🔍

Article

“Oʻzingni bil, Oʻzgani qoʻy” Qabilida

By J. Xolqosimov. • in 1987

Ba’zilarda yomon odat bor: oʻz ishi bitsa-yu , oʻzganing zarari bilan ishlari boʻlmasa. Bunday kishilar bir yoqlama ish tutayotganliklarini mundoq mulohaza qilib ham koʻrmaydilar, Oqibatda…
$$Yangiyoʻl bioximiya zavodi$$da ham temir yoʻl xizmatidan foydalanishda shunday nomaqbul odat tarkib topganga oʻxshaydi. Shunday boʻlmasa, zavod mutasaddilari vagon kerak boʻlganda zir yugurib temir yoʻl idorasi eshigiga tanda qoʻyib, yukli vagon kelganda uni boʻshatib olishga bafarq qarasharmidi!
Bunday bir yoqlama ish tutish yomon oqibatlarga olib kelmoqda. Kuni kecha tekshirib koʻrilganida, zavod hovlisida yukli 15 vagon 26 dekabrdan buyon boʻshatilmay turganligi aniqlandi.
Nega shunday deysizmi? Vagonlarni olishda qancha shoshilishgan boʻlsa, uni boʻshatishda shuncha beparvolik qilishmoqda. Faqat shuning oʻzi boʻlsa ham bir navi edi. Bunday beparvolik ustiga korxonaga kirish temir yoʻl tarmogʻida ham betartiblik hukm surmoqda. Temir yoʻl xoʻjaligining ahvoli juda achinarli. Bu erda tartib degan narsadan darak yoʻq. Hamma narsa transport sexi hovlisida ayqash-uyqash boʻlib yotibdi.
Yuk ortish va tushirish uskunalari etishmaydi. Borlari esa tartibsiz saqlanmoqda. Ortiladigan yuklar qaysi-yu korxona ichkarisiga olib ketiladigan yuklar qaysi -bilib boʻlmaydi. Buning ustiga vagomlarni boʻshatish bilan doimiy shugʻullanilmaydi. Kelgan vagonlar normadagi vaqt Ichida boʻshatib olinishi ustidan nazorat oʻrnatilmagan. Natijada kelgan vagonlar bir necha kunlab boʻshatilmasdan qolib ketmoqda.
Zavod ma’muriyatiga vagonlar kelganligi haqida axborotlar muntazam berib turilgan boʻlsa-da, yuk tushuruvchilarni uyushtirish bilan hech kimning ishi yoʻq. Umuman, bu yerda vagonlar oborotini tezlashtirish bilan tayinli bir kishi shugʻullanayotganini payqash qiyin.
Shu tariqa zavod ishboshilari <<Oʻzingni bil, oʻzgani qoʻy>> qabilada ish tutmoqdalar. Bunday kayfiyat esa umumiy ishga zarar etkazmoqda. Respublikaning turli korxona va tashkilotlari vagonlarga ilhaq boʻlib turgan bir paytda bioximiya zavodidagilar yuki vagonlarni vaqtida boʻshatib berish toʻgʻrisida durustroq oʻylab ham koʻrmayaptilar. Bunaqasi ketmaydi! Vagonlar harakatda boʻlishi, ekonomika taraqqiyotiga xizmat qilishi zarur. Uning imkoniyatlaridan nooʻrin foydalanayotganlar buni bilib qoʻyishlari kerak.

Total words

276

Unique words

215

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

1

TTR

0.779

Hapax

178

Distribution

Top frequency chart

Dataset