🔍

Article

OʻZBEKISTON XALQIGA YANGI YIL TABRIGI

By Islom KARIMOV, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti • in 2011

Aziz vatandoshlar!
Qadrli do‘stlar!
Mana shu hayajonli daqiqalarda bayram dasturxoni atrofida jamuljam bo‘lib o‘tirgan siz azizlarni, butun O‘zbekiston xalqini qutlug‘ qadami bilan yurtimizga kirib kelayotgan yangi — 2011-yil bilan samimiy muborakbod etish va eng ezgu tilaklarimni bildirishdan baxtiyorman.
Ayni shu lahzalarda barchamiz o‘tib borayotgan yil davomida boshimizdan kechirgan, el-yurtimiz hayotida ro‘y bergan unutilmas voqealarni, quvonch va tashvishlarni beixtiyor ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazib, shu kunlarga sog‘-omon yetkazgani uchun Yaratganimizga shukronalar aytishimiz, hayotning qadr-qimmatini yana bir bor anglashimiz tabiiy, albatta.

Yakuniga yetayotgan yilni kuzatar ekanmiz, bugungi shiddat bilan tez o‘zgarayotgan zamonda, avvalo, yon-atrofimizda yuz berayotgan notinchlik va beqarorlik, qarama-qarshilik tufayli vaziyat tobora keskinlashib, murakkablashib borayotgan bir paytda mamlakatimizda tinchlik va osoyish- talik, osuda hayotni saqlash, jamiyatimizda kuchayib borayotgan o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, millatlar va elatlar o‘rtasidagi totuvlik va hamjihatlikning qadriga yetish, asrab-avaylash naqadar muhim ekanini yana va yana qalbimiz- dan, yuragimizdan o‘tkazamiz, desam, o‘ylaymanki, haqiqatni aytgan bo‘laman.
Aziz do‘stlarim, birodarlarim!
Biz 2010-yil mobaynida qanday yutuq va marralarga erishgan bo‘lmaylik, albatta, ularni qiyinchiliksiz, osonlik bilan qo‘lga kiritganimiz yo‘q.
Shu ma’noda, qaysi sohani olmaylik, bu qishloq xo‘jali- gi bo‘ladimi, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalar bo‘ladi- mi, o‘tgan yil davomida qancha- qancha mashaqqatli sinov va muammolarni yengib o‘tishga to‘g‘ri kelganini ta’kidlash lozim. Lekin boshimizdan o‘tkazgan bunday sinov va qiyinchiliklarga, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siriga qaramasdan, o‘z nihoyasiga yetayotgan 2010-yil el-yurtimiz, Vatanimiz uchun har jihatdan mazmunli, barakali va omadli bo‘ldi, deb aytishga to‘liq asoslarimiz bor.

Buning yaqqol tasdig‘ini, avvalo, O‘zbekistonimizning dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur’atlariga erishib kelayotganida ko‘rish mumkin.

Ayniqsa, yakunlanayotgan yilda g‘alla, paxta va boshqa qishloq xo‘jalik tarmoqlari bo‘yicha mamlakatimizda mo‘l hosil yetishtirilgani, iqtisodiyotimizning o‘sish sur’atlari 108,5 foizni tashkil etib, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foizga oshirib bajarilgani bu fikr- ning yorqin dalilidir.
Eng muhimi, o‘tgan yilda aholining real daromadlari 23,5 foizga, ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori 32 foizga ko‘paygani xalqimizning farovonligi oshib borayotganidan dalolat beradi.
2010-yil — Barkamol avlod yilida amalga oshirgan keng ko‘lamli tadbirlarimiz farzandlarimiz, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizning zamon talab qilayotgan darajada bilim olishi, intellektual salohiyatini oshirishi, tajriba topishi va hayotga hal qiluvchi kuch bo‘lib kirib borishi, bir so‘z bilan aytganda, kelajagi- miz mas’uliyatini o‘z zimma- siga olishga qodir bo‘lishi yo‘lida yangi bir qadam bo‘ldi, desam, o‘ylaymanki, sizlar ham bu fikrga qo‘shilasiz.
Oldimizga qo‘ygan ezgu maqsadlarga yetish bo‘yicha mamlakatimiz qanday yuksak natija- larga erishgan bo‘lsa, hech shubhasiz, millati, tili, dini va e’tiqodidan qat’i nazar, O‘zbekistonimizni yagona Vatan deb, o‘zini ayamasdan xizmat qilayotgan har bir inson — qaysi sohada, qaysi vazifani bajarmasin — bu yutuqlarda mening ham hissam bor, deb boshini baland ko‘tarib yurishga, albatta, haqlidir.
Bugun mana shunday shukuhli ayyomda zahmatkash dehqonlarimiz, mehnatchi va ziyolilarimizga, olim va shifokorlar, jonkuyar o‘qituvchi va murabbiylarimizga, jasur va mard harbiylarimizga — mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mehnati singgan barcha-barcha yurtdoshlarimizga samimiy hurmatim va chuqur minnatdorchiligimni bildirishni o‘zim- ning burchim deb bilaman.
Muhtaram do‘stlar!
Bugun eski yil bilan xayrlashar ekanmiz, barchamiz "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" deb nom olgan yangi - 2011-yilni qut-barakali, omadli va fayzli, yurtimizni har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotimizni yuksak pog‘onaga ko‘tarishda yangi bir bosqich bo‘ladi, deb katta orzu-umidlar bilan kutib olishimiz tabiiydir.

Yangi yilda iqtisodiyotimizning barqaror o‘sish sur’atlarini saqlagan holda, salohiyatimizni yanada mustahkamlash hisobidan xalqimizning hayot darajasi va sifatini uzluksiz yuksaltirishga qaratilgan siyosatni davom ettirib, aholimizning daromadlarini oshirish, ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini 25 foiz ko‘paytirish ko‘zda tutilmoqda.

Shu borada sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya va boshqa sohalarga yo‘naltirilgan mablag‘lar hajmini sezilarli darajada oshirib, davlat byudjeti umumiy xarajatlarining qariyb 60 foizini aynan ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga ajratish belgilangani el-yurtimizning bayram oldi kayfiyatini yanada ko‘taradi, deb o‘ylayman.

Bunday rejalar hammamizni quvontiradi, albatta, lekin bu marralarni qo‘lga kiritishning asosiy shartlari haqida alohida aytib o‘tishni o‘rinli deb bilaman.

Nafaqat 2011-yildagi, balki uzoq va davomli orzu-niyatlarimizni amalga oshirishning yakkayu yagona sharti, bu — jamiyatimizni yangilash, mamlakatimizni modernizatsiya qilish, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaydigan demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati barpo etish bo‘yicha mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab amalga oshirayotgan, uzoqni ko‘zlagan islohotlar siyosatini hech ikkilanmasdan, qat’iyat bilan davom ettirishdan iborat, desak, hech qanday xato bo‘lmaydi.

Kelgusi yilda men barchamizning eng muhim burchimizni shu borada amalga oshirayotgan ishlarimizning samara- sini yanada oshirish uchun har qaysimiz o‘z joyimizda bir yoqadan bosh chiqarib, astoydil mehnat qilishda deb bilaman va siz azizlarning barchangiz- ni shunga da’vat etaman.

Aziz vatandoshlarim, qadrdonlarim!
Sizlarni bag‘rimga bosib, kirib kelayotgan yangi — 2011-yil bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.
Yangi yilda barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman!
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!
Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

Total words

727

Unique words

537

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

0

TTR

0.739

Hapax

448

Distribution

Top frequency chart

Dataset