Xorijdagi yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa tashkilotlarda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy soha, davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarining yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan oʻsib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, $$Oʻzbekiston$$ Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
1. Quyidagilar:
$$Oʻzbekiston$$ Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha 2019-yilga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
$$Oʻzbekiston$$ Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi dasturlariga muvofiq kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish uchun nomzodlarni tanlov asosida saralab olish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Article
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasining dasturlari boʻyicha kadrlarni oʻqitishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Total words
129
Unique words
77
Annotated anthroponyms
0
Toponyms
3
TTR
0.597
Hapax
50
Distribution
Top frequency chart
Dataset