🔍

Article

BARKAMOL AVLOD mamlakatimizning ishonchi, tayanchi, g‘urur va iftixoridir

By Maqsud JONIXONOV. • in 2011

Sportda, san’atda, ilmu fanda, ishlab chiqarishu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda o‘zligini namoyon etayotgan yoshlarimizning shijoati haqida har qancha faxr va iftixor bilan gapirsak, arziydi. Poyoniga yetgan Barkamol avlod yilida ham mamlakatimizning navqiron yigit-qizlari ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdilar. Bunday yutuqlar zamirida ularga ko‘rsatilayotgan yuksak g‘amxo‘rlik mujassam.

Zero, xalqimiz bolajon: o‘zidan ko‘ra farzandini o‘ylash, uning tarbiyasiga jiddiy mas’uliyat bilan qarash xalqimizga xos fazilatlardan sanaladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, barcha ezgu niyatlarimizning markazida farzandlarimizni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog‘lom qilib o‘stirish, ularning baxtu saodati, farovon kelajagini ko‘rish, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi. Prezidentimiz aytganlaridek: "Bugun hech kimga sir emaski, biz yashayotgan XXI asr — intellektual boylik hukmron- lik qiladigan asr. Kimki bu haqiqatni o‘z vaqtida anglab olmasa, intellektual bilim, intellektual boy- likka intilish har qaysi millat va davlat uchun kundalik hayot mazmuniga aylanmasa — bunday davlat jahon taraqqiyoti yo‘lidan chetda qolib ketishi muqarrar. Buni chuqur anglab olgan davlat, bunday xulosani chiqargan, xalqaro hamjamiyat va taraqqiy topgan mamlakatlar qatoriga ko‘tarilish uchun harakat qilayotgan jamiyat, birinchi navbatda, bugun unib-o‘sib kelayotgan farzandlarining har tomonlama barkamol avlod bo‘lib hayotga kirib borishini o‘zi uchun eng ulug‘, kerak bo‘lsa, eng muqaddas maqsad, deb biladi".

Darhaqiqat, inson orzu-havas bilan yashaydi. Ayniqsa, umr bahori yoshlikda har bir yigit-qiz qalbida olam-olam ezgu istaklar jo‘sh uradi.

Bunday beg‘ubor umidlar zamirida Vatanga munosib farzand bo‘lish istagi mujassam, albatta. Mamnuniyat bilan aytamizki, mamlakatimizda bilim olish, sport bilan shug‘ullanish, umuman, ertangi kun umidi bilan yashayotgan yigit-qizlar uchun barcha shart-sharoit yaratib berilgan.

"Biz Oqqo‘rg‘on tumanida yashaymiz, — deya tahririyatimizga maktub yozadi ushbu tumanning "Shohruhiya" qishloq fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi [Ergash Fofurov]. — Bu yerda 7 ming aholi bor. 5 ta maktab, bitta kasb-hunar kolleji yosh avlod ixtiyorida. Maktablarimizning barchasi zamonaviy ko‘rinishda, eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan. O‘quv dargohlarimizning ichki va tashqi ko‘rinishi qanchalik muhtasham bo‘lsa, u yerda ta’lim-tarbiya olayotgan farzandlarimizning odobu ikromi ham shu qadar ibratlidir. Biz o‘qigan davrdagi yot g‘oyalarni targ‘ib etgan, almisoqdan qolgan darsliklar qayoqda-yu, bugunning yoshlari qayoqda — o‘rtada yer bilan osmon qadar tafovut bor. Eng muhimi, yangi avlodning ertasini o‘ylab olib borilayotgan yangilanishlar o‘zining hayotiy samarasini ko‘rsatmoqda".

Bu yurtimiz farzandlari kamolidan quvonayotgan bir insonning fikrlari. Ertamiz egalari erishayotgan marralar, zabt etayotgan cho‘qqilar, tabiiyki, barcha yurtdoshlarimizga ham shu qadar g‘urur bag‘ishlaydi.

— Men istiqlol yillarida kamol topib, muvaffaqiyatga erishayotgan yoshlar safida ekanligimdan hamisha faxrlanib yuraman, — deydi yosh pianinochi ^^Nodira Dadamuhammedova^^. — Bugungi kungacha dunyoning ko‘plab mamlakatlarida

bo‘lib o‘tgan nufuzli bellashuvlarda qatnashib, faxrli o‘rinlarni egalladim. Joriy yilda esa ^^ Zulfiya^^ nomidagi Davlat mukofotini qo‘lga kiritdim. Xorijdagi tengdoshlarimiz bizga havas qilishadi. Negaki, ular o‘zbek yoshlarining istiqlolning qisqa davrida qo‘lga kiritgan ulkan yutuqlari haqida to‘lqinlanib, hayratlanib gapirishadi. Biz bunday havasga munosib bo‘lishimiz kerak. Bu haqda Yurtboshimiz [Uspenskiy] nomidagi o‘quv dargohimizning yangi binosi ochilishida biz, yoshlarga uqtirganlaridek, murakkab va tahlikali vaziyatda har bir sohada izchil islohotlarni amalga oshirishning o‘zi bo‘lmaydi. Chindan ham, televizor orqali ko‘rib, internetdan xabardor bo‘lib turibmizki, Yer yuzidagi barcha mamlakatlarda ham vaziyat birday emas. Ayrim yurtlarda kunda-kunora urush-to‘polon, ba’zi davlatlarda turli inqirozlarga duch kelinayapti. Bizda esa tinchlik-xotirjamlik hukmron. Mana shunday osuda hayotning qadriga yetish biz, yoshlardan, ayniqsa, katta mas’uliyat talab etadi.

Ta’kidlash joizki, "Barkamol avlod yili" Davlat dasturini amalga oshirishda ta’lim sohasini har tomonlama rivojlantirishga yanada e’tibor kuchaytirildi. Xususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining amalga oshirilishi natijasida 1 ming 536 ta akademik litsey va kasb-hunar kolleji, umumta’lim maktablarining qariyb hammasi, 1 ming 800 dan ortiq sport zali namunaviy loyihalar asosida barpo etildi yoki kapital rekonstruksiya qilindi.

Shuningdek, 2010-yilda Toshkent shahrida Turin politexnika universitetining yangi, zamonaviy o‘quv kompleksining qurilgani ham biz uchun ulkan ahamiyatga ega. Ushbu oliy o‘quv yurti mamlakatimizda jadal rivojlanib borayotgan avtomobil sanoati va boshqa tarmoqlar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlaydigan maskan bo‘lib xizmat qiladi.

Dastur doirasida 2010-yilda 560 ta yetakchi klaster maktabi qiymati qariyb 6 million AQSH dollari bo‘lgan 13 ming 500 ta kompyuter texnikasi bilan ta’minlandi, 750 dan ortiq qishloq maktabi zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari va multimedia vositalari bilan jihozlandi, 1,5 mingta qishloq maktabi o‘qituvchilari umumiy qiymati qariyb 13 million AQSH dollari bo‘lgan 3 ming 400 ta shaxsiy kompyuter bilan ta’minlandi.

Ayni paytda mamlakatimizdagi barcha, ya’ni 12 mingdan ziyod ta’lim muassasalari, ilmiy va madaniy-ma’rifiy tashkilotlar 25 mingdan ortiq o‘quv materiallari va resurslarni o‘z ichiga olgan Ta’lim portaliga ulandi. Bu masofadan turib o‘qitish usullarini ta’lim tizimiga keng joriy etish, o‘quvchi va yoshlarga boshqa xil axborot-kommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish imkonini berishi bilan ham, ayniqsa, ahamiyatlidir.

Ma’lumki, shu yili Xitoyning Guanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan XVI ^^Osiyo^6 o‘yinlarida yurtimiz sportchilari nafaqat qit’amiz, balki dunyo miqyosida ham tan olingan qudratli davlatlarning vakillari bilan keskin bellashuvlarda 11 oltin, 22 ta kumush, 23 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi, umumjamoa hisobida sakkizinchi o‘rinni egallab, kuchli o‘nlikdan joy olishdi.

Prezidentimiz Asosiy Qonunimiz qabul qilinganining 18-yilligiga bag‘ishlangan tantanada Barkamol avlod yilida sportchilari- miz erishgan yutuqlarni o‘zgacha g‘urur bilan alohida ta’kidlab, shunday dedilar: "Bugungi fursatdan foydalanib, xalqaro maydonlarda Vatanimiz shon-shuhratini butun dunyoga tarannum etayotgan iste’dodli yosh sportchilarimizdan ayrimlarining nomlarini hurmat bilan tilga olishdan mamnunman. Ko‘zga ko‘ringan sportchilarimizdan [Rishod Sobirov], [Rustam Qosimjonov], [Vladimir To‘ychiyev], [Vadim Menkov], [Dilshod Mansurov], ^^Yuliya Tarasova^^, [Artur Taymazov,] [Elshod Rasulov], ^^Svetlana Radzivil^^, [Serik Mirbekov], [Gerasim Kochnev], [Sergey Borzov], [Aleksey Bobojonov], [Vyacheslav Gorn,] [Aleksey Mochalov] kabi yoshlarimiz ^^Osiyo^^ o‘yinlarida oltin medal sohibi bo‘ldilar…"

Davlatimiz rahbarining sportchilarimiz erishgan ana shunday yutuqlarni e’tirof etib, o‘z hayotini sportga bag‘ishlab, jahon va qit’a musobaqalarida O‘zbekiston bayrog‘i- ni baland ko‘tarib kelayotgan barcha mard va jasur sportchilarga chuqur minnatdorchilik bildirib, katta g‘urur va iftixor bilan ularga yangi-yangi zafarlar tilagani yurtdoshlarimizni behad to‘lqinlantirib yubordi.

Zero, e’tibor bor joyda o‘sish, o‘zgarish bo‘ladi. Agar vujudda har qancha iste’dod, har qancha iqtidor bo‘lmasin, u qo‘llab-quvvatlanmasa, asil maqsadga erishish mushkul. Shu ma’noda, yoshlarimiz bugungi taqdiridan behad minnatdor bo‘lib, olg‘a intilmoqdalar. Prezidentimizning e’tiborlari, g‘amxo‘rliklari og‘ushida kamol topayotgan o‘zbek farzandlarining yutug‘i ulkan ibratdir.

Zotan, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, iqtidorini yuzaga chiqarish, qobiliyatini toblash davlatimizda ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan masalalardan hisoblanadi. Bunday e’tibor va e’zozning tafti xuddi avvalgi yillarda bo‘lganidek, yangi 2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yilida ham yoshlarimizga shijoat baxsh etishi, tabiiy. O‘z o‘rnida yoshlarga qaratilayotgan mehr va e’zoz tuyg‘usi shu yurtning musaffo osmoni, zilol suvi, beqiyos imtiyozu imkoniyatlaridan bahramand bo‘lib yashayotgan har bir fuqaroni mas’uliyatli bo‘lishga undaydi. Bu mas’uliyat shundaki, farzandimizning o‘qishidan tortib xulq-odobigacha nazorat qil- sak, mahallamizga kimlar kelib-ketayapti, befarq bo‘lmasak, yon qo‘shnilarimizga jon qo‘shni deb qarab, mehr-oqibat singari azaliy xislatlarimizni ulug‘lasak, mamlakat tinch, dasturxonimiz fayzli, xonadonlarimiz saodatli bo‘ladi. Istiqlol farzandlari esa O‘zbekiston deb atalmish yurtimizning buguni va ertasi uchun munosib kishilar bo‘lib kamol topaveradi.

Total words

1,035

Unique words

769

Annotated anthroponyms

20

Toponyms

0

TTR

0.743

Hapax

645

Distribution

Top frequency chart

Dataset