2009-yil 27-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tgan saylovlar dunyo ommaviy axborot vositalarining asosiy mavzularidan biriga aylandi.
2009-yil 27-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tgan saylovlar dunyo ommaviy axborot vositalarining asosiy mavzularidan biriga aylandi.
Xususan, Rossiyaning “ITAR-TASS” axborot agentligi saylovlarning erkin tarzda, barcha qoidalarga rioya qilingan holda va saylov qonunchiligiga asosan bo‘lib o‘tgani haqida yozadi. Agentlik MDH va Rossiya missiyasidan kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan [Vladimir Portyakov]ning “Saylovlarni tashkil etish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, bundan ko‘rinib turibdiki, ulkan tayyorgarlik ishlari olib borilgan. Men erta sahardan saylov uchastkasiga bordim. Barcha uchastkalarda qonunda belgilangan talablar bajarilgan, xususan, saylovchilar ro‘yxatlari joylashtirilgan, barcha zarur hujjatlar tayyorlangan. ovoz berish jarayonining o‘zi ham tegishli talablarga muvofiq tashkil etilgan”, degan so‘zlarini aynan keltiradi. MDH va Ukraina missiyasi kuzatuvchisi [Anatoliy Kinax]ning fikriga ko‘ra, ovoz berish juda yaxshi tashkil etilgan. saylovlarning o‘zi esa “yanada samarali sifatga ega bo‘lgan, insonlar turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan hukumatni barpo etish ga imkon yaratadi”. “O‘zbekiston saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar, mening nazarimda, ijobiy, axir demokratik davlatda hokimiyat xalqqa tegishli bo‘ladi, O‘zbekiston ham shu maqsad sari bormoqda", deya xulosa qiladi [A. Kinax].
Ovoz berish kuni MDH missiyasining 84 nafardan iborat vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida kuzatuv olib borishib, 98 ta saylov okrugidagi 787 ta saylov uchastkasida bo‘lishdi. Rossiya massmediasining yana bir ulkan vakili — “Vesti" ovoz berishning borishi haqida to‘xtalar ekan. xalqaro kuzatuvchi sifatida Toshkent shahri, Jizzax va Xorazm viloyatlaridagi saylov uchastkalarida bo‘lgan MDH missiyasi kuzatuvchilari Ijroiya qo‘mitasi rahbari, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi [Sergey Lebedev]ning mulohazalarini keltiradi. “Vesti"ning ta’kidlashicha, kuzatuvchilik faoliyati yakunlari haqida [S. Lebedev] O‘zbekistondagi parlament saylovlari “Puxta va har tomonlama tayyorgarliklar asosida bo‘lib o‘tdi”, deya qayd etadi. Kuzatuvchi “Fuqarolarning saylash huquqini amaliy jihatdan ta’minlash maqsadida saylov tizimi to‘laligicha xalqaro andozalarga javob beradigan tarzda tashkil etildi”, deydi. MDH Ijroiya qo‘mitasi raisining qayd etishicha, deputatlikka nomzodlar dasturlarida “Mamlakat kelajagi uchun xizmat qiladigan ko‘plab jihatlar va yo‘nalishlar o‘z aksini topgan. Munosib nomzodlarni saylash O‘zbekistonning yanada gullab-yashnashi va xalq farovonligining oshishi uchun yordam beradi”. InfoSHOS axborot-tahliliy portalining bosh muharriri [T. Sinitsina] “O‘zbekiston demokratiya samarasini ko‘rmoqda — saylov huquqi” sarlavhali maqolasida “Mamlakat bu yilgi saylov jarayonlariga g‘oyat puxta va mas’uliyat bilan, saylov protsedurasining bor hajmini butunligicha takomillashtirgan va jarayonlarni liberalizatsiya qilgan holda tayyorgarlik ko‘rdi. 2008-yilda qabul qilingan “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtir^ilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonunga asosan, 2009-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovlar mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish borasidagi islohotlarni chuqurlashtirishda muhim bosqich vazifasini o‘taydi”, deya qayd etadi. Muallifning fikriga ko‘ra, bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti [Islom Karimov]ning “Dunyoning ko‘pgina davlatlari erkin fuqarolik jamiyatiga asrlar davomida to‘plangan tajriba va demokratik an’analarning rivojlanishi asosida kelishgan. Biz ham ana shunday jamiyat barpo etishni orzu qilamiz va shunga intilamiz”, degan so‘zlarini tasdiqlaydi. O‘zbekiston Prezidenti [Islom Karimov] 27-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy hokimiyat vakillik organlariga saylovlarda ishtirok etish uchun kelgan saylov uchastkasidagi chiqishida madaniy tarzdagi bahslashuvni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi, deya qayd etadi Rossiyaning "Novosti” axborot agentligi. “Xalqimiz bugungi saylov oldingi saylovlardan tubdan farq qilishini yaxshi biladi. Saylovchi nafaqat o‘zi tanlagan nomzodga, balki o‘sha nomzod a’zo bo‘lgan siyosiy partiyaga ham ovoz bermoqda, partiyaning g‘oyalariga ishonch bildirmoqda. Shunday ekan, har qaysi partiya o‘z zimmasiga qanday mas’uliyat olayotganini yaxshi anglamog‘i lozim”. O‘zbekistondagi muhim siyosiy jarayonlarga Xitoyning “Sinxua” axborot agentligi, Xitoy Internet-axborot markazi, Xitoy xalqaro radiosi, “Chinaview” gazetasi kabi ommaviy axborot vositalari ham alohida e’tibor qaratishdi. Xususan, “Sinxua” axborot agentligi ^2009 yil 27 dekabr kuni O‘zbekistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning quyi palatasi besh yil muddatga saylangan 150 deputatdan iborat. 135 nafar deputat fuqarolarning to‘g‘ridan to‘g‘ri saylovlari asosida saylanadi, qolgan 15 deputat O‘zbekiston Ekologik harakati tomonidan uning oliy organi — Konferensiya orqali saylanadi” mazmunidagi xabarni tarqatdi.
Shuningdek, Xitoy axborot agentligi O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining mamlakatning amaldagi to‘rtta siyosiy partiyasi “ O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish" demokratik partiyasi va “^^Adolat^^” sotsial-demokratik partiyasiga parlamentning quyi palatasiga saylovlarda ishtirok etishga ruxsat bergani haqidagi bayonotiga e’tibor qaratadi. Saylovchilar ro‘yxatiga O‘zbekistonning 17 million 215 ming 700 nafar fuqarosi kiritilgan. Saylovlarda 36 davlat va to‘rtta xalqaro tashkilot — YEXHT, SHHT, MDH va IKT missiyalaridan jami 300 ga yaqin kuzatuvchi ishtirok etdi". Xitoy markaziy televideniyesi (SSTU) o‘z tomoshabinlari e’tiboriga 135 ta saylov okrugi hamda qariyb 8,5 mingta saylov uchastkasida 15 million 108 ming nafardan ortiq saylovchi ovoz berishda ishtirok etgani, O‘zbekistonning xorijiy davlatlarda o‘qiyotgan va faoliyat yuritayotgan fuqarolari ham munosib nomzodlar uchun o‘z ovozlarini berishgani — dunyo bo‘ylab 44 ta saylov punkti tashkil etilgani haqidagi ma’lumotlarni havola etdi. Shuningdek, SSTAning qayd etishicha, “Yangi saylov qonunchiligiga ko‘ra, parlamentning quyi palatasi deputatlari soni 120 nafardan 150 nafarga oshirildi. Ulardan 135 nafar deputat ko‘p partiyaviylik asosida hududiy okruglardan saylanadi. Qolgan 15 o‘rinda — parlamentda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari o‘tiradi. Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko‘p ovozini to‘plagan nomzod g‘olib bo‘ladi”.
Mamlakatning xitoy tilida nashr etiladigan “Jenmin Jibao” gazetasida O‘zbekistonning quyi palatasi 5-yil muddatga saylanadigan 150 nafar deputatdan iboratligi haqida so‘z yuritiladi. 135 nafar deputat fuqarolarning to‘g‘ridan to‘g‘ri saylovlari asosida saylanadi, qolgan 15 deputat O‘zbekiston Ekologik harakati tomonidan uning oliy organi — Konferensiya orqali saylanadi. Xitoyning “Lookwe” jurnali MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi [S. Lebedev]ning O‘zbekiston demokratik saylovlar o‘tkazish uchun juda ko‘p tadbirlarni amalga oshirgani haqidagi so‘zlarini keltiradi. “MDH Ijroiya qo‘mitasi missiyasi O‘zbekistonda ilgari bo‘lib o‘tgan saylovlarda ham ishtirok etgan. Milliy saylov qonunchiligi sezilarli darajada yaxshilangan. U fuqarolarning erkin xohish bildirishini kafolatlaydi va o‘zida demokratiya talablarini mujassam etadi. Saylovlarda ishtirok etish uchun shunchalik ko‘p miqdordagi xorijiy va xalqaro kuzatuvchilarning kelishi O‘zbekistonga butun dunyoda katta qiziqish borligini ko‘rsatadi”. dedi jumladan u. Ozarboyjonning “Trend News" axborot agentligi O‘zbekistonda o‘tkazilgan bu galgi parlament saylovlari haqida so‘z yuritib, xalqaro kuzatuvchi sifatida mamlakatimizda bo‘lgan Ozarboyjon parlamenti — Milliy Majlisning ijtimoiy siyosat qo‘mitasi raisi [Hodi Rajab]lining so‘zlarini keltiradi. “Men kuzatuvchi sifatida borgan barcha saylov uchastkalarida saylov jarayoni yuqori saviyada tashkil etilgani yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunga faqat puxta tayyorgarlik natijasida erishish mumkin. Fuqarolar barcha savollarga uchastka komissiyalari a’zolaridan batafsil javob olishdi. Saylovchilar faol va erkin ovoz berdilar. Men O‘zbekistonning saylov qonunchiligi va saylovlarga oid boshqa hujjatlar, shuningdek, ularga kiritilgan o‘zgartishlar bilan tanishdim. Ular nafaqat xalqaro me’yorlarga mos keladi, balki saylovchilarning konstitutsiyaviy huquqlari va jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan demokratik tamoyillarni ham o‘zida aks ettiradi. Saylov jarayoni barcha ommaviy axborot vositalarida, jumladan, Internetda ham keng yoritilmoqda. Ovoz berish jarayoni yuzlab xalqaro kuzatuvchilar va xorijlik jurnalistlar tomonidan kuzatib borilgani, parlament saylovlarining ochiq va oshkoraligini ta’minlaydi", dedi Ozarboyjon parlamenti a’zosi. [H. Rajab]lining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Ekologik harakatining tashkil etilishi va unga Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 15 ta deputatlik o‘rnining ajratilishi mamlakatda atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq masalalarga katta e’tibor qaratilayotganidan dalolatdir. Maqola so‘ngida parlament a’zosi xulosa qiladiki, “O‘zbekiston barcha sohalarda o‘zi uchun eng to‘g‘ri — tadrijiy yo‘lni tanladi, shu bois mamlakat taraqqiyotida izchillik va barqarorlik kuzatilmoqda. Prezident [Islom Karimov] tomonidan amalga oshirilayotgan uzoqni ko‘zlagan oqilona siyosat zamirida donolik, sabr-toqat, o‘zaro hurmat kabi insoniy sifatlar yotadi". 2009-yil 28-dekabrda mazkur mavzuga bag‘ishlangan boshqa bir maqolada MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi [S. Lebedev]ning so‘zlariga tayangan holda “Trend News” shunday deydi: “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Kuzatuvchilar missiyasi 2009 yil 27-dekabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tgan saylovlar O‘zbekiston Konstitutsiyasi, mamlakatda amal qilayotgan saylov qonunchiligi va demokratik saylovlarni o‘tkazishning umume’tirof etilgan me’yorlariga muvofiq ravishda o‘tkazilgan, deb hisoblaydi”.
“Missiya saylovlar ochiq va oshkora tarzda o‘tkazilganini e’tirof etgan holda, saylovlar fuqarolik jamiyatining siyosiy yetuklik darajasi yuqori ekanidan, saylovchilar o‘z xohish-irodasini erkin va ochiq ifoda eta olganidan dalolat berishini ta’kidlaydi. Missiya mamlakatda saylovlarning erkin va demokratik tarzda o‘tkazilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ijobiy baholaydi. Xususan, mamlakatda milliy saylov qonunchiligi takomillashtirilgan”, dedi [S. Lebedev]. 2009-yil 28-dekabr kuni Qozog‘istonning “KAZINFORM” axborot agentligi SHHT missiyasi rahbari [Sherali Jononov]ning fikr-mulohazalarini havola qildi. Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovlar davomida SHHG kuzatuvchilari tomonidan hech qanday qonunbuzarlik holatlari aniqlanmagan. [Sh. Jononov]ning so‘zlariga ko‘ra, SHHT Kuzatuvchilar missiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar ochiq, oshkora tarzda, O‘zbekiston saylov qonunchiligiga va xalqaro talablarga muvofiq ravishda o‘tkazilgan, deb hisoblaydi. Missiya rahbarining e’tirof etishicha, SHHT kuzatuvchilari saylovda qatnashgan to‘rtta siyosiy partiya va O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi, shuningdek, ular o‘z xohishlariga ko‘ra Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatidagi saylov uchastkalarida bo‘lishdi. “KAZINFORM” [Sh. Jononov]ning “Saylovlar jarayonida hech qanday shubhali qonunbuzarliklar ko‘zga tashlanmadi", degan so‘zlarini aynan keltiradi. Birlashgan Arab Amirliklarining “\L/AM” axborot agentligi 2009 yil 27-dekabr kuni saylovlarning borishi to‘g‘risida quyidagi mazmundagi axborotni chop etdi: “Bugun O‘zbekiston parlamenti quyi palatasiga saylov kuni. O‘zbekistonlik saylovchilar 8447 ta saylov uchastkasida ovoz berdilar. O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi [M. Abdusalomov] jurnalistlarga bergan intervyusida bayon qilganidek, mamlakatning 15 milliondan ortiq fuqarosi ovoz berish jarayonida qatnashgan. Uning aytishicha, saylovlar osoyishta vaziyatda, hech qanday qonunbuzarlik holatisiz o‘tkazilgan". 2009 yil 28-dekabrda “Asiya al-Vusta" axborot agentligining arab tilidagi internet sahifasida “O‘zbekistonda parlament saylovlari kuzatuvchilarning faol ishtirokida o‘tkazildi” sarlavhali maqola joylashtirilgan. Unda Prezident [Islom Karimov]ning O‘zbekistondagi bu galgi saylov jarayoni oshkora tarzda kechgani haqidagi so‘zlariga alohida urg‘u berilgan. Xususan, agentlik Prezident [Islom Karimov]ning “Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylovlar ko‘p partiyaviylik va muqobillik asosida o‘tayotgani mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat shakllangani va saylov tizimimiz xalqaro normalarga to‘la mos kelishining dalolatidir”, degan so‘zlarini keltirgan. Maqolada, O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi [M.Abdusalomov]ning so‘zlariga tayangan holda, saylov davomida saylovchilarning 87,8 foizi ishtirok etgani aytiladi. Maqola mualliflari saylovlar qonuniy tarzda o‘tkazilganini qayd etib, O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovlar monitoringi 36 davlat va YEXHT, MDH Ijroiya qo‘mitasi, SHHT va [Islom] Konferensiyasi Tashkiloti kabi to‘rtta yirik xalqaro tashkilotning 300 ga yaqin kuzatuvchilari tomonidan amalga oshirilganiga e’tibor qaratishgan.^ “Yakshanba kuni O‘zbekistonda parlament saylovlari o‘tkazildi. Mamlakat Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotiga ko‘ra, saylovda ishtirok etgan fuqarolar saylovchilarning salkam 88 foizini tashkil etdi. Saylov kuni O‘zbekiston Prezidenti [I. Karimov] ta’kidlaganidek, “ilgari partiyalar siyosiy ta’sir va hokimiyat uchun kurash olib bormagan”, biroq bu yil parlament quyi palatasidagi deputatlik o‘rinlari uchun boshlangan poyga saylov jarayonida haqiqiy raqobat tusini oldi”, deb yozadi Amerikaning “The New York Times” gazetasi. “France Press” axborot agentligi “Prezident [Islom Karimov] bu galgi saylovlar O‘zbekiston “demokratik jamiyatni qaror toptirish sari odimlayotganini namoyish etmoqda”, deya ta’kidladi, — deb yozadi. — Shu nuqtayi nazardan, o‘tgan davr mobaynida, ayniqsa, 2000-yildan so‘ng qilingan barcha ishlar mazkur jarayonga yangi turtki berdi".
Yaponiyaning yetakchi axborot agentligi “Kiodo Nyus” O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari to‘g‘risida yapon tilida maqola chop etdi: «O‘zbekistonda to‘rtta siyosiy partiya ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga (150 o‘rin) saylovlar o‘tkazildi. Saylovda qatnashganlar saylovchilarning salkam 88 foizini tashkil etdi. 2008-yilda qabul qilingan, parlament tarkibiga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, yangi parlamentda deputatlik o‘rinlari soni 120 tadan 150 taga ko‘paytirildi. Mazkur saylovlarni o‘tkazish uchun mamlakatda 135 ta saylov okrugi tashkil etildi. Parlament saylovlaridagi yana bir yangilik, bu 15 ta deputatlik o‘rnining O‘zbekiston Ekologik harakatiga ajratilishi bo‘ldi. O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati ~ O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi kabi to‘rtta siyosiy partiyaga saylovlarda ishtirok etishga ruxsat berildi. Bu galgi saylovlarda faqat siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilgan nomzodlargina ishtirok etishdi”.