning 1970-yil 14-maydagi “Yer haqidagi qonunlarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan choralar qoʻllanmagan. Masalan, Jizzax oblastida davlat yerlari qonunga xilof ravishda foydalanilgan boʻlsa ham, yil davomida hech qanday ma’muriy chora koʻrilmagan.
Mahalliy Sovetlar va ularning ijroiya qoʻmitalari xalq mulki boʻlgan yerdan foydalanishni muntazam nazorat qilib borishlari kerak.

Total words

489

Unique words

323

Annotated anthroponyms

16

Toponyms

21

TTR

0.661

Hapax

249

Distribution

Top frequency chart

Dataset