🔍

Article

Doʻstlar davrasida

By Nazokat USMONOVA, OʻzA muxbiri • in 2010

$$Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri$$da "Do‘stlar davrasida" mavzuida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
$$O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi$$ tomonidan tashkil etilgan tadbirda vazirlik va idoralar, jamoat va xalqaro tashkilotlar, yurtimizdagi chet el diplomatik korpus vakillari, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, mahallalar faollari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, Prezidentimiz [Islom Karimov] rahnamoligida milliy qadriyatlarimiz, e’tiqod va tafakkurimiz, urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylash. xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish jarayonida izchillik bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda xotin-qizlarni

har tomonlama himoyalash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2004-yil 25-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bu ishlarni yanada yuksak bosqichga olib chiqishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Farmonga asosan oilalar, mahallalar, mehnat jamoalari, ta’lim muassasalarida xotin-qizlarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, ularning salomatligini mustahkamlash, sog‘lom oilani shakllantirish, ayollar va oila sportini rivojlantirish, xotin-qizlar uchun munosib mehnat sharoitini yaratish yuzasidan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi ayollarning ish bilan bandligini ta’minlash, kasanachilik mehnatini rivojlantirish, tadbirkor xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, turli jabhalarda samarali mehnat qilayotgan faol xotin-qizlar mehnatini e’zozlash, iste’dodli yoshlarni aniqlash va rag‘batlantirish, milliy qadriyatlarimiz, boqiy an’ana va urf-odatlarimiz mazmun-mohiyatini yosh avlod ongu shuuriga singdirish bo‘yicha qator ijtimoiy-ma’rifiy loyihalar, ko‘rik-tanlovlar, anjumanlar tashkil etmoqda, «Do‘stlar davrasida» deb nomlangan mazkur tadbirda ham ishbilarmon xotin-qizlar tomonidan yaratilgan milliy hunarmandlik, xalq amaliy san’ati namunalari, turli mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. — Men bu ko‘rgazmada o‘ttizdan ortiq adras matolar bilan ishtirok etyapman, — deydi marg‘ilonlik hunarmand ^^Matluba Ismoilova^^. — Yurtimizda xotin-qizlarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Ana shunday e’tibor natijasida ikki yuz nafardan ortiq ayolni hunarmandlik va kasanachilikka jalb etishga muvaffaq bo‘ldik. San’at ustalari va ijrochi yoshlar ishtirokida konsert namoyish etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi [F. Akbarova] ishtirok etdi.

Total words

296

Unique words

226

Annotated anthroponyms

3

Toponyms

2

TTR

0.764

Hapax

183

Distribution

Top frequency chart

Dataset