🔍

Article

Notariat tizimi tubdan isloh qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

By O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev • in 2020

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 9-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda maʼqullangan
1-modda. $$Oʻzbekiston$$ Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan “Garov toʻgʻrisida”gi 614-I-sonli Qonuni ($$Oʻzbekiston$$ Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 96-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; $$Oʻzbekiston$$ Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 156-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda) 11-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma, shuningdek notarial tartibda tasdiqlanishi kepak boʻlgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarni taʼminlash yuzasidan koʻchar mol-mulkni yoki mol-mulkka boʻlgan huquqlarni garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi lozim, bundan birlamchi bozordan koʻchmas mulk va transport vositalarini olish chogʻidagi ipoteka va garov toʻgʻrisidagi shartnomalar mustasno”.
2-modda. $$Oʻzbekiston$$ Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan $$Oʻzbekiston$$ Respublikasining Fuqarolik kodeksiga ($$Oʻzbekiston$$ Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; $$Oʻzbekiston$$ Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 3, 161, 166-moddalar, № 5, 267-modda, № 10, 671-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 210-moddaning:
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
2) 271-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma, shuningdek notarial tartibda tasdiqlanishi kepak boʻlgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarni taʼminlash yuzasidan koʻchar mol-mulkni yoki mol-mulkka boʻlgan huquqlarni garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi lozim, bundan birlamchi bozordan koʻchmas mulk va transport vositalarini olish chogʻidagi ipoteka va garov toʻgʻrisidagi shartnomalar mustasno”;
3) 580-moddaning birinchi qismidagi “notarial guvohlantirilishi hamda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3-modda. $$Oʻzbekiston$$ Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat toʻgʻrisida”gi 343-I-sonli Qonuniga ($$Oʻzbekiston$$ Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; $$Oʻzbekiston$$ Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2006-yil, № 9, 498-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 1-bobning nomidagi “Asosiy” degan soʻz “Umumiy” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) 1-moddaning:
birinchi qismidagi “qonunlarda” degan soʻz “qonunda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
$$“Oʻzbekiston$$ Respublikasida notarial harakatlar ushbu Qonunga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan amalga oshiriladi. Notariuslarning reyestrini $$Oʻzbekiston$$ Respublikasi Adliya vazirligi yuritadi”;
3) 2-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yigirma besh yoshdan kichik va oltmish besh yoshdan katta boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan, shu jumladan notarial idorada kamida bir yil stajirovka oʻtagan, malaka imtihonini topshirgan $$Oʻzbekiston$$ Respublikasi fuqarosi notarius boʻlishi mumkin. Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bogʻliq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan oʻtish talab qilinmaydi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya organlarining ishi notariat faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqaruv xodimi yoki advokat sifatida kamida uch yil ishlagan shaxslar, agar ularning vakolatlari tugatilgan paytdan eʼtiboran besh yil oʻtmagan boʻlsa, olti oy muddat stajirovka oʻtaydi.
Quyidagilar notarius boʻlishi mumkin emas:
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolatlari oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun tugatilgan shaxs — uch yil mobaynida.
Notarius yordamchi, stajor, shuningdek notarial faoliyatni tashkil etish bilan bogʻliq boshqa xodimlarga ega boʻlishi mumkin.
Notarial harakatlarni amalga oshirishda notariuslar, davlat notarial idorasida ishlashidan yoki xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar boʻlib ishlashidan qatʼi nazar, teng huquqlarga ega va bir xil majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi. Davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar bir xil yuridik kuchga ega boʻladi.
Davlat notarial idoralari notariuslariga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi”;
4) 21-moddaning:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat notarial idorasi notariusining yordamchisini ishga qabul qilish $$Qoraqalpogʻiston Respublikasi$$ Adliya vazirligi, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius yordamchisini ishga qabul qilish $$Oʻzbekiston$$ Respublikasi Notarial palatasining (bundan buyon matnda Notarial palata deb yuritiladi) tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda uni tavsiya qilgan notarius tomonidan amalga oshiriladi”;
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat notarial idorasi notariusi yordamchisiga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi”;
5) 22-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan $$Oʻzbekiston$$ Respublikasi fuqarosi notarius stajori boʻlishi mumkin.
Ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar notarius stajori boʻlishi mumkin emas.
Davlat notarial idorasi notariusining stajorini ishga qabul qilish $$Qoraqalpogʻiston Respublikasi$$ Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius stajorini ishga qabul qilish Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi tavsiyasiga asosan ushbu boshqarma tomonidan biriktirilgan notarius tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius tomonidan notarius stajorini ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Stajirovka notarial idorada oʻtaladi. Notarius stajori oʻz faoliyatini notarius rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi.
Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi $$Oʻzbekiston$$ Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Notarial palata bilan birgalikda belgilanadi”;
6) 31-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“$$Qoraqalpogʻiston Respublikasi$$ Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari (bundan buyon matnda malaka komissiyalari deb yuritiladi) xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) toʻxtatib turish va tugatish bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqish maqsadida tashkil etiladi.
Malaka komissiyalari $$Qoraqalpogʻiston Respublikasi$$ Adliya vazirligi, adliya boshqarmalarining qarorlari bilan Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi vakillari, notariuslar hamda adliya organlarining xodimlari orasidan besh nafardan toʻqqiz nafar kishigacha boʻlgan tarkibda toq miqdorda tuziladi.
Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish, notarius qasamyodini qabul qilish, malaka komissiyalarining qarorlari ustidan berilgan apellatsiyalarni koʻrib chiqish, shuningdek malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish uchun oʻn bir nafar kishidan iborat tarkibda $$Oʻzbekiston$$ Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi (bundan buyon matnda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.
Oliy malaka komissiyasi tarkibiga $$Oʻzbekiston$$ Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, $$Oʻzbekiston$$ Respublikasi Oliy sudining sudyalari, Notarial palata vakillari, notariuslar hamda adliya organlarining xodimlari, shuningdek advokatlar kiradi. Oliy malaka komissiyasining shaxsiy tarkibi $$Oʻzbekiston$$ Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Tanlov oʻtkazish va malaka imtihoni topshirish tartibi, Oliy malaka komissiyasi va malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlar $$Oʻzbekiston$$ Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”;
7) 4-modda chiqarib tashlansin;
8) 7-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7-modda. Notarius faoliyatidagi cheklovlar
Notarius:
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan, shuningdek Notarial palata va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyatdan tashqari tadbirkorlik va boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga;
shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish chogʻida vositachilik xizmati koʻrsatishga;
faksimiledan foydalanishga va shaxsiy muhrni boshqa shaxslarga berishga, bundan uning litsenziyasining amal qilishi toʻxtatilgan davrga muhrni $$Qoraqalpogʻiston Respublikasi$$ Adliya vazirligiga, adliya boshqarmalariga topshirishi mustasno;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda oʻz idorasi joylashgan hududdan tashqarida faoliyatni amalga oshirishga haqli emas.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius oʻz fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzmasdan turib oʻz faoliyatini amalga oshirishga ham haqli emas.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan cheklov davlat notarial idorasining boshqa xodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi”;
9) 8-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8-modda. Davlat notarial idorasi
Davlat notarial idoralari $$Oʻzbekiston$$ Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi.
Davlat notarial idorasi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmaydi.
Davlat notarial idorasining nomida “davlat notarial idorasi” degan soʻzlar boʻlishi, tegishli tuman, shahar koʻrsatilishi va zarur boʻlganda, davlat notarial idorasining raqami boʻlishi kerak”;
10) quyidagi mazmundagi 81 va 82-moddalar bilan toʻldirilsin:
“81-modda. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius yuridik shaxs tashkil etmagan holda oʻz idorasiga ega boʻlishga, bank hisobvaragʻi va boshqa shaxsiy hisobvaraqlar ochishga, mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻlishga hamda majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishga, xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishga, sudda oʻz nomidan ishtirok etishga hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusni hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish $$Oʻzbekiston$$ Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda $$Qoraqalpogʻiston Respublikasi$$ Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning idorasi tugatilganda kreditorlarning talablari qanoatlantirilgandan soʻng qolgan mol-mulk notariusning tasarrufida qoladi va unga soliq solinmaydi.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius notarial idoraning xodimlarini lavozimga tayinlashda va lavozimidan ozod qilishda mustaqildir, bundan ushbu Qonunning 21 va 22-moddalarida koʻrsatilgan hollar mustasno.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius idorasining nomida “xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius” degan soʻzlar boʻlishi va tegishli tuman, shahar koʻrsatilishi kerak.
82-modda. Notarial idoraning binosi
Notarial idora binosida fuqarolarning notarius huzuriga kirish imkoniyati, notarial harakatlarning sir tutilishi, notarial ish yuritish hujjatlari, materiallari va notarial arxivning but saqlanishi, toʻlovlarni qabul qilish, audio- va video qayd etish uchun shart-sharoitlar taʼminlanishi kerak”;
11) 12-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Notarius $$Oʻzbekiston$$ Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, notarius familiyasi, ismi-sharifi, lavozimi va notarial idoraning nomi koʻrsatilgan shaxsiy muhriga, tasdiqlovchi yozuvlar bitilgan shtamplariga, notarial idoraning blankalariga ega boʻladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning muhrida litsenziyaning seriyasi va raqami koʻrsatiladi.
Notariuslarning reyestriga ularning muhri va imzosi namunalari kiritiladi.
Notariusning muhri $$Oʻzbekiston$$ Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yagona namuna boʻyicha tayyorlanadi.
Notarius muhri, shtamplari, gerbli (maxsus) blankalari litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilgan, tugatilgan va litsenziya bekor qilingan hollarda hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda $$Qoraqalpogʻiston Respublikasi$$ Adliya vazirligiga hamda adliya boshqarmalariga qaytarilishi lozim.
Notarial idoralar tomonidan gerbli (maxsus) blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish tartibi $$Oʻzbekiston$$ Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi”;
12) 13-modda chiqarib tashlansin;
13) 2-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-bob. Notarius lavozimini taʼsis etish va tugatish, uning faoliyatini tashkil etish tartibi”;
14) 14-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14-modda. Davlat notarial idoralarining tarmogʻi va shtatlari
$$Oʻzbekiston$$ Respublikasida davlat notarial idoralarining tarmogʻi, shtatlari $$Oʻzbekiston$$ Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ikki nafar va undan ortiq notarius ishlaydigan davlat notarial idoralarida notariuslardan biri katta notarius etib tayinlanadi hamda uning zimmasiga ushbu notarial idoraning maʼmuriy-tashkiliy ishlarini nazorat qilish majburiyatlari yuklatiladi”;
15) 15-moddaning:
nomidagi “Notarius lavozimiga tayinlash” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi “lavozimlarining” degan soʻzdan keyin “eng kam” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi — beshinchi qismlari chiqarib tashlansin;
16) quyidagi mazmundagi 151 — 154-moddalar bilan toʻldirilsin:
“151-modda. Notarius maqomiga ega boʻlish. Notariusni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish
Litsenziya shaxsning xususiy notarial faoliyatini amalga oshirishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatdir.
Litsenziya Oliy malaka komissiyasining notariuslik vakolatlarini berish boʻyicha malaka imtihoni yakunlari yuzasidan chiqariladigan qaroriga asosan $$Qoraqalpogʻiston Respublikasi$$ Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan $$Oʻzbekiston$$ Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladi.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius maqomiga ega boʻlishga talabgor shaxs (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) litsenziya olish uchun malaka imtihoni topshirishi shart.
Malaka imtihonini topshira olmagan talabgor uni takroran topshirishga kamida olti oydan keyin qoʻyiladi.
Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor bir oy muddat ichida $$Qoraqalpogʻiston Respublikasi$$ Adliya vazirligiga, adliya boshqarmalariga litsenziya olish uchun murojaat qilishi kerak.
Talabgor tomonidan litsenziya olish uchun murojaat qilish muddatining uzrsiz sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilishi litsenziyaning amal qilishini tugatishga asos boʻladi.
Davlat notarial idorasi notariusiga litsenziya uning arizasiga koʻra, malaka imtihoni topshirmasdan beriladi.
Belgilangan tartibda litsenziya olgan, talabgor shaxs litsenziya olgan kundan eʼtiboran uch oy ichida notarial idora tashkil etishi va notarial harakatlarni amalga oshirishga kirishishi shart.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius notarial idora tashkil etilgan paytdan eʼtiboran uch kun ichida $$Qoraqalpogʻiston Respublikasi$$ Adliya vazirligini, adliya boshqarmasini bu haqda xabardor qiladi.
$$Qoraqalpogʻiston Respublikasi$$ Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusni xabarnoma olingan kunning ertasidan kechiktirmay hisobga qoʻyadi va bu haqda Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasini xabardor qiladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius shunday xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran Notarial palataning aʼzosi boʻladi.
Davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlash Oliy malaka komissiyasining tanlov natijalari yuzasidan chiqargan qaroriga asosan $$Qoraqalpogʻiston Respublikasi$$ Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat notarial idoralarining notariuslari ish joyini oʻzgartirish (rotatsiya) tartibida boshqa notarial idoralarga tayinlanishi mumkin. Notariuslarni attestatsiyadan oʻtkazish va ish joyini oʻzgartirish (rotatsiya) tartibi toʻgʻrisidagi nizom $$Oʻzbekiston$$ Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat notarial idorasining notariusi va xodimlari mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq, ushbu Qonun talablarini inobatga olgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Notariuslar oʻz kasbiy malakasini davriy oshirish yakunlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtadi.
152-modda. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish uni hisobga qoʻygan $$Qoraqalpogʻiston Respublikasi$$ Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan malaka komissiyasining qaroriga asosan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
notarius jinoiy javobgarlikka tortilganda — u ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan paytdan eʼtiboran va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoxud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar;
notarius qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilganda — bedarak yoʻqolgan deb topish haqidagi qaror sud tomonidan bekor qilinguniga qadar boʻlgan davrga;
notariat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, Notariusning kasb etikasi qoidalari talablari, notarial harakatlar siri va notarius qasamyodi notarius tomonidan buzilganligi aniqlanganda;
Notarial palataning yoki adliya organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan, shu jumladan notariusning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari notarius tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda;
notariusda fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi mavjud boʻlmaganda yoki tuzilgan shartnoma qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmaganda — bunday shartnoma tuzilgan yoki tuzilgan shartnoma qonun hujjatlariga muvofiq holga keltirilgan kunga qadar;
notarial faoliyatni tashkil etishga oid minimal talablar bajarilmaganda — bunday hollar bartaraf etilguniga qadar;
notarius Notarial palataga aʼzolik badallarini bir oydan ortiq muddat davomida toʻlamaganda — uch oygacha, aʼzolik badallarini toʻlaguniga qadar.
$$Qoraqalpogʻiston Respublikasi$$ Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari, shuningdek $$Oʻzbekiston$$ Respublikasi Adliya vazirligi notariusga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazish davrida litsenziyaning amal qilishini oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turishga haqli.

Total words

2,281

Unique words

843

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

45

TTR

0.370

Hapax

493

Distribution

Top frequency chart

Dataset