Buenos-Ayres, 2 yanvar. (Tass). $$Chili Kompartiyasi$$ bugun oʻzining 65 yilligini oʻta yashirincha hamda Pinochet diktaturasining toʻxtovsiz repressiyalari sharoitida nishonlamoqda. 1973 yilgi harbiy toʻntarishdan keyin $$Chili Kompartiyasi$$ qattiq ta’qib etilayotganiga qaramay, u omma kayfiyatining ifodavhisi, diktatorga qarshi chiqishlarning ilhomchisi boʻlib qolmoqda.
$$Chili Kompartiyasi$$ning rahbarlaridan biri, $$Chili Soʻl kuchlari$$ koalisiyasi Xalq demokratik harakati rahbarlarining a’zosi [Patrisio Ales] Tass muxbiri bilan suhbatda bunday dedi: $$Chili kommunistlar$$ni shonli sanani ozodlik va demokratiyani tiklash uchun kurashni kuchaytirib kutib olmoqdalar. Bugungi kunda kommunistlar va boshqa soʻl kuchlar diktaturaga qarshi kurashlarni birlashtirish va ommani safarbar etish jarayonida katta rol oʻynamoqdalar. Ular Pinochet agʻdarilganidan soʻng mamlakatning demokratik kelajagini ta’minlashga mahkam bel bogʻlaganlar. Dekabr oxirlarida Chilidagi 11 soʻl partiya va harakatlar vakillarining Santiyagoda boʻlib oʻtgan uchrashuvi, jumladan, shundan dalolat beradi. Ular diktatorlik rejimiga qarshi, haqiqiy demokratiyani tiklash uchun oʻz kuchlarini jipslashtirib, birgalikda harakat qilish choralarini muhokama etdilar.
CHKP 65 yilligi kunida $$Chili Kompartiyasi$$, $$Chili$$dagi barcha oppozisiya kuchlari xalqni birlikka va manfur diktaturaga qarshi namoyishlarni kuchaytirishga da’vat etadi, deb ta’kidlaydi.
Total words
160
Unique words
132
Annotated anthroponyms
1
Toponyms
7
TTR
0.825
Hapax
115
Distribution
Top frequency chart
Dataset