🔍

Article

RAGʻBAT VA RAVNAQ

By Ro‘zimat SAFOYEV, O‘zbekiston matbuot va … • in 2012

Xususan, mazkur qaror soha vakillariga qulay shart-sharoitlar va omillarni yaratish, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligini ta’minlash, axborot sohasini rivojlantirishda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamiyat nazoratini o‘rnatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu hujjatda ommaviy axborot vositalarini yanada taraqqiy toptirish bo‘yicha qator soliq imtiyozlari va preferensiyalar ko‘zda tutilgan. E’tiborli jihati shundaki, bunday tajriba jahonning kamdan kam davlatlaridagina uchraydi, xolos.

Shuni alohida e’tirof etish kerakki, so‘nggi yillarda ommaviy axborot vositalarini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish, ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy islohotlarning ochiqligi hamda oshkoraligini ta’minlash, media-makonga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga qaratilgan o‘nga yaqin qonun va ko‘plab qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonunchilik xalqaro andozalar va zamon talablariga mos ravishda takomillashib, normativ-huquqiy baza yanada mustahkamlanib bormoqda.

Qolaversa, Prezidentimiz tomonidan taqdim etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ham axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash bo‘yicha qator qonunchilik tashabbuslari ilgari surildi. Ularning hayotga izchil tatbiq etilishi ommaviy axborot vositalarining fuqarolik jamiyati institutlari tizimidagi o‘rni va rolini yanada mustahkamlashga, fuqarolarning so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan konstitutsiyaviy huquqlarini yanada to‘liq ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

Prezidentimiz qaroriga muvofiq, 2012-yildan boshlab ommaviy axborot vositalari tahririyatlari va nashriyotlar ijtimoiy-siyosiy hamda bolalar adabiyotini, imkoniyatlari cheklangan shaxslar (ko‘zi ojizlar, kar-soqovlar va boshqalar) uchun adabiyotlarni sotishdan olingan foydadan foyda solig‘ini hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lashdan besh yil muddatga ozod qilinmoqda. Shuningdek, qarorda yana bir qator imtiyoz va afzalliklar ko‘zda tutilgan.

Bunday imtiyozlar, o‘z navbatida, milliy matbuotimiz va nashriyotlarimizning, tarmoqdagi boshqa korxonalarning moliyaviy mustaqilligini ta’minlashga, soha xodimlarining moddiy farovonligini oshirishga, uning mavjud moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlashga, jurnalistika va matbaa sohasi xodimlari- ni tayyorlashga va qayta tayyorlashga katta hissa qo‘shadi, albatta.

Shuni alohida qayd etish kerak, bu imtiyozlar O‘zbekiston matbuot va axborot agent- ligi tizimidagi nashriyotlar uchun ayni muddaodir. Misol uchun, 2011-yilda tizimdagi nashriyotlarda 450 nomdan ziyod badiiy, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy va publitsistik adabiyotlar nashr etildi. Matbaa korxonalarini modernizatsiya qilish yanada jadallashdi, bir qator zamonaviy matbaa uskunalari olib kelingach, ish va vaqt hajmi, nashr jarayonida qog‘ozning texnik chiqitga chiqishi hamda elektr energiyasi sarfi keskin kamaydi, matbaa mahsulotlari sifati esa birmuncha oshdi.

Muxtasar aytganda, ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berilgani mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga ko‘rsatilayotgan yuksak g‘amxo‘rlik, e’tibor samarasi bo‘lib, matbuot, matbaa korxonalari, matbuot mahsulotlarini sotish va yetkazib berish xizmati korxonalarining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.

Total words

377

Unique words

272

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

0

TTR

0.721

Hapax

225

Distribution

Top frequency chart

Dataset