Chet el matbuoti $$KPSS Markaziy Komiteti$$ Bosh sekretari [M. S. Gorbachev]ning sovet xalqiqa Yangi yil Murojaatnomasini va uning Amerika jurnalisti [J. Kingsberi Smit] savollariga qaytargan javoblarini batafsil sharhlamoqda.
-$$Moskva$$ $$Vashington$$ bilan muzokaralar uchun eshikni ochib qoʻymoqda, -deb ta’kidlaydi $$Fransiya$$da chiqadigan <<Yumanite>> gazetasi, -Ayni vaqtda $$Sovet Ittifoqi$$ning tinchliksevarligi aslo zaiflik alomati emasligi hammaga ravshan boʻlmogʻi kerak. $$Sovet kishilari$$ning tinch mehnati puxta ravishda homoya qilib qoʻyilgan.
$$Amerika$$dagi koʻpgina gazetalarning ta’kidlashicha, sovet kishilari amerikaliklar bilan tinchlikda yashashni xohlaydilar, ularga dushmanlik nazari bilan qaramaydilar. [M. S. Gorbachev]ning aytishicha, Sovet rahbarlari urush va tinchlik masalalaridagi siyosatni ishlab chiqar ekanlar, oʻz xalqi oldida naqadar sofdil boʻlsalar, Amerika xalqi oldida ham sofdildirlar.
$$Hindiston$$dagi <<Hindu >>gazetasining obzorchisi oʻtgan yilni yakunlab quyidagilarni yozadi: <<$$Sovet Ittifoqi$$ yalpi tinchlikni saqlashga qaratilgan va jahon jamoatchiligiga chuqur ta’sir oʻtkazgan muhim tashqi siyosiy tashabbuslarni koʻtarib chiqqanligi 1986 yilning eng salmoqli voqeasi boʻldi. $$SSSR$$ zoʻr gʻayrat bilan tashqi siyosiy yoʻlni oʻtkazayotgan bir paytda $$AQSH$$ prezidenti [R. Reygan] ijobiy oʻzgartirishlarni amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan arbob sifatida namoyon boʻlmoqda.
$$Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi$$ Markaziy Komitetining Bosh sekretari [Najib]ning AXDP Markaziy Komiteti favqulloda kengaytirilgan plenumida <<umummilliy murosaga kelish siyosatini amalga oshirish sohasida AXDPning vazifalari toʻgʻrisida>> qilgan dokladi matbuotning e’tiborini oʻziga tortdi. Bolgariyadagi <<Rabotnichesko delo>> gazetasining uqtirib yozishicha, murosaga kelishning asosiy maqsadi tinchlik va xafvsizlikka erishishdan, revolyutsiya gʻalabalarini yanada rivojlantirishdan iborat. <<Gʻarb diplomatlarining fikricha, umimmilliy murosa siyosati $$Afgʻoniston$$4 tevaragidagi vaziyatni siuosiy jihatdan bartaraf etish yoʻlini ochishi mumkin>>, deb yozadi <<Vashington post >> gazetasi.
$$Hindiston$$ning <<Dekan Gerald >> gazetasi $$Yaponiya$$ rahbarlarining mamlakatni harbiylashtirish yoʻlini tanqid qilib chiqdi. <<$$Tokio$$ rasmiy doiralarining harbiy ehtiyojlariga qilinadigan xarajatlarning belgilab qoʻyilgan chegarasidan oshib ketish toʻgʻrisidagi qarori mamlakat ichkarisida ham, chet ellarda ham tashvish tigʻdirdi, deb yozadi gazeta. Yaponiyaning bunday siyosati regionda qattiq tanqid qilinmoqda>>.
$$Lotin Amerikasi$$dagi koʻpgina gazetalar <<$$Nikaragua$$ Taslim boʻlmaydi>> degan shiorni birinchi sahifalarida e’lon qildilar. Matbuot $$Nikaragua$$ prezidenti [D. Ortega]ning Yangi yil murojaatnomasini sharhlab, shu mamlakat xalqining $$Vashington$$ing tajovuzkorlik siyosatiga zarba berishga, revolyutsiya gʻalabalarini qattiq turib himoya qilishga qaror qilganligini ta’kidlaydi.
1986 yil $$AQSH$$ni larzaga slogan yil
$$Vashington$$ 1986 yil $$Qoʻshma Shtatlar$$ tarixida milliy larzalar va mojarolar davri boʻlib qoladi. <<$$Vashington post>> gazetasi$$ning yozishicha, oʻtgan yil hokimiyatning yuqori doiralaridagi ikki yuzlamachilik va munofiqlik keltirib chiqargan yangi ochkoʻzlik toʻlqini, axloq normalarining pasayishi, hukumat tinchligi bilan bulgʻanadi.
Mamlakat, deb yozadi gazeta, suronli 60 -yillardan beri bu qadar koʻp larzalarga duch kelmagandi: $$Amerika$$ning oʻz kosmik texnikasi qariyb toʻla puztaligiga boʻlgan ishonchiga putur etkazgan <<Chellenjer>> portlashi, $$Eron$$ga qurol-yarogʻ etkazib berish va tushgan mablagʻlarni kontraslarga oʻtkazishdan iborat falokatli qallobliklar (bular Amerika tashqi siyosatni parokanda qilib yubordi), iqtisodiy institutlarning poʻstagini qoqqan Uoll-Strit mojarolari, Vashingtondagi mojarolar mamlakatni koʻp larzaga soldi.
Ma’muriyatning munofiqligini kun sayin tobora fosh qilib borayotgan, prezidentning oshkora aytgan gaplari bilan pinhona qilayotgan ishlari oʻrtasidagi ziddiyatlarni ochib tashlayotgan <<Erongeyt >> kuchaygan sari [Reygan]ning obroʻsi juda tushib ketyati.
Koʻp marta foydalaniladigan <<Chellenjer >> kosmik kemasining yanvar oyidagi portlashi va kema ekipaji etti a’zosining halokati milliy jarohatgina boʻlib qolmadi, deb ta’kidlaydi <<Vashington post >>. Bu fojia rahbarlarning kosmik programmani amalga oshirish yoʻllaridagi jiddiy kamchiliklarni ochib tashladi. $$Amerika$$ning fan va texnologiya sohalaridagi maqtalgan ustunligiga shubha uygʻotdi.
<<Vashington post >> 1986 yilni larzaga solgan voqealar roʻyxatida yana bitta <<xavotirli voqea >>ni boʻrttirib koʻrsatgan. Bu yerda gap dekabr oxirlarida Ni-York rayonlarining birida oq tanli yigitlar toʻdasining negr yigitdan joʻrttagavahshiyona oʻch olganlari toʻgʻrisida borayotir. <<Keyingi yillar irqiy dushmanlik misli koʻrilmagan darajada koʻpayib ketganligini>> koʻrsatuvchi bu hol oq tanlilar bilan qora tanlilarni hamon ajratib turuvchi chuqur irqiy nafrat toʻgʻrisida amerikaliklarni yana bir bor oʻylab koʻrishga majbur qiladi, deb yozadi <<Vashington post>>.
Total words
560
Unique words
433
Annotated anthroponyms
7
Toponyms
27
TTR
0.773
Hapax
362
Distribution
Top frequency chart
Dataset