🔍

Article

Jurnalistikamiz taraqqiyoti va istiqboli

By O. YUNUSOV, «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik … • in 2012

Prezidentimiz [Islom Karimov] rahnamoligida yurtimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish borasida izchil islohotlar olib borilmoqda.

Xususan, so‘nggi yillarda ommaviy axborot vositalarini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish, ijtimoiy-siyosiy hamda sotsial-iqtisodiy islohotlarning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda ularning faolligini oshirishga qaratilgan o‘nlab qonunlar qabul qilindi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash borasida ilgari surilgan g‘oya va takliflar, ayniqsa, bu borada yangi bosqichni boshlab berdi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Negaki, ushbu dasturilamal hujjatda ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Prezidentimizning kecha matbuotda e’lon qilingan "Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to‘g‘risida"gi qarori ham mana shu maqsadlarga yo‘naltirilgani bilan nihoyatda ahamiyatli bo‘lib, ushbu hujjat milliy matbuotimizni rivojlantirish, uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning uzviy davomidir. Zotan, mazkur qarorda ommaviy axborot vositalari, nashriyot, poligrafiya korxonalari va matbuot tarqatuvchi tashkilotlarni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar va omillarni yaratish, buning asnosida ommaviy axborot vositalarining mustaqilligini ta’minlash, axborot sohasini rivojlantirishda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda ularning rolini oshirish borasida aniq chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.

Chunonchi, 2012-yil 1-yanvardan ommaviy axborot vosita- lari tahririyatlari va nashri- yotlar ijtimoiy-siyosiy hamda bolalar adabiyotini, imkoniyatlari cheklangan shaxslar (ko‘zi ojizlar, kar-soqovlar va boshqalar) uchun adabiyotlarni sotishdan olingan foydadan foyda solig‘ini hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lashdan besh yil muddatga ozod qilinmoqda. Ayni chog‘da tahririyatlar, nashriyot va bosmaxonalar ommaviy axborot vositalarining mahsulotlari, kitob mahsulotlarini sotishdan va ularning nusxalarini ko‘paytirish bo‘yicha xizmatlardan olinadigan daromadlar qismida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga hamda Ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni ushbu muddat davomida to‘lamaydi.

Qolaversa, mikrofirmalar va kichik korxonalarga mansub bo‘lgan ommaviy axborot vositalari tahririyatlari, nashriyotlar, poligrafiya tashkilotlari, teleradioeshittirish kompaniyalari uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari 6 foizdan 5 foizga pasaytirilmoqda.

Bunday imtiyozlar, tabiiyki, ommaviy axborot vositalarining iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash uchun yanada qulay sharoit yaratishi, tahririyatlarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashi, soha xodimlarining daromadini, moddiy farovonligini yuksaltirishi bilan birga, boshqa bir qator soha va tarmoqlar rivojiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Eng muhimi, mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ommaviy axborot vositalarining fuqarolik jamiyati institutlari tizimidagi o‘rni va rolini yanada mustahkamlashga, fuqarolarning so‘z erkinligi va tanlash erkinligini ta’minlashga qaratilgan konstitutsiyaviy huquqlarini yanada yorqinroq namoyon etishiga yordam beradi.

Total words

389

Unique words

285

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

0

TTR

0.733

Hapax

246

Distribution

Top frequency chart

Dataset