🔍

Article

Qishloq Fayzi, Oqshomlar

By Joʻra Sa’dullayev, “Sovet Oʻzbekistoni” ning … • in 1988

Chigit ekish pallasida ham, yoz chillasi-yu terim oʻz hukmini oʻtkazayotgan kezlarda ham $$Quva qishloq$$larini kezganman. Ularda qish kunlari ham alohida fayzli, mazmunli. Klublar, kutubxonalarda yozin-qishin hayot qaynaydi. Konsertlar, kitobxonlik kechalariga koʻp odam toʻplanadi. Kech kirishi bilan koʻchalar, maydonlar ayniqsa gavjumlashadi. Kishilar klublarga, madaniyat uylariga, qiroatxonalarga oshiqishadi. Ularni kinoteatrlar, yopiq sport inshootlari kutadi.
Rayon partiya komiteti propaganda va agitatsiya boʻlimining mudiri [Xoldorali Ashurov] bergan ma’lumotdan: «Qishloqlarda 95 klub, madaniyat uyi, madaniyat saroylari bor. 96 ommaviy kutubxona ishlab turibdi. Koʻchma-kutubxonalar esa 150 tadan ortiq».
$$Dimitrov nomli kolxoz$$ni oling. Xoʻjalik ishlab chiqarishning barcha sohalari kompleks rivojlanayotgani kolxozchilar madaniy-ma’naviy ehtiyojlarini tobora toʻla qondirish imkonini yaratmoqda. Endi odamlarni koʻproq, unumliroq ishlash uchun «qiyin-qistovga» olishning hojati yoʻq. Hamma oʻz ishini biladi. Mehnatiga qarab, nimaga ega boʻlishi har kimga ayon.
— Xuddi shu narsa yangi bir muammoni yuzaga keltirib chiqardi, — dedi kulib raykom instruktori ^^Omila Isroilova^^. — Asli bu toʻkinchilik, farovonlik oqibati. Gap kishilarni madaniy yashashga, uyni estetik nafosat bilan qulay jihozlashga oʻrgatish hususida. Nimasini aytasiz, muayyan daromad olayotgan paxtakor uni sarflashda hamisha ham oqilona yoʻl tutmayotir. Bu ortiqcha sarf-harajatlarga sabab boʻlayotir.
Har yili yuzlab kolxozchilar yangi uylarga koʻchib chiqyapti. «Uylarni qanday jihozlash kerak?», «Yangi uyga nimalar munosib?», «Undan ilhom olib yashash uchun nimalar kerak?» — bular daf’atan joʻn, arzimas gaplardek tuyuladi. Aslida bunday emas. Bu jumboqlarning har birini yechish uchun yuksak estetik did va bilim lozim. Har bir masalani hal etishda kolxozlar oʻziga xos yoʻl tutmoqda. Chunonchi, Engels nomli kolxozda ishni turmush madaniyati xalq universiteti tuzishdan, uy bekalarining madaniy saviyasini, bilim doirasini kengaytirishdan boshlashdi. Partkom kommunist ^^Najiya Tashneomitdinova^^ni xalq universiteti rektori qilib tasdiqladi. Oʻquv programmasi tuzilayotganda tinglovchilarning mayli, qiziqishi hisobga olindi. Leksiyalar, uchrashuvlar, amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish koʻzda tutilgan.
Bir kuni raykom xalq universitetlari mashgʻulotlarining saviyasini tekshirib qoldi. Asosan, oʻquv samarasi bilan qiziqishdi. Bir necha tinglovchilar xonadoni koʻzdan kechirildi. Zarur madaniy roʻzgʻor ashyolari dehqon xonadonida mavjud edi. Xonalar did bilan jihozlangan, ularda yashash kishiga tetiklik, estetik zavq berishi yaqqol koʻrinib turardi.
$$«Kommunizm»$$, $$[Dimitrov] nomli, [K. Marks] nomli kolxozlar$$ning partiya komitetlari ham turmush madaniyatini oshirish masalalarini qunt, ijodkorlik bilan hal etayotirlar. Bu oʻrinda yangi uy qurish yonida qimmatbaho garniturlar, duxoba jildli divanlar xarid qilish ustida bormayotir. Partiya komitetlari asosiy e’tiborni shaxs kamolotiga qaratmoqdalar. Ular kishilarni partiya va xalqimizning revolyutsion, jangovar va shonli mehnat an’analari ruhida tarbiyalashni kuchaytirmoqdalar. Shon-shuhrat xonalari, kollektivlashtirish tarixi xonalari, lenincha oʻquvlar shu maqsadga xizmat qiladi.
Yangi an’analar va marosimlar — paxtakorlarga bagʻishlov, armiyaga kuzatish, Navroʻz va paxta bayramlari oʻtkazish odat tusiga kirdi. Uchrashuvlar, mushoira kechalari, san’at bayramlari oʻtkazilayotir. $$Quva qoʻshiqchilari$$, xush ovoz raqqosalarining chiqishlari olis-yaqin shahar va qishloqlarda yaxshi tanish. «Anor» ansambli oʻtgan mavsumdagina rayon qishloqlarida 150 marotaba konsert qoʻydi.
«Rayonda 9 xalq universiteti boʻlib, oʻquv kursini 2 mingdan ortiq tinglovchi tamomladi».
Bu satrlar raykomning rahbar partiya organlariga yoʻllagan axborotidan olindi. Xoʻsh, bu raqamlar koʻpmi yoki oz? Bu savolga javob berish oson emas. Odatda bunday oʻquvlar uchun tinglovchilarni «jalb etish protsenti» asosiy koʻrsatkich boʻla olmaydi. Muhimi — mashgʻulotlar tinglovchilar dunyoqarashida, xulq-atvorida, mehnatga va oilaga munosabatlarida bir umr oʻchmas iz qoldirsa, ularda goʻzallikni anglash, undan zavq olish, goʻzal yashash ishtiyoqini uygʻotsa bas.
Shunday universitetlar [Dimitrov] nomli kolxozda ish olib bormoqda. Uning moddiy bazasi ham oʻziga xos. Uch xonali bino oddiy, zarur mebellar, roʻzgʻor buyumlari bilan jihozlangan. Bolalar xonasi, mehmonxona shinam. Kolxozchilar darrov xonalarni jihozlashni, madaniy roʻzgʻorni yoʻlga qoʻyishni shu yerda oʻrganishadi. Mashgʻulotlar oila va nikoh munosabatlaridan tortib, oila budjetini yuritish masalasini ham qamrab olgan. Atoqli yozuvchilar ishtirokida mushoira kechalari, «Davra stol» atrofida bola tarbiyasi, roʻzgʻorni tashkil etish hususidagi munozaralarni xalq universiteti tinglovchilari hanuz unutishmaydi.
Partkom faqat madaniy turmush targʻibotchisigina boʻlib qolmayapti. U qizgʻin tashkilotchilik ishi olib bormoqda. Dala shiyponlari ham bunga misol. Partiya komiteti kolxozchilarda yuksak estetik didni shakllantirishda, ma’naviy va jismoniy yetuklikni ta’minlashda shiyponlarning mavqeini oshirmoqda. Yumshoq mebellar, radio, televizor, xolodilnik bugungi shiyponlarning asosiy jihozidir. Poyondozlar tushalgan xonalar, turfa gullar... Kitoblarni aytmaysizmi? Ommaviy-siyosiy ishlar xonasi, koʻchma doʻkonchi? Bular yolgʻiz yosh kommunist ^^Hikoyatxon Ulmasova^^ brigadasigagina xos emas. Hamma brigadalarda manzara shu. Ish sharoitidagi madaniy hayot, estetik nafosat odamlarda goʻzallikka havas uygʻotmoqda, shaxs kamolotida muayyan oʻrin tutmoqda.
«Bilim» jamiyati Fargʻona oblast tashkiloti pravleniyesining prezidiumi $$[Dimitrov] nomli kolxoz$$da leksiya propagandasini tashkil etish tajribasini ma’qulladi. Kolxoz partiya komitetining sekretari [Xoʻjamberdi Yusupov] bilan shu yigʻindan sal keyin uchrashdim.
— Boshlangʻich tashkilotimizga uyushgan 31 lektor ishining mundarijasida KPSS XXV siyezdi va KPSS Markaziy Komitetining oktyabr Plenumi qarorlari propagandasi yetakchi oʻrinni egallamoqda, — dedi u. — Ayni vaqtda qishloq xoʻjaligi, pedagogika, meditsina bilimlariga doir leksiyalar ham qishloq aholisida katta qiziqish uygʻotmoqda.
Ilmiy-metodik markazlar leksiya propagandasi samaradorligini oshirish uchun turli tavsiyalar, qoʻllanmalar tayyorlamoqda. «KPSS XXV s’ezdi qarorlarini amalga oshiramiz» lektoriyida siyosiy leksiyalar oʻqilmoqda. Ilmiy-ateistik mavzulardagi leksiyalar hamisha qiziqish bilan tinglanadi.
Ma’naviy tarbiya muammolari raykom plenumlari, rayon mehnatkashlar deputatlari Soveti sessiyalarida qarab chiqilmoqda, ularni hal qilish maqsadida amaliy tadbirlar belgilanmoqda. $$Raykom byurosi$$ rayon mehnatkashlariga madaniy xizmat koʻrsatishni yaxshilashda shu soha kommunistlarining avangardligini kuchaytirish bilan bogʻliq masalalarni alohida muhokama qildi. $$KPSS XXV siyezdi$$ qarorlari asosida qishloqda turmush madaniyatini oshirishda boshlangʻich partiya tashkilotlari oldida turgan vazifalarni plenumda qarab chiqish moʻljallanmoqda. Raykom huzurida turmush madaniyatini muvofiqlashtiruvchi kengash ish olib borayotir.
Ammo bular hamma muammolar uzil-kesil hal qilinganligini bildirmaydi. Hali $$Quva$$da yechilishi zarur masalalar oz emas. Asosiysi shundaki, raykom, boshlangʻich partiya tashkilotlari ular toʻgʻrisida aniq tasavvurga ega. Butun kuch, gʻayrat-tashabbus shu vazifalarni bajarishga qaratilmoqda.
— Ekonomikaning rivojlanishi, kolxozchi mehnati hususiyati va strukturasi oʻzgarishi qishloq aholisining boʻsh vaqti koʻpayib borishiga yoʻl ochmoqda, — dedi raykomning birinchi sekretari [Musajon Sherbotayev]. — Boʻsh vaqtdan qishloq aholisining madaniy darajasini oshirishda foydalanish partiya tashkilotlarining e’tiborida.
Darhaqiqat, bugungi hayotimiz qishloqning oʻziga xos yangi muammolarini kun tartibiga qoʻymoqda. Boʻsh vaqt ularning yetakchisidir. Uni shaxs kamolotining yetakchi faktoriga aylantirish uchun partiya tashkilotlari tashkilotchilik, ommaviy-madaniy va ideologik ishning usul va uslublarini yanada takomillashtirishlari, qishloq aholisiga xizmat koʻrsatish doirasini kengaytirishlari zarur. $$Quva qishloq$$larining shomlari oʻzgacha fayzli. «Bugun qanday kino qoʻyiladi?», «Klubdagi munozarami? Sevgi va oila xususida», «Bugun Fargʻona artistlari kelishgan», «Tikuv toʻgaragigami? Men ham boraman» — odamlar oqimiga qoʻshilib yursangiz, shu singari gap-soʻzlarni eshitasiz. Shunda qalbingizni hayajon egallaydi, bu ishlarning tinib-tinchimas tashkilotchilariga hamisha bardamlik tilaysiz.

Total words

955

Unique words

693

Annotated anthroponyms

10

Toponyms

10

TTR

0.726

Hapax

566

Distribution

Top frequency chart

Dataset