$$Chorjoʻy va Qiziltepaga yoʻli$$ tushgan har bir kishi ayozli qish kunida qovun yarmarkasini koʻrib koʻzi quvonishi turgan gap. Stansiyalarning tevarak atrofi qor bilan qoplangan, izgʻirin esib turibdi-yu, perronlarda hushboʻy hid taralib turibdi. Aynan qarchillama qishda sahiy yoz va kuzning yoqimli hidi qayerdan taralmoqda. Bu yerda hushboʻy mahsulotni yangi yilgagina emas, hatto Birinchi may dasturxoniga ham saqlab qoʻyishni bilishadi. Koʻpincha dehqon bahorda shunday shudgorning oʻzida qovun soʻyib, urugʻini tuproqqa qadab ketaveradi.
Oʻzbek qovunlari... Afsanami, haqiqatmi, bilmadim, Ammo aytishlaricha $$Xorazm$$ va $$Zarafshon vohalari$$ning qoʻrgʻoshin gʻilofiga oʻralib, muz bilan qoplab qoʻyilgan qovunlarini IX asrdayoq $$Hindiston$$, $$Misr$$, $$Iroq$$qa olib borishgan.
Qovun juda qadimgi ekinlardan, — deb hikoya qiladi bu ekinning eng keksa bilimdonlaridan biri, $$Oʻzbekiston sabzavotchilik-bogʻdorchilik ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti$$ning xodimi [Abdurahmon ota Karimov]. — Bizning oʻylashimizcha, bundan toʻrt ming yil muqaddam Oʻrta Osiyo kishilari uni ekishni oʻrganishgan. Toʻgʻri, ajoyib mazasi, yoqimli hidi bilan kishini maftun qiluvchi navlar birdaniga yaratilmagan. Bu navlar asrlarmobaynida mirishkor polizchilarning ogʻir va mashaqqatli mehnati natijasida yuzaga kelgan.
Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda turli muddatda pishadigan va kattaligi har xil boʻlgan 160 dan ziyod nav qovun ekiladi. Respublikaning har bir vodiysining, har bir zonasining oʻz qovuni bor. Masalan, $$Xorazm vohasi$$da $$«Xiva beshagi» navi$$ mashhur. Bu nav qovun vazni 3–5 kilogrammdan ortmaydi, tarkibida 12–15 protsent qand moddasi boʻlib, bemalol saqlash hamda mamlakatning uzoq rayonlariga joʻnatish mumkin. Buxoro vohasida «Amiri», «Gulobi». Samarqandda «Arkoni», Mirzachoʻlda «Umrboqi» navlari mashhur.
Qovunga ehtiyoj uzoq oʻtmishda ham, bizning kunlarimizda ham faqat respublikada emas, balki undan tashqarida ham katta boʻlgan. Ular jahon bozorida ham ma’lum va mashhur. Chunonchi, oʻzbek qovunlari Erfurtdagi xalqaro koʻrgazmada 11 ta oltin medalga sazovor boʻlgan.
Bularning hammasi quvonarli narsa. Ammo bu juda muhim tarmoqning soya tomonlari va hal etilmagan muammolari bor. Koʻzga yaqqol tashlanadigan birinchi nuqson poliz ekinlari orasida qovunning yalpi miqdori keskin kamayib ketganligidadir. Qovun borgan sari ozayib ketmoqda. Bundan 30–35 yil muqaddam bu ekinlar orasida qovun yetakchi oʻrinni egallab 80–85 protsentni tashkil etgan edi. Hozirchi?
Mana, O44ʻzbekiston sabzavotchilik-bogʻdorchilik ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti$$ ma’lumotlari. $$Toshkent vohasi$$da qovun 5 protsentni, tarvuz 95 protsentni tashkil etadi. $$Fargʻona va Zarafshon vodiylari$$da bu mutanosib 10 va 90 protsentga teng. Hatto ixtisoslashtirilgan sabzavotchilik-bogʻdorchilik xoʻjaliklarida ham qovun bor-yoʻgʻi ekin maydonining 4–6 protsentini tashkil qiladi. Bu hol mana shunday bir masala ustida odamni oʻylantirib qoʻyadi: $$Quyi Povolje$$, $$Shimoliy Kavkazda$$ juda koʻp tagʻini, a’lo navli tarvuzlar yetishtirilishi ma’lum. Mana shunday zoʻr qovunlar esa faqat $$Oʻrta Osiyo respublikalari$$da, asosan $$Oʻzbekiston$$da yetishtiriladi.
Bu yerning tuproq iqlim shart-sharoitlari juda qulay, — deydi soʻzini davom ettirib [Abdurahmon ota Karimov], — Hatto, quyosh va suvga bagʻoyat serob boʻlgan Nil sohillarida ham bizdagidek qovunlar boʻlmaydi. U yerda kechalari ham jazirama boʻladi. Bugʻlanish intensiv boʻlgani sababli qovunlar namligini va shu tariqa ta’mini ham yoʻqotadi.
Xalq seleksionerining fikriga institut xodimi [V. Yermoxin] ham qoʻshiladi.
— Respublika yetkazib berayotgan poliz mahsulotlari 90 protsenti tarvuzlardan iborat. Poliz mahsulotlari yetishtirishda miqdor ketidan quvib qovun keskin kamayib ketishi bilan birga koʻpgina qimmatli navlari unutilib yuborildi. Bu navlarni koʻpaytirish bilan ayrim kishilargina shugʻullanmoqda. «Sortsemovoshch» boʻlsa, tarvuz urugʻini qovunga nisbatan ikki baravar koʻp yetkazib bermoqda. $$Xorazm$$, $$Buxoro$$, $$Samarqand$$ va $$Fargʻona$$ singari azaldan qovun yetishtiriladigan zonalarda koʻpgina gʻoyat qimmatli navlarga hatto seleksioner olimning qoʻli yetganicha yoʻq.
Yashirishning nima keragi bor, hatto sabzavotchilik-bogʻdorchilik ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida ham seleksiya bilan atigi ikki-uch mutaxassis shugʻullanadi. Ular yangi sugʻoriladigan $$Mirzachoʻl$$, $$Qarshi zonalari$$ning juda yuksak sifatli qovun yetkazib beradigan yerlarda ham sortlarni sinashni yoʻlga qoʻyishga kuchlari yetmaydi. Axir, unutilib ketgan qovun navlarini tiklash, yangilarini yetishtirish yuzasidan xalq seleksionerlarining kuch-gʻayratini birlashtirib, ularning izlanishlariga ilmiy tus beradigan, ular toʻplagan qimmatli tajribani umumlashtiradigan tashkilot shu institut boʻlmasa, kim boʻlishi mumkin?
Poliz ekinlari, ayniqsa qovun yetishtirishni ilmiy negizga qoʻyish vaqti keldi. Kolxoz va sovxozlarga muayyan turdagi poliz ekinlari sotish yuzasidan qat’iy plan belgilash, bu mahsulotlar sotilishiga kafolat berish lozim. Hozir nima boʻlyapti? Poliz mahsulotlari yetishtirish boʻyicha umumiy topshiriq beriladi-da, qancha qovun va qancha tarvuz ekilishini xoʻjaliklarning oʻzlari belgilaydi. Bunday holatda tarvuz hosildor va kasalliklarga ancha chidamli boʻlgani uchun tarvuzni koʻproq ekishlari oʻz-oʻzidan ravshan. Binobarin, tarvuz orqali mahsulot yetishtirish va davlatga sotish planlarini osongina bajarish turgan gap. Xarid narxlaridagi tafovut esa arzimas darajada. Har tonnasiga nihoyati 10 soʻm farq qiladi.
— Agar biz qimmatli ekin boʻlgan qovunning yalpi hajmini koʻtarishni haqiqatan ham jiddiy ravishda istarkanmiz, avvalo ragʻbatlantirish sistemasini qayta koʻrib chiqishimiz kerak, — deydi sabzavotchilik-bogʻdorchilik ekinlari va kartoshkachilik Oʻzbekiston ilmiy tadqiqot institutining direktori [I. Karimov]. — Qovun ichki bozordagina emas tashqi savdoda ham muhim boʻlib qolishi mumkin.
Mutaxassislar qovunlarning xarid narxi tarvuzga nisbatan sezilarli ravishda yuqori boʻlishi lozim deb hisoblamoqdalar. Bunda mamlakatning uzoq rayonlariga yuborishga yaroqli boʻlgan ham erta pishar, ham kechki navlarni yuqoriroq narxda sotish kerak. Qishloq xoʻjaligining boshqa tarmoqlarida boʻlgani kabi bunda ham ixtisoslashtirish lozim. Yirik polizchilik xoʻjaliklari hamda kolxozlar va sovxozlar doirasida polizchilik brigadalari tuzish zarurati pishib yetildi. Poliz ekinlari yetishtirishning kengaytirilishi oʻz navbatida sun’iy iqlimi boʻlgan zamonaviy tipdagi omborxonalar boʻlishini taqozo qiladi. Uzoq masofaga transportda tashish vositalarini tuzish juda muhimdir.
Mahalliy polizchilikda ham oʻziga yarasha qoʻriq bor. Bu qoʻriq lalmikor yerlar, togʻ yon bagʻirlaridan iborat. Lalmikor yerlardan koʻp foyda keltiradi: paxta va boshqa ekinlar ekiladigan, sugʻoriladigan yerlar tejaladi. Lalmikor yerlarda yetishtiriladigan qovun va tarvuz ta’mi va shakar moddasi jihatidan yuqori sifatli boʻladi, tannarxi sugʻoriladigan maydonlardagiga nisbatan ikki-uch baravar arzon boʻladi. $$Mirzachoʻl$$dagi $$Guliston rayoni$$, $$Toshkent vohasi$$dagi $$Yuqori Chirchiq$$ va $$Oʻrta Chirchiq rayonlari$$, $$Jizzax oblasti$$ning $$Baxmal va Forish tumanlari$$, $$Zarafshon vodiysi$$ning $$Bulungʻur va Samarqand rayonlari$$dagi qator xoʻjaliklar tajribasi lalmikor yerlarda yetishtiriladigan poliz ekinlari mahsuloti nihoyatda foyda berishini koʻrsatib turibdi: Bu yerda qovun va tarvuzning hosildorligi gektar boshiga 50–80 sentnerdan toʻgʻri kelmoqda. Masalan, $$«Baxmal» va «Dehqonobod» sovxozlari$$da har kilogramm qovunning tannarxi bir yarim tayindan ham kam boʻldi. $$Oʻzbekiston$$da bu qimmatli tajribani qoʻllash mumkin boʻlgan lalmikor yer maydonlari bemalol yetadi.
Hayot urugʻchilik xoʻjaliklari tuzishni qattiq talab qilmoqda. Qachongacha qovun urugʻini koʻpaytirish va tayyorlash bilan yakkam-dukkam, havaskorlar shugʻullanadi? Mohir xalq seleksionerlarini topib, ular yordamida unutilib ketgan navlarni tiklash kerak.
Polizchi kadrlar masalasi ham koʻndalang boʻlib turibdi. Afsuski, bunday kadrlarni tayyorlash tarmoq talablaridan orqada qolmoqda. Masalan, $$Toshkent qishloq xoʻjalik instituti$$da polizchilik kursi soatdan oshmaydi. Nega endi polizchilik texnikumlari, qishloq xoʻjalik oliy oʻquv yurtlarida boʻlimlar va nihoyat fakultetlar ochish mumkin emas? Buningsiz shunday nozik ekinni yetishtirish sir-asrorini biladigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab boʻlmaydi. Axir, har yili palak soʻlishi hamda unshudringdan qovunning ozmuncha qismi nobud boʻlib ketayotganligi sir emas-ku. Shunga qaramay, olimlar bunday kasallikka qarshi kurash olib borishning qat’iy choralarini taklif qilganlaricha yoʻq.Qovun kasalliklariga qarshi kurashga fitopatolog, mikrobiolog, fiziolog singari turli profildagi mutaxassis olimlarni jalb etish zarur.
Olimlar mineral oʻgʻit qoʻllashning ilmiy asoslangan sistemasini ishlab chiqishdan iborat yana juda muhim bir vazifani ham hal etishlari kerak. Xaridorlarning qovun ta’mini juda kamaytirib yuborishga ta’sir etayotgan koʻp miqdorda mineral oʻgʻit solishni taqiqlab qoʻyish kerak, deya tan ovoziga quloq solish vaqti allaqachon kelgan.
Oʻzbek qovunining shuhratini tiklash, qovun yetishtirishni yanada koʻpaytirish — hal etilishi kerak boʻlgan muhim xalq xoʻjalik vazifalaridan biridir. Bu vazifani keng miqyos va koʻlamda hal etish lozim.
Article
Nega Oʻgay Koʻz Bilan Qaralmoqda
Total words
1,101
Unique words
714
Annotated anthroponyms
4
Toponyms
26
TTR
0.649
Hapax
545
Distribution
Top frequency chart
Dataset